Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.4K videos
32 files
5.21K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
⚡️ 3-oktabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga 1 yil: raqamlar, yutuqlar va istiqboldagi vazifalar.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Youtube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Eslatma #Bu_muhim

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining Arbitraj va sud nizolari masalalari bo‘yicha boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurliman Paraxatovna Aytniyazova 2022-yilning sentabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_ajumani

📹 Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari nima maqsadda tashkil etildi?

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_ajumani

📹 Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlar tashkil etilganligiga bir yil to‘ldi. O‘zi bu institut nima berdi? Qanday ko‘rsatkichlarga erishildi?

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya organlari va muassasalarining Inson resurslari (kadrlar) bo‘limlari mas’ul xodimlarining malakasi oshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya: ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi ta'minlandi

Narpay tuman adliya boʻlimiga tumanning “Ahillik” mahallasida yashovchi fuqaro S.X. murojaat qilib, ishdan boʻshatish nafaqasini undirishda yordam soʻragan.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Narpay tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelgan va 2022-yilning 27-aprelida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Biroq fuqaroga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius N. Mambetniyazova faoliyatida notariat sohasiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan rejali tekshirish natijasi bo yicha bir qator kamchiliklar aniqlangan va mazkur holat yuzasidan malaka komissiyasiga 2022-yil 21-sentabr kuni taqdimnoma kiritilgan.

Malaka komissiyasining 2022-yil 23-sentabr kuni bo’lib o‘tgan 13-sonli majlis qaroriga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 23-sentabrdagi 233-um-sonli buyrug‘i qabul qilinib, unga ko‘ra Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N. Mambetniyazovaning 2020-yil 23-aprel kungi QR 0041-sonli litsenziyasining amal qilish muddati 24-sentabr sanasidan e'tiboran 1 (bir) oy muddatga to‘xtatib turilganligini ma'lumot uchun yetkazamiz.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 29-sentabrdagi 201-um-sonli buyrug‘iga asosan Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I. Xatamovga tegishli SI 0018-sonli litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 1-oktabr kunidan 15 kun muddatga to‘xtatilganligi ma'lum qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Farg'ona viloyatida 4 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O'zbekiston Respublikasi “Notariat to'g'risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Fargona viloyat adliya boshqarmasi boshligining 2022-yil 20-sentabrdagi 286-um-son buyrugiga asosan Fargona viloyati
▪️Oltiariq tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugullanuvchi notarius Nodirbek Maripjonovich Zufarov (litsenziya FA 0067, 21.04.2020-y),
▪️Ozbekiston tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugullanuvchi notarius Marufatxon Xalimovna Kuchkarova (litsenziya FA 0052, 21.04.2020-y),
▪️Qoqon shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugullanuvchi notarius Dilnoza Xaydarovna Atadjanovaga (litsenziya FA 0011, 21.04.2020-y) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarining amal qilish muddati va notariuslik maqomi 2022-yil 21-sentabr kunidan 2022-yil 21-oktabr kuniga qadar 1 oy muddatga;
▪️Uchkoprik tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugullanuvchi notarius Muxsin Malikovich Axmadaliyev (litsenziya FA 0038, 21.04.2020-y) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugullanish huquqini beruvchi litsenziyasiining amal qilish muddati va notariuslik maqomi 2022-yil 21-sentabr kunidan 2022-yil 5-oktabr kuniga qadar 15 kun muddatga toxtatilganligi malum qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️O‘zbekiston Respublikasi hamda Vengriya Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vengriya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida adliya sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning maqsadi o‘zaro manfaatdorlik, tenglik va muvofiqlik asosida huquq va adliya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan institusional aloqalar uchun asos yaratishdir.

Memorandum doirasida qonun ijodkorligi, qonun hujjatlarini tizimlashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, fuqarolik qonunchiligini hamda ma'muriy tartib-taomillarni rivojlantirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish hamda ikki tomon uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Imzolangan hujjat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, jumladan, ikki mamlakat Adliya vazirliklari o‘rtasida huquq va adliya sohalarida samarali hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Namangan viloyat yuridik texnikumi: kecha va bugun. 600 o'ringa mo'ljallangan ta'lim maskanining o'quv xonalari xalqaro standartlarga javob beruvchi jihozlar bilan ta'minlandi.

Batafsil 👉Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlangan lavhada.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Andijon viloyatida 3 nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 20-sentabrdagi 16-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan
▪️Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N. Xonaliyev (litsenziya AN 0023, 22.04.2020 yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 21-sentabr kunidan 1 oy muddatga;
▪️Baliqchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D. Qobulova (litsenziya AN 0026, 22.04.2020 yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 21-sentabr kunidan 15 kun muddatga;
▪️Baliqchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius R. Kadirova (litsenziya AN 0027, 22.04.2020 yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan e’tiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar to‘xtatilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Ozodbek tugʻilganidan 11 yil oʻtib hujjatli boʻldi

Toyloq tumanida yashovchi fuqaro G. Hamroyeva 2012-yilning 22-aprelida oʻgʻil farzandli boʻladi. Ammo maʼlum sabablarga koʻra, bolani tugʻruqxonada emas, uy sharoitida dunyoga keltiradi. Shu sabab farzandiga vaqtida tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olishga qunt qilmaydi. Oqibatda bolaning tugʻilganligi qayd etilmasdan qoladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Brendreyding asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga berilgan guvohnoma haqiqiy emas deb topildi

🇷🇺Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurituvchi “B.K.E.” tadbirkorlik subyekti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashiga murojaat qilib, “Biolan” tovar belgisi brendreyding asosida “Q.A.” MChJ nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va ushbu tovar belgisiga berilgan guvohnoma haqiqiy emas deb topilishi lozimligini bildirgan.

🔻Apellyatsiya kengashi tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida “Biolan” tovar belgisi “B.K.E” tomonidan 1993-yilda Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, bugungi kunga kelib ushbu tovar belgisi 30 dan ortiq davlatlar, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorus, Moldova davlatlarida huquqiy muhofazaga olinganligi aniqlandi.

🧑🏻‍⚖️Apellyatsiya kengashi “Biolan” tovar belgisi “Q.A.” MChJ tomonidan brendreyding asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ushbu tovar belgisi tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgi degan xulosaga kelib tovar belgisiga berilgan guvohnomani haqiqiy emas deb topdi.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd