Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Zarafshon shahrida adliya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

🔹Xatirchida o‘qituvchilarga 500 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹Tomdi tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan olis hududlarda faoliyat yurituvchi pedagoglarga ustama pullari to‘lab berildi.

🔹Zarafshon shahar adliya boʼlimi aralashuvi bilan maktab direktorlariga bir martalik rag‘batlantirish pullari to‘lab berildi.

🔹Adliya boshqarmalari boshliqlari uchun Navoiy viloyatida noan'anaviy uchrashuv tashkil etildi.

🔹Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan 17 nafar bog‘cha xodimlarining 47 million so‘mdan ortiq to‘lanmay kelingan pullari undirib berilishiga erishildi.

🔹Urgut tumanida navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Murojaatlarning “kaliti” qaerda? Samarqandda vakolatli organlar davlat xizmatlari ko‘rsatishda o‘tgan 6 oyda 5 mingdan ortiq murojaatga mas'uliyatsizlik bilan yondoshgan.

🔹Sayxunobod tumanidagi "Ittifoq" mahallasida "Huquqiy axborot kuni" o'tkazildi.

🔹Namanganda davlat xizmatlari ko‘rsatishda 6,5 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

🔹Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston tumani hokimligi hamkorligida navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan birinchi yarim yillikda 5,5 mingdan ziyod murojaat ijobiy hal qilindi.

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hokimlikka xat kiritdi — hokimlik huquqshunosi ishdan ketmoqda.

🔹Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan o‘z vaqtida qayd etilmagan 11 yillik nikoh qonuniy rasmiylashtirildi.

🔹Andijonlik xonanda qashqadaryolik shoirning sheʼridan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi.

🔹Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan fermerga 255 mln so‘m kompensatsiya pullari undirildi.

🔹Namanganda aholiga xizmat ko‘rsatish talab darajasidami?

🔹Buxoro shahar adliya bo‘limi tomonidan 47 mln 686 ming so‘m kompensatsiya to‘lovlari undirildi.

🔹Shayxontohur tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan fuqaro ishga tiklandi hamda unga kompensatsiya pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ayollarga homiladorlik pullari undirib berildi.

🔹Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda mutasaddi tashkilotlari vakillari ishtirokida Xiva, Xonqa va Shovot tumanlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi.

🔹Bogʻot tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaroga 11 649 577 soʻm miqdordagi mehnat taʼtili pullari undirib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❗️Bugundan yuridik texnikumlarga qabul boshlanadi

Xabaringiz bor, respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.

Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlanadi:

▫️ davlat huquqiy faoliyat;
▫️ yuridik xizmat;
▫️ sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy o'rta ta'lim (11-sinfni) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

O'qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

🗂 Hujjatlarni qabul qilish joriy yil 1-avgustdan 20-avgustgacha (shu kuni ham) bo'lib o'tadi.

Yuridik texnikumlarga O'zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o'tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Chet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abituriyentlar o'qishga davlat buyurtmasi, to'lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

O'qish muddati 2 yilni tashkil etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat

Hukumatning 341-son qarori bilan Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmati joriy etildi.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
–O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– Davlat
xizmatlari markazlari orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

O‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan nogironligi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili)

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – Bepul;

❗️Ma'lumot uchun: Subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi bo‘yicha ushbu Qaror talablariga to‘liq mos kelgan 500 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga ajratiladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Davlat hisobidan fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiyda “Adliya ayoli” ko’rik-tanlovining hududiy bosqichi o’tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Jomboylik 74 yoshli onaxon tug‘ilganlik guvohnomasi oldi

Bugun adliya organlarining xalq orasiga kirib borayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Boisi, joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, sayyor qabullar, o‘tkazilayotgan monitoring va o‘rganishlar chog‘ida odamlarni uzoq yillar mobaynida qiynab kelgan muammolar yuzaga chiqmoqda va ular o‘z yechimini topmasdan qolayotgani yo‘q.

Jomboylik Oftob aya Ortiqova ham muammosi hal bo‘lishini bir oy, bir yil yo nari boring 10 yil kutgani yo‘q. Aya umrining 74 yilini shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish orzusida o‘tkazdi. Eshigini taqillatib borgan mas'ullar esa ishni paysalga solishgan. O‘z haq-huquqlarini bilmagan, huquqiy savodxonligi bo‘lmagan oddiy bir ayol shu asnoda 70 yildan oshiq vaqtni kutish bilan o‘tkazdi.

Buning oqibatida fuqaro na pasport ololdi, na pensiyaga chiqoldi. Jomboy tuman adliya bo‘limining FHDY bo‘limiga murojaat qilgach, masala qisqa fursatda ijobiy hal bo‘ldi. FHDY bo‘limi mudirasi G.Bahriddinova boshchiligida 1948-yilda tug‘ilgan Oftob aya Ortiqovaning tug‘ilganligi muddatini o‘tkazib qayd qilinib, guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.

Fuqaro endi ushbu guvohnoma asosida shaxsini tasdiqlovchi pasport olib, pensiyaga chiqishni rejalashtirgan.

Tahlillarga ko‘ra, FHDY bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyida 2311 ta tug‘ilish qayd qilingan bo‘lib, shundan 40 tasi muddatini o‘tkazib qayd qilingan.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi

@adliyangiliklari
Prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirish tizimi joriy qilinishini ta'kidladi.

“Biz davlat xizmatini mahallaga tushirish bo‘yicha katta islohotlarni boshladik. Har bir mahallada – rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlardan iborat yaxlit tizim yaratildi.

Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, dedi davlat rahbari.

Shuning uchun, 1 noyabrdan:
▫️eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechilib, ilg‘or IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tiladi;
▫️xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi shart.

"Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi", dedi Prezident.

@adliyangiliklari
#Adliya_nazorat

Davlat xizmatlarini rivojlantirishda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyati juda muhim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4193-son qarori hamda PF-5930-son va PF-6269-son farmonlari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida o‘rganildi.

📋O‘rganish natijasida quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlandi:

🔹Bandlik va mehnat munosbatlari vazirligi – 50 dan ortiq;

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;

🔹Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq;

🔹“O‘zsuvta’minot” AJ – 600 dan ortiq;

🔹“Hududgazta’minot” AJ – 300 dan ortiq;

🔹“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 40 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi axborot va kiberxavfsizlik boʼyicha birinchi oʼrinni egalladi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Jizzaxda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: Endi advokatlar ham sud-ekspertizasi tayinlash huquqiga ega bo‘ldi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining ham sudlarda ishtirok etish huquqi belgilandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Prezident huzuridagi ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aholini qiynab kelayotgan byurokratik to‘siqlar, xizmatlar ko‘rsatilishidagi qonunchilikdagi kamchiliklarni hal etish, natijada qulay, shaffof, sifatli xizmatni ko‘rsatish haqidagi masalalar bo‘yicha adliya vaziri Ruslanbek Davletov fikr bildirdi.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Adliya vazirligi tomonidan “Camp Law” yozgi maktab ishtirokchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari