Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
🔊Hurmatli fuqarolar !
📌Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan FHDY organlarining ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish jarayonida turli xil qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha bir qancha choralar koʻrilmoqda.
🔅Xususan, FHDY organlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijasida fuqarolardan davlat boji va boshqa toʻlovlarni undirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida ariza beruvchining mobil raqamiga SMS yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
💸Mazkur SMS xabarda Sizdan undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi. Bu orqali toʻlovlarni undirish jarayonida qonun buzilishi holatlari oldi olinadi.
❗️Shu sababli, Sizdan ortiqcha toʻlov undirilgan yoki SMS xabar yuborilmagan hollarda 1148 "ishonch telefoni"ga qoʻngʻiroq qilishingiz soʻraladi!
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat

#Adliya_xabari
"Biz birgamiz!": ezgulik ulashing!
Muborak Ramazon hayiti saxovat, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob xislatlarni kuchaytiruvchi muqaddas ayyomdir.
Shu sababli, keksalar holidan xabar olish, nogironligi bor shaxslarga ko‘maklashish, moddiy ta'minoti yetarli bo‘lmagan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish va ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Adliya vazirligi, Shodiyev xalqaro fondi hamda “Madad” NNT hamkorlikda navbatdagi xayriya tadbiriga qo‘l urdi.
Bugun Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 1 500 dan ortiq xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalaridan iborat xayriya to‘plamlari tarqatish uchun jo‘natib yuborildi.
Bu kabi sa'y-harakatlarning zamirida har qanday sharoitda ham aholini qo‘llab-quvvatlash va ularga e'tibor berish kabi ezgu maqsadlar yotadi.
Shunday ekan, ezgulik ulashishdan hech qachon to‘xtamang!
@adliyangiliklari

Patent vakillari faoliyatini jonlantirish maqsadida sudyalar va patent vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi
👉Batafsil

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘tgan davr mobaynida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qilingan ishlar, shuningdek rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda Markaz direktori, Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengash raisi o‘rinbosari A.Xalilov Kengash tomonidan sud ekspertiza sohasida amalga oshirilgan tadbirlar hamda idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining 2023-yilda amalga oshirgan ishlari xususida ma’ruza qildi.
Shuningdek, Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti direktori N.Qolqanov tomonidan Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining ish rejalari ijro holati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohada hal etilishi lozim bo‘lgan mavjud muammolar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari yig‘ilishda:
▪️Sud ekspertizalari va mutaxassislik fikrlarini taqrizdan o‘tkazish bo‘yicha nizom loyihasi;
▪️ “Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining halolligini aniqlash” nomli uslubiy qo‘llanma loyihasi;
▪️ “Sud-ekspertlik faoliyati yuzasidan umumiy tushunchalar hamda mazkur sohada yaratilgan mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish bo‘yicha” hamda “Sud ekspertizasi: umumiy masalalar va yechiladigan savollari” nomli uslubiy va amaliy qo‘llanmalar taqdimotlari kabi bir qator muhim masalalar ham muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qizg‘in savol-javoblar qilindi va kun tartibidagi masalalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing
Joriy yil birinchi chorakda Adliya vazirligi tomonidan norma ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar.
Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

#Bilasizmi
Qanday so‘zlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi?
📘O‘zbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 10-moddasiga binoan
▪️davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
▪️farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar (chiziqlar, oddiy geometrik figuralar);
▪️muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar (termos, choynak, ko‘za, savat);
▪️umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar (optika, go‘zallik saloni, oshxona, kafe, oromgoh);
▪️tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar (Made in China, shirin pechene, 100 foiz paxta, arzon, zo‘r texnika) tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi huquqiy masalalar” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!
🎙Suhbat spikerlari:
➖ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
➖Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
➖Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari.
⏰Ovozli chat 20-aprel kuni soat 16:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📥Savollaringizni @huquqiy_gap kanali izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap

Ramazon hayiti munosabati bilan necha kun dam olamiz?
“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Ramazon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
▫️ 21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;
▫️ 22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan,
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);
▫️ 23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;
▫️ 24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qat'i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
@adliyangiliklari
Ramazon hayiti munosabati bilan necha kun dam olamiz?
“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Ramazon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
▫️ 21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;
▫️ 22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan,
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);
▫️ 23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;
▫️ 24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qat'i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo‘lsin!
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
#presstur #uzarxiv
‼️DIQQAT E‘LON‼️
📣📣 Hurmatli jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari!
✅Joriy yilning 25-aprel kuni, soat 10:00 da Toshkent shahar markaziy davlat arxivida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va Toshkent shahrida arxiv ishi va ish yuritish holati bo`yicha davlat arxivlariga tashrif mavzusidagi PRESS-TUR o‘tkaziladi.
📍Ushbu tadbirga barcha mustaqil jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.
⏰Vaqti: 25-aprel, soat 10:00 da
🏢Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Istirohat ko`chasi, 14-uy
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | Twitter

Adliya vazirligi va Yuqorichirchiq tuman hokimligi hamkorligida tuman markaziy o‘yingohida “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” shiori ostida Adliya sayli tashkil etildi.
Saylda taniqli san'atkorlar ishtirokida konsert dasturi, fuqarolarning sayyor qabuli, sayyor davlat xizmatlari, aholiga huquqiy maslahatlar, sport musobaqalari, “Zakovat” o‘yinlari va Konstitutsiya bo‘yicha savol-javoblar viktorinasi o‘tkazildi.

Har yili 26-aprel kuni jahon miqyosida Xalqaro intellektual mulk kuni nishonlanadi. Bundan asosiy maqsad intellektual mulk huquqini himoya qilish sohasidagi muammolar va ularning yechimlariga jamoatchilik e’tiborini qaratish, har bir yaratmani butun dunyo taraqqiyotiga hissa qoʻshishini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
Mamlakatimizda xorijiy davlatlardagi kabi intellektual mulkni himoya qilishga sezilarli darajada talab ortib bormoqda. Mualliflar, ijodkorlar, aqliy ijod vakillari intellektual mulkni qimmatli boylik kabi himoya qilish, unga egalik qilish va rivojlantirish kabi masalalarning tub mohiyatini allaqachon anglab yetmoqdalar.
Demak, ushbu soha insonlar turmush darajasini sezilarli oʻzgartirishda muhim omillardan biri ekanligini koʼrsatmoqda. Shunday ekan intellektual mulk kuni nafaqat kasb egalarining balki har bir fuqaroning bayramidir!
АDLIYA VAZIRLIGI BАRCHА FUQАROLАRIMIZNI BUTUNJАHON INTELLEKTUАL MULK KUNI BILАN TАBRIKLАYDI!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JURNALISTLAR UCHUN PRESS-TUR VA SEMINAR TASHKIL ETILDI
📄Bugun, Toshkent shahar markaziy davlat arxivida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va Toshkent shahrida arxiv ishi va ish yuritish holati bo`yicha davlat arxivlariga tashrif mavzusidagi PRESS-TUR hamda Arxiv hujjatlarini yoritish masalalari mavzusida seminar o‘tkazildi.
📄Press-tur davomida Toshkent shahri markaziy davlat arxivi hududida qurilayotgan Аngаr ko`rinishidagi zamonaviy saqlovxonalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
📄Press-tur yakunida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sevara O‘rinboyeva ishtirokida “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini jamoatchilikka hamda ommaviy axborot vositalariga yoritib borish yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.