Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.4K videos
32 files
5.2K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi

👉Batafsil
__________

#Новости_законодательства

Определен порядок предоставления государственной услуги по приему детей в 1 класс

👉Подробнее

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani

Alisher Karimov, adliya vaziri o‘rinbosari:
Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqib, qabul qilishdan asosiy maqsad sohadagi asosiy qonunlarni birlashtirib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda fundamental huquqiy asoslarini yaratib berish hisoblanadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani

Kodeks qay darajada mukammal deya olasiz? Uni ishlab chiqarish jarayonida tadbirkorlar fikrlari o‘rganildimi?

Kodeksda tadbirkorlarning erkinligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tilganmi?

Kodeksda tadbirkorlikni amalga oshirishda bo‘ladigan korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi muammolarini yechish masalalari kiritilganmi?

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

Ushbu xizmatdan bugungi kunga qadar qancha fuqaro foydalandi? Batafsil 👉 infografikada.

@adliyangiliklari
Bolalarga bola tilidan yo‘l harakati qoidalari tushuntirildi

Bugun Mirzo Ulug‘bek tuman 270-son maktabgacha ta'lim muassasasida Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi xodimlari bolalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘l belgilari mazmuni bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.

Targ‘ibot tadbirida bolalarga mos ko‘rgazmali vositalardan foydalanildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Adliya kitobxonlar chempionati” tanlovining 1-davrasi o‘z nihoyasiga yetdi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

📲 Fuqarolar va tadbirkorlardan mazkur Kodeks loyihasi bo‘yicha takliflar to‘plash maqsadida @tklt_bot telegram boti ishga tushirildi.

Loyiha muhokamasida faol ishtirok eting!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Yangiyo‘llik Umrixon Meliboyeva 30 yildirki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Shu davr mobaynida u yuzlab hamshaharlarini ish bilan ta'minlab, xalqqa xizmat qilib kelayapti. 2016-yil u rahbarlik qilgan “Rahmatilla – Dilshod” mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan maydoni 0,755 ga ega bo‘lgan bino-inshoot sotib olingan.

Eski binoni buzib, o‘rnida yangisini barpo etish loyihasini tuzib turgan bir paytda, 2020-yil 30-iyul sanasida Yangiyo‘l shahar hokimining 195-sonli qaroriga asosan, umumiy maydondan 0, 20 ga yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladi...

Tafsilotlar to‘liq reportajda.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

ADLIYA ARALASHUVI BILAN 70 YOSHLI FUQARO HUJJATLI BO‘LDI

Qorakamarlik Aysahat Uralova yaqinda 70 yoshni qarshiladi. U 1952 yilda Xatirchi tumanida tug‘ilgan, ammo shu yoshga kirsa-da, onaxonning tug‘ilganligi hali rasman qayd qilinmagan. Ya’ni, u shaxsini tasdiqlovchi biror bir hujjatga ega emas.

16 yil ilgari pensiyaga chiqish kerak bo‘lgan ayol shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi oqibatida bugungacha pensiya olishdan mahrum bo‘lib kelmoqda edi.

Joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar chog‘ida onaxon shu muammo bo‘yicha murojaat qildi. Tuman adliya bo‘limi ushbu murojaat bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, onaxonga tuman FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, sayyor tarzda topshirildi. Endi onaxon ushbu guvohnoma asosida pasport olib, yillar mobaynida to‘lanmay kelgan pensiyasini tiklash niyatida.

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha boshlangan harakatlar aholi va keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, bugun O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlar Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishni talab etadimi? Umuman, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan tayyormi?

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi 53-moddasiga asosan, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

30-may
▪️ Adliya vazirligida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

▪️Intellektual mulkka oid nizolarni sudlarda ko‘rilishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

31-may
▪️ Adliya vaziri Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Hakamlik sudining doimiy palatasi bosh kotibi Xyugo Siblez bilan uchrashdi.

▪️ Niderlandiya Advokatlar assotsiatsiyasi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyati bilan tanishdi.

▪️Toshkent shahridagi tuman adliya bo‘limlari xodimlariga intellektual mulkni huquqiy himoya qilish sohasidagi bilimlarni oshirish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.

1-iyun
▪️ “O‘zbekistonda bola huquqlari: qonunchilik va amaliyot" mavzusida onlayn muloqot tashkil etildi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Andijon viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati, davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, ishni samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Andijon viloyatidagi nodavlat notijorat tashkiloti vakillari bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov fuqarolik jamiyati institutlari, tadbirkorlik va adliya sohasi rahbarlari bilan birgalikda “Identifying What Works” (“Nima samarali ishlashini aniqlash”) yalpi majlisida so‘zga chiqdi.

2-iyun
▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi. Unda vazirlik tomonidan ishlab chiqilib jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirildi, jamoatchilikda tug‘ilayotgan savollarga javob berildi.

▪️Intеllеktual mulk huquqining savdo aspеktlari yuzasidan JST bo‘yicha xorijiy ekspеrt Olga Kazakеvich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

3-iyun
▪️ Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Adliya kitobxonlar chempionati” tanlovining 1-davrasi o‘z nihoyasiga yetdi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.

▪️Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining Intellektual mulk sohasida malakasini oshirish boshlandi.

4-iyun
▪️Samarqanddagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

▪️Toshkent viloyatida intеllеktual mulkni ishonchli himoya qilish bo‘yicha amaliy sеminar bo‘lib o‘tdi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarma tomonidan Chiroqchi tumani “Dodiq” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.

🔹 Shahrisabz shahar adliya bo‘limi ko‘magi bilan 33 nafar kutubxonachiga 64 mln so‘mdan ortiq mablagʻ undirib berildi.

🔹 Qashqadaryoda yigirma yildan beri "o‘g‘il bola" bo‘lib kelgan qizga nihoyat o‘zining haqiqiy ismi yozilgan guvohnoma berildi.

🔹Kitob tumani “Nurafshon” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹Boyovut tuman adliya bo‘limi feldsherning huquqini sudda himoya qildi.

🔹 Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Shodiyona” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy axborot kuni” tadbiri xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning tashvish va muammolarini o‘rganish imkonini berdi.

🔹 Oqoltin tumanida yangi adliya bo‘limi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

🔹Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro murojaati qanoatlantirildi.

🔹 Xovos tumani “Afrosiyob” mahallasidagi sayyor qabulda aholi muammolari o‘rganildi, 22 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida “Huquqiy avtobus” loyihasi o‘tkazildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Shovot, Bog‘ot va Urganch tumanlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Qo‘shko‘pir tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 4 nafar fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan 10 mln so‘m miqdoridagi ma’muriy jarima qarorlari bekor qilindi.

🔹 Bo‘ston tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan tadbirkorning buzilgan huquqlarini tiklandi.

🔹 Baliqchi tumanining “Kattabuloq” mahallasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan “Uztelekom” AJning telefonisti muammosi hal etildi.

🔹 Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan Ikki fuqaroning murojaati qanoatlantirilib, 67 mln soʻmdan ortiq mablagʻ undirib berildi.

🔹 Chust tuman adliya boʻlimi aralashu bilan tadbirkor foydasiga 1 mlrd 250 mln soʻm undirib berildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “salon”dan nosoz chiqqan avtomashina almashtirib berilishi ta’minlandi.

🔹 Pop tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

🔹 Kattaqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi ko‘magi bilan tadbirkor sudda haqligini isbotladi.

🔹 Qorakamarlik Aysahat Uralova adliya aralashuvi bilan 70 yoshli fuqaro hujjatli bo‘ldi.

🔹 Rishton tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning 1 mlrd 560 mln so‘m ish haqlari sud orqali undirib berildi.

🔹 Quva tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tojik” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Quvasoy shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

🔹 Surxondaryoda do‘koni buzilgan tadbirkorlarga adliya aralashuvi bilan 1 milliard so‘mdan ortiq kompensasiya pullari undiriladigan bo‘ldi.

🔹 Termizda “Korzinka” tovar belgisidan noqonuniy foydalanilgan do‘kon aniqlandi.

🔹 Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaroga 7 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar undirib berildi.

🔹 Termiz tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 11 nafar xodimga 22 mln so‘m miqdorida ustama pullari to‘lab berildi.

🔹 Navoiyda o‘tkazilgan respublika ommaviy sayyor qabulida adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning 100ga yaqin huquqiy masalalariga yechim topildi.

🔹 Xatirchida fuqarolarning kadastr bilan bog‘liq masalasiga yechim topildi.

🔹 Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan xalq ta’limi tizimi xodimlariga ustama mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Konimexda bir kunda 12 nafar fuqaroning ish staji tiklab berildi.

🔹 Xatirchi tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan 38 nafar xodimga 93 mln so‘mga yaqin ishdan bo‘shatish nafaqalari to‘lab berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha test boshlandi

❗️ Ro‘yxatdan o‘tganlar yhq.adliya.uz saytida test jarayonlarida ishtirok etishi mumkin.

🗓 Test sinovi soat 13.00 gacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Test savollarining barchasiga eng tez va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarning 10 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga berilgan javoblari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi

🎁 Test sinovi g‘olibi velosiped bilan taqdirlanadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
AKSIYA NATIJASI: Adliya organlari tomonidan 13,7 mlrd so‘m mablag‘lar (ish haqi, ustama va boshqa to‘lovlar) soha xodimlariga undirib berildi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.

Soha bo‘yicha adliya organlariga 7 821 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan, 5 674 tasi (72,5 %) qanoatlantirildi, 1 006 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi hamda 51 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra vakolatli organlarga yuborildi.

Murojaatlarning asosiy qismi Andijon (1 010 ta), Farg‘ona (981 ta) va Buxoro (811 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

Vazirlik tomonidan sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlariga ish haqlari, qonunchilik hujjatlarida belgilangan maxsus ustamalar va kompensasiyalarning to‘lanib borishi holati monitoring o‘tkazish yo‘li bilan ham o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Jahon banki ekspertlari bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari