Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.23K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya organlari va muassasalarining Inson resurslari (kadrlar) bo‘limlari mas’ul xodimlarining malakasi oshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya: ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi ta'minlandi

Narpay tuman adliya boʻlimiga tumanning “Ahillik” mahallasida yashovchi fuqaro S.X. murojaat qilib, ishdan boʻshatish nafaqasini undirishda yordam soʻragan.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Narpay tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelgan va 2022-yilning 27-aprelida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Biroq fuqaroga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius N. Mambetniyazova faoliyatida notariat sohasiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan rejali tekshirish natijasi bo yicha bir qator kamchiliklar aniqlangan va mazkur holat yuzasidan malaka komissiyasiga 2022-yil 21-sentabr kuni taqdimnoma kiritilgan.

Malaka komissiyasining 2022-yil 23-sentabr kuni bo’lib o‘tgan 13-sonli majlis qaroriga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 23-sentabrdagi 233-um-sonli buyrug‘i qabul qilinib, unga ko‘ra Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N. Mambetniyazovaning 2020-yil 23-aprel kungi QR 0041-sonli litsenziyasining amal qilish muddati 24-sentabr sanasidan e'tiboran 1 (bir) oy muddatga to‘xtatib turilganligini ma'lumot uchun yetkazamiz.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 29-sentabrdagi 201-um-sonli buyrug‘iga asosan Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I. Xatamovga tegishli SI 0018-sonli litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 1-oktabr kunidan 15 kun muddatga to‘xtatilganligi ma'lum qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Farg'ona viloyatida 4 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O'zbekiston Respublikasi “Notariat to'g'risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Fargona viloyat adliya boshqarmasi boshligining 2022-yil 20-sentabrdagi 286-um-son buyrugiga asosan Fargona viloyati
▪️Oltiariq tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugullanuvchi notarius Nodirbek Maripjonovich Zufarov (litsenziya FA 0067, 21.04.2020-y),
▪️Ozbekiston tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugullanuvchi notarius Marufatxon Xalimovna Kuchkarova (litsenziya FA 0052, 21.04.2020-y),
▪️Qoqon shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugullanuvchi notarius Dilnoza Xaydarovna Atadjanovaga (litsenziya FA 0011, 21.04.2020-y) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarining amal qilish muddati va notariuslik maqomi 2022-yil 21-sentabr kunidan 2022-yil 21-oktabr kuniga qadar 1 oy muddatga;
▪️Uchkoprik tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugullanuvchi notarius Muxsin Malikovich Axmadaliyev (litsenziya FA 0038, 21.04.2020-y) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugullanish huquqini beruvchi litsenziyasiining amal qilish muddati va notariuslik maqomi 2022-yil 21-sentabr kunidan 2022-yil 5-oktabr kuniga qadar 15 kun muddatga toxtatilganligi malum qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️O‘zbekiston Respublikasi hamda Vengriya Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vengriya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida adliya sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning maqsadi o‘zaro manfaatdorlik, tenglik va muvofiqlik asosida huquq va adliya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan institusional aloqalar uchun asos yaratishdir.

Memorandum doirasida qonun ijodkorligi, qonun hujjatlarini tizimlashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, fuqarolik qonunchiligini hamda ma'muriy tartib-taomillarni rivojlantirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish hamda ikki tomon uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Imzolangan hujjat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, jumladan, ikki mamlakat Adliya vazirliklari o‘rtasida huquq va adliya sohalarida samarali hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Namangan viloyat yuridik texnikumi: kecha va bugun. 600 o'ringa mo'ljallangan ta'lim maskanining o'quv xonalari xalqaro standartlarga javob beruvchi jihozlar bilan ta'minlandi.

Batafsil 👉Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlangan lavhada.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Andijon viloyatida 3 nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 20-sentabrdagi 16-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan
▪️Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N. Xonaliyev (litsenziya AN 0023, 22.04.2020 yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 21-sentabr kunidan 1 oy muddatga;
▪️Baliqchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D. Qobulova (litsenziya AN 0026, 22.04.2020 yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 21-sentabr kunidan 15 kun muddatga;
▪️Baliqchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius R. Kadirova (litsenziya AN 0027, 22.04.2020 yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan e’tiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar to‘xtatilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Ozodbek tugʻilganidan 11 yil oʻtib hujjatli boʻldi

Toyloq tumanida yashovchi fuqaro G. Hamroyeva 2012-yilning 22-aprelida oʻgʻil farzandli boʻladi. Ammo maʼlum sabablarga koʻra, bolani tugʻruqxonada emas, uy sharoitida dunyoga keltiradi. Shu sabab farzandiga vaqtida tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olishga qunt qilmaydi. Oqibatda bolaning tugʻilganligi qayd etilmasdan qoladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Brendreyding asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga berilgan guvohnoma haqiqiy emas deb topildi

🇷🇺Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurituvchi “B.K.E.” tadbirkorlik subyekti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashiga murojaat qilib, “Biolan” tovar belgisi brendreyding asosida “Q.A.” MChJ nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va ushbu tovar belgisiga berilgan guvohnoma haqiqiy emas deb topilishi lozimligini bildirgan.

🔻Apellyatsiya kengashi tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida “Biolan” tovar belgisi “B.K.E” tomonidan 1993-yilda Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, bugungi kunga kelib ushbu tovar belgisi 30 dan ortiq davlatlar, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorus, Moldova davlatlarida huquqiy muhofazaga olinganligi aniqlandi.

🧑🏻‍⚖️Apellyatsiya kengashi “Biolan” tovar belgisi “Q.A.” MChJ tomonidan brendreyding asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ushbu tovar belgisi tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgi degan xulosaga kelib tovar belgisiga berilgan guvohnomani haqiqiy emas deb topdi.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Adliyadan_javob

Qanday holatlarda foydalanuvchining Mobil-ID tizimidagi identifikatsiyasi bekor qilinadi?

— Quyidagi holatlarda foydalanuvchining Mobil-ID tizimidagi identifikatsiyasi bekor qilinadi:
▪️ ilgari Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtgan mobil telefon raqam boshqa foydalanuvchi tomonidan identifikatsiyadan oʻtkazish uchun taqdim etilganda (avvalgi foydalanuvchi);
▪️ Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazilgan mobil telefon raqam mobil aloqa operatori egaligiga oʻtganda, bundan mobil telefon raqam muzlatilgan hollar mustasno;
▪️foydalanuvchi Mobil-ID tizimidagi identifikatsiyasini bekor qilishni soʻrab murojaat qilganda;
▪️foydalanuvchi vafot etganda.

Foydalanuvchining vafot etganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan integratsiya asosida avtomatik ravishda aniqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 479-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 34-bandi.

@adliyangiliklari
#Infografika #FHDY_xizmatlari #Bu_qiziq

🏫FHDY organlari tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida 688 421 ta tugʻilish holati qayd etilgan.

👶🏻O'g'il bolalar — 356 425 ta
👧🏻 Qiz bolalar — 331 988 ta

🔅Shu jumladan, ushbu davr mobaynida O'zbekistonda tug'ilgan o'g'il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko'p qo'yilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan 174 nafar tibbiyot xodimlarining kechiktirilgan ta'til pullari undirib berildi

Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi hamda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi holati yuzasidan yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari amalga oshirildi.

Monitoring davomida tibbiyot birlashmasi tomonidan joriy yilning sentabr oyi uchun yillik mehnat ta'tillariga chiqqan 174 nafar xodimlarga ta'til pullari to‘lab vaqtida berilmaganligi aniqlangan.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 148-moddasi 2-qismida ta'til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta'til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi belgilangan.

Shunga asoslanib, tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, jami 235 million so‘m miqdoridagi ta'til pullari hisoblanib, to‘lab berilishi ta'minlandi.

@adliyangiliklari
Xudoyor Meliyev: Hujjatlar korrupsiyaga yo‘l ochib berar ekan, bu illatni bartaraf qilib bo‘lmaydi

2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan yuzta maqsaddan biri — jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdir.

Batafsil 👉 https://uza.uz/posts/413375

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Mobil-ID tizimidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

Mobil-ID tizimidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
▪️OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);
▪️Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);
▪️elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;
▪️ foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;
▪️ foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;
▪️qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 479-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 29-bandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_infografika

⚡️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida eng ko‘p qonun buzilishi holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar:

▫️Kommunal idoralar – 44 731 ta
▫️Kadastr idoralari – 10 118 ta
▫️Qurilish idoralari – 7 655 ta
▫️Sog‘liqni saqlash muassasalari – 4 830 ta
▫️Hokimliklar – 4 755 ta

@adliyangiliklari
Hurmatli fuqarolar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 326-son “Fuqarolar ishtirokidagi audit o‘tkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.

Joriy yilning 1-oktabridan boshlab fuqarolar tomonidan tanlab olingan nazorat obyektlarida nazorat tadbirlarini o’tkazish hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va ichki audit xizmatlari faoliyati samaradorligini baholashni nazarda tutuvchi fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi joriy etildi.

Barchamizda “Fuqarolar ishtirokidagi audit” tizimi nima ekanligi, nima uchun bu tizim kerak hamda u orqali nimalarga erishiladi kabi savollar paydo bo‘lishi mumkin.

Ayni vaqtda “Fuqarolar ishtirokidagi audit” tizimi orqali nazorat obyektlarini tanlash jarayoni davom etmoqda.

2022-yil 3-oktabr holatiga “www.davlatauditi.uz” portali orqali 250 dan ortiq fuqarolar tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazish maqsadida 23 ta budjet tashkiloti tanlandi.

Tanlash jarayonida ishtirok eting va budjet mablag‘larini yanada samarali sarflanishiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Faol bo‘lganingiz uchun minnatdormiz!

@adliyangiliklari
🔻3974 ta kontrafakt o'quvchilar sumkalari almashtirib berildi
 
🔰Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda “1-sinfga borgan ayrim qizaloqlarga qop-qora ryukzaklar berildi” sarlavhali materialda Andijon va Farg‘ona viloyatlarining bir nechta maktablarida birinchi sinf o‘quvchilari uchun Prezident sovg‘asi sifatida tarqatilgan maktab sumkalarida "Gucci", "Fila", "Nike" kabi xorijiy brendlar logotipidan foydalanganligi qayd etilgan edi.

💢Ushbu holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan o‘rganish olib borildi. O‘rganish davomida Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi «H.P.O.» xususiy korxonasiga tegishli ishlab chiqarish obyektlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan xorijiy tovar belgilari, jumladan "GUCCI”, “FILA”, “NIKE”, “ADIDAS”, “Hello Kitty” kabi kontrafakt o‘quvchilar sumkalarini ishlab chiqarganligi hamda  "O‘quv ta’lim-ta’minot" davlat muassasasining shartnomasiga asosan Andijon va Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilariga tarqatilganligi aniqlandi.

♻️Holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan "H.P.O" xususiy korxonasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudiga yuborildi. Sud qaroriga muvofiq huquqbuzarga BHMning 15 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

❗️Shuningdek, Adliya vazirligining tegishli taqdimnomasiga asosan 3974 ta kontrafakt o'quvchilar sumkalari o'quvchlardan qaytarib olinib, sifatli o'quvchilar sumkalariga almashtirib berildi va bu kabi holatlar bartaraf etildi.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
Qo'llanma.pdf
705.1 KB
#Adliyadan_maxsus

Adliya vazirligi sanoat mulkini himoya qilish boshqarmasi tomonidan tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasiga oid maxsus qo‘llanma ishlab chiqildi.

Sizning e’tiboringizga qo‘llanmaning elektron shaklini taqdim etmoqdamiz.

📗Mazkur qo‘llanmada tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishda talabnomaga qo‘yiladigan talablar, uni tuzish, topshirish, ko‘rib chiqish, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari, shuningdek tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasiga oid masalalar bayon etilgan.

Qo‘llanmada murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshiriladigan talabnomalarni rasmiylashtirishga oid namunalar keltirilgan.

Patent vakillari, tadbirkorlar, huquqshunoslar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun mo‘ljallangan.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) toʻxtatib turish asoslari qanday?

— Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) quyidagi asoslarga koʻra muayyan muddatga toʻxtatib turiladi:
▪️vakolatli organning tashabbusiga binoan;
▪️xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisidagi ish sudda koʻrib chiqilganda, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonuni 41-moddasi.
______________

Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish asoslari qanday?

— Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari):
▪️xabardor qiluvchi tomonidan oʻz faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisida vakolatli organga yuborgan xabarnomaga;
▪️ xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisidagi sudning qaroriga asosan tugatiladi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonuni 44-moddasi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar qaysilar?

Nikoh tuzishga:
▪️ loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida;
▪️ nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida;
▪️ loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida yoʻl qoʻyilmaydi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasi.

@adliyangiliklari