Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.4K videos
32 files
5.2K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkor manfaatini ko‘zlab Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritildi.

Sud tomonidan da'vo ariza qanoatlantirilib, javobgar Uychi tuman hokimligidan “Xaloskor” xususiy korxonasi foydasiga 171 758 388 so‘m kompensatsiya undirish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qo‘chqor Norqobil AQShning xalqaro "Jenima" mukofotiga sazovor bo‘ldi

AQShning "Jenima" xalqaro mukofotiga bu yil hay'at a'zolari roziligi bilan Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib Adliya vazirligi huquqiy nashri “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri, adib Qo‘chqor Norqobil munosib topildi. Ushbu nufuzli mukofot ko‘p e'tiroflarga musharraf bo‘lgan asar uchun har yili jahonning yangi ko‘zga ko‘ringan adiblariga topshiriladi.

Ushbu nufuzli mukofot insoniyatning bugungi tarixida o‘chmas iz qoldiradigan va uning unutilmas bo‘lagiga aylanadigan, ko‘zga ko‘ringan biror-bir adabiy ish yoxud ko‘p e'tiroflarga musharraf bo‘lgan asar uchun har yili jahonning yangidan-yangi adiblariga topshiriladi.

“Jenima” — homiylik mablag‘laridan kelib chiqqan holda ma'lum bir summani o‘z ichiga olgan pul mukofoti. U har yili laureatning o‘z Vatanida may oyida taqdim qilinadi.

Mukofot adibning xorijiy davlatlar nashriyotlarida bosilgan kitoblari, bosma va elektron nashrlarda muntazam chop etilayotgan qissa hamda hikoyalaridagi tinchlikni ulug‘lash, bashar taqdiri uchun qayg‘urish, umuminsoniy mehr-muhabbat g‘oyalariga o‘z xalqining buyuk qadriyatlari va xarakterini yoritganligi uchun berilgan.

Adliya vazirligi jamoasi Qo‘chqor Norqobilni ushbu e'tirof bilan muborakbod etib, kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

@adliyangiliklari
#Statistika

☎️O'tgan hafta davomida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarning eng ko'p qismi qaysi yo'nalishlarda kuzatildi?

@adliyangiliklari
#Tayinlov

⚡️Adliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Tulkin Sayfullayevich Abdusattarov Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

T. Abdusattarov 1978-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1999-yilda Samarqand davlat universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan. 2019-yil sentabr oyidan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Tulkin Sayfullayevichga ushbu mas'uliyatli lavozimida muvaffaqiyat tilaydi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faktologiya

Konstitutsiyaviy islohotlar haqida jahon tajribasidan 5 ta fakt

Yer yuzida hech bir qoida qotib qolgan dogma emas. Inchunun, muayyan mamlakatlarning Bosh qonuni, ya'ni Konstitutsiyasi – asrlar osha ham, bugun ham mudom o‘zgarishlarga yuz tutib turgan va bu hayotiy ehtiyoj hisoblanadi.

Batafsil 👉 rolikda

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni bugun, 25-may kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Mavzu: Xotin-qizlarning qonunchilikdagi huquqlari, imtiyozlar va muammolar yechimi

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

☎️ "YURIDIK KLINIKA" telefon raqami 71-233-75-74.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Xorazm viloyati Xiva shahridagi xalq mehrini qozongan umumiy ovqatlanish yo’nalishi bo’yicha faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektining “Sofra” nomli yangi xizmat ko’rsatish belgisi (brendi) davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

Fuqarolarni sifatli oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlashda hamda kelgusidagi tadbirkorlik faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

@adliyangiliklari
Adliya vazirining bitiruvchilarga tilaklari

Yoshlarga tilagimiz qanday sinovlar bo‘lmasin, qanday natija bo‘lmasin olg‘a intilishga o‘rganishsin. Ba'zan inson xato qiladi, ba'zan esa yutuqqa erishadi. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rganasiz. Yutuqlar esa yana yangi tashabbuslarga chorlaydi.

Daqiqalar, soniyalardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganing. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga odatlaning. Bir kunlik ish rejalaringiz orasida kitob o‘qish albatta o‘rin olsin. Bilimlarni mustahkamlashda kitobdan ham kuchli vosita yo‘qligi bu isbot talab qilmaydigan aksioma. Chunki kitob o‘qish orqaligina g‘oyalaringizni shakllantirasiz. O‘ylaymanki, hozirgi yoshlarda o‘z imkonlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar yetarli.

Davlat va jamiyat tomonidan motivatsiya kuchli. Ulardan talab qilinadigani — shijoat va tashabbuskorlik.

Hammamizning boshimizdan o‘tgan. Yoshlikda oddiy narsalarga ham siqilaverardik. Hozir o‘sha voqealarni tahlil qilsak bular arzimas holatlar ekanligini ko‘rib, yuzimizga tabassum yuguradi. Yoshlik shunchalik tez o‘tib ketadgan fursatki, uni siqilish, kimningdir gapidan ta'sirlanib xafa bo‘lishga arzimaydi. Unda hammamiz chiroyli iz qoldirib yashashimiz kerak. Aytmoqchimanki, hayotdan lazzatlanib yashanglar!

Mustaqil hayot ostonasida turgan bugungi bitiruvchi yoshlarga kelajakka ishonch bilan qadam tashlashlarini, o‘z bilimi va salohiyati bilan davlatimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini tilaymiz!

Adliya vaziri
Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
Xudoyor Meliyev: Islohotlar natijadorligini baholash mexanizmi yaratiladi

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi – mamlakatimizning kelajagi bilan bevosita bog‘liq eng muhim hujjat.

Strategiyada belgilangan vazifalar qanday bajarilmoqda? Ya'ni, islohotlar qanday davom etmoqda? Bu boradagi natijalar qanday aniqlanadi?

Adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyev shu haqda so‘zlab berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi: sud-ekspertlarining reytingi o‘rnatilmoqda, xususiy sud ekspertlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihada quyidagilar tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda:
▫️Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom.

Nizomga:
davlat sud-ekspertiza muassasasi va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish tartibi va baholash mezonlarini belgilash;
sud eksperti faoliyatini “a'lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz” o‘lchovlari asosida baholab borish;
reyting natijalarida ekspertlarni rag‘batlantirib borish va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan sud ekspertlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish;
sud ekspertlik sohasidagi innovasiya texnologiyalarni keng ommalashtirish, sud ekspertiza faoliyatida sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratishga qaratilgan qoidalar kiritilgan.

▫️Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy sud eksperti faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Nizomda:
yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy sud-ekspertlik faoliyatini tashkil etish;
xususiy sud ekspertining huquqiy maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlarni hamda javobgarligini belgilash;
xususiy sud eksperti tomonidan o‘tkaziladigan ekspertiza turlarini belgilash;
xususiy sud ekspertlariga qo‘yiladigan talablar va boshqa masalalar aks ettirilgan.

Shuningdek, loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

❗️Qonun loyihasi bilan https://regulation.gov.uz/oz/d/61649 havolasi orqali tanishishingiz mumkin. Muhokamada faol ishtirok eting!

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin

Davlat xizmatlari markazlari bank shoxobchalarida navbatlarning oldini olish maqsadida zamonaviy ekeltron to‘lov usullari joriy etilgan.

❗️Xizmatdan foydalanuvchilar operatordan uzoqlashmasdan maxsus ilovalar orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu respublikamizdagi asosiy elektron to‘lov tizimlari, masalan, PayMe, Click, Apelsin, shuningdek mobil bank ilovalari orqali bajariladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing

Huquqiy munosabatlar yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan savollarga javoblar.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Vijdon saratoni" filmi — premyera, bugun!

Balki u bizning hamkasbimiz, do‘stimiz, og‘a-inimizdir. Balki ular bilan har kun uchrasharmiz. Biz ularning harakatlari haqida bilamiz, lekin jimmiz...

Bu sukunat — xalqqa xiyonat, bu — millat kelajagiga xiyonat!

Bugun biz sobiq davlat xizmatchisining erkin, ozod hayotidan panjara ortidagi qora taqdirigacha hikoya qilamiz.

... Men bu ishga birinchi marta qo‘l urdim, keyin yana, yana, yana va yana... Kursi hozir meniki, u orqali imkon qadar tezroq va ko‘proq mo‘may daromad topishim kerak, deb o‘ylardim...

Kinematografiya agentligi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligi va tegishli tashkilotlar ko‘magidagi "VIJDON SARATONI" hujjatli filmi Agentlikning YouTubedagi sahifasi orqali ko'rishingiz mumkin.

📌Film haqida

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing

Mavzu: Huquqiy munosabatlar yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan savollarga javoblar

📹 Video | 🎙 Audio | 🗒 Tekst

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Huquqiy savodxonlik” onlayn tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari