Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

ADLIYA VAZIRLIGI INSON RESURSLARI BOSHQARMASI ISHCHI GURUHI NAVOIYDA

Ayni paytda ishchi guruhi Navoiy viloyatiga tashrif buyurgan. Maqsad xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat.

Ishchi guruhI a’zolari adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari xodimlarining tizimda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni o‘zlashtirganligi, soha vakillari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat intizomi va qonunchilikka rioya qilish tartibini joyiga chiqqan holda ko'zdan kechirmoqda.

Muloqotlar davomida xodimlar bilan kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish yuzasidan profilaktik tushuntirishlar olib borilmoqda. Soha vakillarining ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ish samaradorligini oshirish, jamoaviy birdamlik muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

“Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan” qo‘shig‘iga bo‘lgan mualliflik huquqi tiklandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

Adliya vazirligiga joriy yilning 6 oyi davomida sohaga oid 50 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 60 foizida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan va tegishli tartibda huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

So‘ragan edingiz

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma olishda kimlarga imtiyoz beriladi?

❗️Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bolalarning quyidagi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:
▪️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
▪️ko‘p bolali oilalarning bolalari;• yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
▪️ “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
▪️ kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari
▪️ xodimlarining bolalari;
▪️ talabalar va pedagoglarning bolalari;
▪️ akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
▪️ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasaga qabul qilish boʻyicha tayyor boʻlgan yoʻllanma shakllangan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya: maktab direktorlarigajami 57 216 569 so‘mlik mehnat ta'tili pullari undirib berildi

Urgut tumanida yashovchi fuqaro H. Sohibov Urgut tuman xalq ta'lim bo‘limiga qarashli 16-umumta'lim maktabida direktori vazifasida ishlab keladi. U 2016—2022-yillar davomida belgilangan reja-grafik asosida mehnat ta'tiliga chiqqan bo‘lsa-da, tuman xalq ta'lim bo‘limi tomonidan H. Sohibovga mehnat ta'tili pullari to‘lab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xususiy notariuslar soni 9 nafarga oshadi

Joriy yilning 12-avgust kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha navbatdagi malaka imtihoni o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

“The Procter & Gamble Company” kompaniyasining “TIDE” brendi himoya qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Endi siz mobil raqamingiz orqali “my.gov.uz” portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oliy ta’lim muassasalarining “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi va soha mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi talaba-yoshlarini vazirlik markaziy apparati va hududiy adliya organlariga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlovning suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

9-avgust
▪️ Namangan viloyatida jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda adliya boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

10-avgust
▪️ “Ochiq adliya” dasturi: Andijon viloyatida tizim ochiqlik va shaffoflikni qanday ta'minlamoqda?

▪️ Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Samarqandda.

11-avgust
▪️ Barcha davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari binolari to‘liq kuzatuv kameralari bilan jihozlantirildi. Ushbu kuzatuv kameralari Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining qoʻshma loyihasi doirasida barpo etilgan “Situatsion markaz” bilan bog‘langan.

▪️ Farg‘ona viloyatida “Ochiq adliya” ijtimoiy dasturi doirasida adliya organlari faoliyati haqida keng jamoatchilikka to‘liq, batafsil ma'lumotlar berish, ularning huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlashga qaratilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

▪️ Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha trenerlarni tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.

▪️ Adliya vazirligi: Endi advokatlar ham sud-ekspertizasi tayinlash huquqiga ega bo‘ldi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining ham sudlarda ishtirok etish huquqi belgilandi.

▪️ Yuridik texnikumlarga 2022/2023-o‘quv yili uchun respublika miqiyosida jami uch ming nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

12-avgust
▪️ “Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan” qo‘shig‘iga bo‘lgan mualliflik huquqi tiklandi.

▪️ Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi ishchi guruhi Navoiyda.

▪️ Xususiy notariuslar soni 9 nafarga oshadi. Хususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha navbatdagi malaka imtihoni o‘tkazildi.

13-avgust
▪️ Adliya vazirligida oliy ta’lim muassasalarining “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi va soha mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi talaba-yoshlarini vazirlik markaziy apparati va hududiy adliya organlariga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlovning suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi xodimlari o‘rtasida “Zakovat” o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Navoiy
viloyatining Xatirchi, Navbahor, Tomdi, Konimex, Nurota tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi.

🔹Navoiyda “Adliya xalq xizmatida” shiori ostida chellenj o'tkazildi.

🔹Navoiyda viloyat bo‘ylab intellektual mulk himoyasi yo‘nalishida reyd tashkil etildi.

🔹Karmanada “Adliya sayli” tashkil etildi.

🔹Uchquduqda “O‘zimiz keldik” aksiyasi o‘tkazildi.

🔹Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida aholining huquqiy savodxonligi, huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorlik darajasi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔹Marg‘ilonlik hunarmandning brendi toʻlovlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

🔹Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “The Procter & Gamble Company” kompaniyasining “TIDE” brendi himoya qilindi.

🔹Narpay tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaroga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi berilmagani aniqlandi.

🔹Paxtachi tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan tarbiyachining ish haqi bo‘yicha muammosi hal bo‘ldi.

🔹Nurobodda tibbiyot birlashmasi xodimlari manfaatlari ta'minlandi.

🔹Urgut tuman adliya bo‘limi: maktab direktorlarigajami 57 216 569 so‘mlik mehnat ta'tili pullari undirib berildi.

🔹Qoʻngʻirot va Beruniy tumanlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar D.Qurbonov va Sh.Raxmanovlarning “Notarius” AATdan foydalanish huquqi vaqtincha toʻxtatib turiladi.

🔹Andijon shahar adliya bo‘limi aralashuvi bilan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mdan ortiq kompensatsiya puli undiriladigan bo‘ldi.

🔹 Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ustoz” mahallasida Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kamoldin Mashrapovning fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkazildi.

🔹 Andijon shahrida noqonuniy bo‘shatilgan musiqa o‘qituvchisi ishga qayta tiklandi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

🔹 Qo‘shkopir tumanida fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 “Adliya ayoli” respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

🔹 Jarqo‘rg‘on tuman adliya tomonidan “Kamar” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Termiz tumanidagi “Orol” mahallasida aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🔹Sirdaroda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda belgilangan maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya qilish holati oʻrganildi.

🔹Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi shartnoma shartlariga amal qilishni bilmadi.

🔹Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan “Huquqiy axborot kuni” doirasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

🔹Yakkabog‘ tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan tadbirkorlarga sayyor tartibda xizmat ko‘rsatildi.

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan fuqaroga foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘latib berildi.

🔹Yakkabog‘dagi fermerlarning 37 mln so‘mdan ortiq mablag‘i undirildi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Jomboylik 74 yoshli onaxon "metrika"dan so‘ng pasport olib, pensiyaga chiqdi

Avval xabar berganimizdek, Jomboylik Optob aya Ortiqovaning tug‘ilganligi oradan 74 yil o‘tib qayd qilingan edi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2022-yil 9-iyundagi hal qiluv qaroriga asosan dalolatnoma yozuvi qayta tiklanib, Jomboy tuman adliya bo‘limining FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik guvohnomasi topshirilgan edi.

Fuqaroning tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘qligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi pasport ololmagani, bundan tashqari, yoshi bir joyga borib qolgan bo‘lsa-da, haligacha pensiyaga chiqa olmaganini ma'lum qilgan edik.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

So‘ragan edingiz

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar

Adliya vazirligi huzuridagi “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan o'tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar haqida.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat