Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya organlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun trening o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

23-may
▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov Turkiya Respublikasi Oliy kassatsiya sudi Bosh prokurori B. Shaxin bilan uchrashdi.

24-may
▪️ Tulkin Sayfullayevich Abdusattarov Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

25-may
▪️ Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvining navbatdagi soni jonli efirga uzatiladi. Mavzu: Xotin-qizlarning qonunchilikdagi huquqlari, imtiyozlar va muammolar yechimi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

26-may
▪️ Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Uning davomida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Adliya vazirligi faoliyatiga oid hamda boshqa masalalar bo‘yicha ko‘tarilgan savol va murojaatlarga javob berildi.

▪️ “Huquqiy savodxonlik” onlayn tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

27-may
▪️ “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi doirasida audio podkast tashkil etildi.

28-may
▪️ Adliya organlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun trening o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Angor tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaroning qilgan mehnati uchun to‘lanmagan ish haqi sud tartibida undirib berildi.

🔹 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan viloyatda "ANGLESEY FOOD" MCHJga tegishli bo‘lgan "KORZINKA" xizmat ko‘rsatish belgisidan noqonuniy foydalanilayotganlik holatiga chek qo‘yilib, tadbirkorning intellektual mulk huquqi ta’minlandi.

🔹 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan fuqaroga 100 mln so‘m undirib berildi.

🔹 Tuproqqal’a tumanida yangi tashkil qilingan “O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining Tuproqqal’a tuman kengashi” jamoat birlashmasi o‘z faoliyatini boshladi.

🔹 Xiva shahridagi xalq mehrini qozongan umumiy ovqatlanish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektining “Sofra” nomli yangi xizmat ko‘rsatish belgisi (brendi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xonqa tumani Madir qishlog‘i va Hazorasp tumani Bog‘dor mahallasida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil qilindi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaroning foydasiga Urganch shahar hokimligidan 112 mln so‘m yetkazilgan zarar undirib berildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 171 mln so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi.

🔹 Yangiqo‘rg‘on tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 190 mln so‘mdan ortiq qo‘shimcha ustamalar to‘lanmay kelinayotganligi aniqlandi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaroga ishdan bo‘shatish nafaqasi hamda 6 oylik ish haqi undirib berildi.

🔹Yangiqo‘rg‘on tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 355 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar to‘lanmay kelinayotganligi aniqlandi.

🔹 Namanganda huquqiy savodxonlik oyligi doirasida «Huquq taksi» xizmati ko‘rsatildi.

🔹 To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning chekka hududlaridan biri bo‘lgan “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Olmaliq shahar adliya bo‘limi yordami bilan 4 nafar fuqarolar foydasiga moddiy va ma’naviy zarar undirildi.

🔹 Uchquduq tumanida adliya bo‘limi tomonidan tadbirkorga 119 mln so‘mdan ortiq kompensatsiya undirib berildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Nuroniylar ardog‘imizda” loyihasi tashkil etildi.

🔹 Qiziltepa tumani hamda Zarafshon shahar adliya bo‘limlarining ta’sir choralari natijasida xalq ta’limi tizimi mas’ullariga mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan 20 mln so‘mga yaqin pul mablag’lari undirib berilidi.

🔹 G'ozg'onda xotin-qizlar uchun seminar tashkil etildi.

🔹 Qo‘rg‘ontepa tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Bo‘ston tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga to‘lanmagan qo‘shimcha ish haqlari undirib berildi.

🔹 Sayyor sud majlisida Paxtaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan barcha arizalar qanoatlantirildi.

🔹 Sirdaryo tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan qo‘shimcha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarning ish haqi to‘lab berilishi ta’minlandi.

🔹 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgach, MChJ manfaatlari himoya qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar faollashuvi va ma’lum voqeaga shaxsiy munosabat bildirish ochiqlik, oshkoralikning yorqin misoli. Ammo bir holatni to‘liq o‘rganmagan holda talqin qilish jamoatchilikka noto‘g‘ri ma’lumot yetkazishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar uchun xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish joyi peshtoqida yozilgan “Samsa” xizmat ko‘rsatish belgisi yuzasidan tarqalgan xabarlarga asosan Adliya vazirligi rasmiy munosabat bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan iste’molchilarning asosiy huquqlari tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish hisoblanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish insofsiz raqobat hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Samsung kompaniyasi 43-sinf ya’ni umumiy ovqatlanish faoliyatini yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida Samsung jamlanma tovar belgisiga muhofaza hujjatini olmagan.

Yuqoridagilarga muvofiq ushbu holatda iste’molchilarning huquqlari buzilishi va insofsiz raqobat kirishishga oid huquqbuzarlik mavjud.

Shunday ekan axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq kanallaridan axborotni to‘g‘ri talqin qilish va uni jamoatchilikka xolis yetkazishni so‘rab qolamiz.

@adliyangiliklari
#Davalt_xizmatlari

Biometrik pasportni ID kartaga almashtirishga Yagona portal orqali ariza topshirish tartibini bilasizmi?

Yagona portal my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza topshirib, vaqtingiz hamda mablagʻlaringizni tejashingiz mumkin.

▪️Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga oʻting: my.gov.uz

▪️Mutaxassis Sizga oson va mustaqil ravishda YIDXP orqali xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹 VIDEOQOʻLLANMA

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida ochiq e'lon qilinishi kerak bo‘lgan ma'lumotlar ro‘yxatini bilasizmi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

“Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun

⚡️Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Tadbirkorlik kodeksi loyihasi bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
▫️ Kodeks loyihasi bilan yaxlit 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlashtirilib tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan boshlab uni tugatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan;
▫️barcha talablarni o‘z ichiga olgan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar reyestri hamda tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlarning yagona reyestrini shakllantirish va oshkor etish nazarda tutilmoqda.

👉Batafsil
___________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_muloqot

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan onlayn muloqot o‘tkaziladi

Ertaga, 1-iyun kuni soat 16:00 da “O‘zbekistonda bola huquqlari: qonunchilik va amaliyot" mavzusida “Online” muloqot bo‘lib o‘tadi.

Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Onlayn muloqotda Adliya va Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning savollariga javob beradi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari