Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Huquqiy ta’lim sifatini oshirish muhim masala

Respublika ishchi guruhining Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida ta'lim tizimi xodimlari bilan navbatdagi uchrashuvi Yangiyer shahridagi 1-umumta'lim maktabida o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 02.08.2023-yildagi 9-son yig‘ilish qaroriga asosan hamda boshqarma boshlig‘ining 02.08.2023-yildagi tegishli buyrug‘i bilan Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius R.Nurqosimov (litsenziya SA 0015, 23.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati 2023-yil 3-avgustdan 2 (ikki) oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot

Sarhisob: 2023-yilning birinchi yarim yilligida Adliya vazirligi faoliyatidagi muhim ko‘rsatkichlar

@adliyangiliklari
#Diqqat_kontrafakt

Siz ko‘rib turgan tasvirda mashhur brendlarning originali va ularning kontrafakt nusxalari keltirilgan.

Mahsulotlar nomini diqqat bilan o‘qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o‘zgartirilganini ko‘rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda iste’molchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Ko‘pchilik tadbirkorlar o‘zgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

👉Читать новость на русском языке

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

YaTT uchun qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborishda qanday ma’lumotlar talab etiladi?

— YaTT uchun qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborishda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:
a) YTTning:
familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa);
pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami;
JShShIR;
b) faoliyatini amalga oshirish joyi (manzili, kadastr raqami);
v) yashash manzili;
g) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda);
d) bank rekvizitlari (hisobvarag‘i, bank kodi);
e) amalga oshirish rejalashtirilayotgan faoliyat turlari (yoki ularning qismlari);
yo) o‘lchash vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot (elektron yoki tahliliy tarozi va toshlar (har xil og‘irlikdagi) kabi ma’lumotlar talab etiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Savol: Patent nima?

Javob: Ixtiroga patent - bu ixtironing ustuvorligi, muallifi, ixtiro egasining unga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydigan muhofaza hujjatidir.

Savol: Ixtiroga patent kim tomonidan beriladi?

Javob: Patent vakolatli davlat organi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi davlat ekspertizasini o‘tkazish natijasida aniqlanadi. Agar ekspertiza natijalariga ko‘ra ixtironing ko‘rsatilgan shartlarga muvofiqligi aniqlansa, u holda O‘zbekiston Respublikasi hududida 20 yil davomida amal qiladigan patent beriladi.

Savol: Patent egasi qanday huquqlarga ega bo‘ladi?

Javob: Patent egasi ixtirodan foydalanish va undan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga berish borasida mutlaq huquqqa ega. Patentining amal qilish muddati tugagan ixtiro omma mulkiga aylanadi. Ya’ni, boshqa shaxslar tomonidan foydalanish uchun ochiq bo‘ladi.

👉Читать новость на русском языке

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Qiziltepada fermerlarga 5 milliard so‘m pul mablag‘lari undirib berildi

Qonunchilik buzilgan nuqtada javobgarlik masalasi ko‘tarilishi tabiiy. Qiziltepada ana shunday holat ro‘y berdi. Hududda faoliyat yuritayotgan 232 nafar fermerga bajarilgan yumushi uchun belgilangan tartibda haq to‘lab berilmagan.

Mazkur masala tuman adliya bo`limi tomonidan o‘rganilganda, fermer xoʼjaliklari bilan “Textile Navoiy Group” MChJ oʼrtasida 2022-yilda paxta xom ashyosi yetishtirish boʼyicha kontraktatsiya shartnomasi tuzilganligi va xoʼjaliklar tomonidan shartnoma shartlari mavsum davomida toʼliq bajarilganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo shartnomaga ko‘ra fermerlarga 2022-yilning 31-dekabr kuniga qadar berilishi belgilangan mablag‘lar toʼlanmay qoldirilgan.

Ma’lumot uchun aytish joiz, shartnoma bo‘yicha, paxta xom ashyosining oʼrtacha xarid narxi 1 tonnasi uchun 10 025 000 soʼmni tashkil etgan.

Adliya bo‘limining taqdimnomasiga asosan, fermer xo‘jaliklariga bugungi kunda 5 milliard so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan eng muhim muammolar haqida 450 dan ortiq videorolik ishlab chiqilgan va YouTube ijtimoiy tarmog‘iga joylangan

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva aholiga huquqiy axborotni yetkazish va mazkur jarayonlarni monitoring qilish haqida ma'lumot berdi:

▫️Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida adliya organlari tomonidan joylarda jami 200 mingdan ortiq targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
▫️ “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2—30-iyun kunlari “Inson huquqlari — oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida adliya organlari tomonidan 5 mingga yaqin huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
▫️Adliya vazirligi tomonidan aholining elektoral madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshchiligida tegishli idoralar bilan hamkorlikda 14 ta hududiy targ‘ibot guruhlari shakllantirilib, joylarda jami 2 750 dan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, televideniye orqali 56 ta, radioda 82 ta chiqishlar qilindi, 2 138 marotaba seminar va davra suhbatlari o‘tkazildi, veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda 108 dan ortiq ma'lumotlar joylashtirildi, 20 dan ko‘proq tahliliy ma'lumotlar va maqolalar gazeta va jurnallarda chop etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

— ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jismoniy shaxslarga ERI kalitlarining sertifikatlarini berishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📢 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyga 2023/2024 o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

2023/2024 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyga o‘qishga qabul qilish бўйича test sinovlari 2023-yil 14-avgust kuni soat 09-00 da bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107-uy manzilida joylashgan “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasining 3-pavilioni (5-bino) va atrium-2 (7-bino) larda (Malika bozor ayronchilar mahallasi tomonidan kiriladi) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Abituriyentlar test sinovlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqam va parollari orqali https://litsey.uzbmb.uz elektron platformasidan ruxsatnomani yuklab olib, test o‘tkaziladigan kunda chop etilgan holda soat 08-00 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari lozim.

Barcha abituriyentlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlarida omad tilaymiz!

Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, qo'shimcha ma'lumotlar olishlari mumkin:

+998712417244
+998974640724
+998949411144

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Ko‘chma savdo obyektlari haqida ma’lumot bersangiz?

Ko‘chma savdo obyektlari — 100 kvadrat metr maydondan ko‘p bo‘lmagan, vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va (yoki) mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko‘chirish va yig‘ish mumkin bo‘lgan ko‘chma savdo obyektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodo‘konlar, avtotirkamalar, avtotsisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar, shu kabi va shunga o‘xshash boshqa ko‘chma savdo obyektlari).

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maslahat

Tadbirkorlik faoliyatini boshlashda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy hisoblanadimi?

®️Belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorning huquqi hisoblanadi. Ya’ni amaldagi qonunchilikda bunday majburiyat mavjud emas.

Biroq, shuni bilishingiz kerakki, tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquq faqat uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandagina yuzaga keladi (“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi).

™️Boshqacha qilib aytganda, mahsulot yoki xizmat brendini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bu belgiga egalik huquqi faqatgina sizga tegishliligini va boshqa hech kimga tegishli emasligini tasdiqlaydi.

👉На русском

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Zarurat tufayli korxonamni yopmoqchi edim. Buning uchun davlat xizmatlari markaziga qanday hujjatlar taqdim etishim lozim? Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida qanday maʼlumotlar boʻlishi lozim?

— Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga muvofiq, Siz korxona taʼsischisining yoki taʼsischilarini umumiy yigʻilish korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorini, qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay ariza bilan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinigiz lozim.

Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
▫️tugatilayotgan korxona toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
▫️tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
▫️tugatilayotgan korxona boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
▫️korxonani tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazirlik va idoralarning huquqiy axborotni tarqatish borasidagi faoliyati baholandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari