Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.9K subscribers
14.8K photos
1.6K videos
33 files
5.83K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from YURIDIK TEXNIKUMLAR
⚡️Bugun Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2022/2023-o'quv yili uchun kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📌 Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari respublikaning barcha hududlarida DTM tomonidan belgilangan talablarga muvofiq olib borildi.

Joriy yilda, Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli bo'yicha hujjat topshirgan abiturientlar test jarayonlarida faol ishtirok etishdi.

ℹ️ Batafsil...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram | • Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tahlil

📹 Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati sarhisobi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O’zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam to’g’risida”gi qonuni loyihasi muhokamasiga bag’ishlab Buxoro viloyat adliya boshqarmasida yig’ilish o’tkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy kengash deputatlari, sudlar, advokatlar va yurdik xizmat ko’rsatish markazlari xodimlari ishtirok etgan yig’ilishda loyihani ishlab chiqishdan asosiy maqsad, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ro’yobga chiqarishda tutgan o’rni haqida so’z bordi.

Bugungacha davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko'rsatilishi, mazkur qonun loyihasida esa ma'muriy va fuqarolik ishlari bo'yicha davlat hisobidan bepul yordam ko'rsatish nazarda tutilganligi, kam ta'minlangan fuqarolarning Konstitutsiyada kafolatlangan malakali yuridik yordamdan to'liq foydalana olishlari qonun bilan belgilanayotganligi ta’kidlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbus

📢📢 Adliya vazirligi tomonidan mustaqillikning 31 yilligiga bag‘ishlab aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya xalq orasida” nomli huquqiy festival o‘tkaziladi.

Festivalda “Huquqiy maslahat” aksiyasi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari, notariuslar, advokatlar hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDYo va davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar beriladi.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi nashr etgan kitoblar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan yaratilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etiladi.

Festival dasturida konsert dasturlari ham o‘rin olgan.

Tadbir doirasida OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qachon
29-avgust kuni, 18:00

Qayerda
Toshkent markaziy eko bog‘i ("Eko park")

@adliyangiliklari
⚡️“Adliya organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish: hozirgi holat va istiqbollar” mavzusida onlayn muloqot davom etmoqda.

Muloqotni Adliya vazirligining Facebookdagi «Adliya bilan muloqot/ Диалог с юстицией» guruhi hamda vazirlikning YouTubedagi sahifasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Muloqot davomida Adliya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa masalalarga oid savollarga javob beriladi.

Mavzu bo‘yicha savollaringizni Adliya vazirligining @adliyaga_savolbot Telegram-boti orqali yo‘llashingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillikka_31_yil #Mustaqillik_yoshlari

Adliya vazirligidagi jamoaning deyarli 30 foizini tashkil etayotgan, yoshlarning 212 nafari turli tarkibiy bo‘linmalarda bevosita rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatining o‘zida esa 20 nafar yosh rahbar xodim faoliyat yuritadi.

"Mustaqillik yoshlari" loyihamiz doirasida Sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan navbatdagi yosh huquqshunosimiz Iskandar Genjayevdir.

Iskandar ham boshqa tengdoshlari singari o‘z bilimi va tirishqoqligi bilan ajaralib turadi. Yosh bo‘lishiga qaramay vazirlikning Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta'sirini baholash boshqarmasida mas'uliyatli lavozimlardan birida faoliyat yuritib kelmoqda...

U nima uchun mazkur sohani tanlaganini esa o‘zidan eshitishingiz mumkin.

Batafsil videolavhada 👆🏻

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohot bo‘yicha dasturi bilan hamkorlikda “Xalqaro reyting va indekslarda gender tengligi” mavzusida trening tashkil etilda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari