Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Angor tumanida davlat xizmatlari markazi uchun qurilgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📩 Бугун вазирлик, идора ва ташкилотларга мурожаат қилиш ёки бирор муаммо ҳақида хабар бериш учун унинг жойлашган манзилига бориш, қабулга ёзилиш шарт эмас! Бунинг учун вазирлик ва идораларда ишонч телефонлари ва алоқа ботлари ташкил қилинган.

☑️Расмий хабарлар канали томонидан обуначиларнинг мурожаатларидан келиб чиқиб, барча вазирлик ва идораларнинг мавжуд ишонч телефони ва алоқа ботлари ҳақидаги маълумотлар тўпланди.

‼️Қуйида рўйхат билан танишиб, мурожаатингизни йўллашингиз мумкин!
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Sherobod va Bandixon tumanlaridagi adliya idoralari bilan tanishdi

Adliya vaziri kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida adliya idoralaridagi aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.

Shuningdek, vazir yangi tashkil etilgan viloyat markazidan 100 km olis hududda joylashgan Bandixon tumaniga bordi.

Mazkur hududda ham adliya idoralari faoliyati, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishdagi sharoitlar va xizmat ko‘rsatishdagi aholi qamrovi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonining yetarliligi va salohiyati bilan yaqindan o‘rgandi.

Yuqoridagi o‘rganishlar davomida davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi uchun binoni kengaytirish va aholiga qulay sharoit yaratish masalalariga e'tibor qaratildi. Kamchiliklarni bartaraf etish va sohani takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar yuzasidan vazir xodimlar bilan fikr almashdi, yechimlari bo‘yicha tavsiyalar, topshiriqlar berdi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

17-may
▪️ Adliya vazirligi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda tayyorlangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

▪️ Gender masalalari bo‘yicha trenerlarni tayyorlovchi o‘quv seminarlariga start berildi.

▪️ Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas'uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

18-may
▪️ Adliya vaziri ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi.

19-may
▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati, davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, ishni samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri o'rinbosari ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi.

20-may
▪️ Davlat xizmatlari markazlariga keluvchilarning 90 foizi rozi – so‘rovnoma natijasi.

▪️ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonunchilikdagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

21-may
▪️ Adliya vaziri xizmat safari davomida Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Ichki ishlar va adliya organlari xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil etiladi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Angor tumanida davlat xizmatlari markazi uchun qurilgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

▪️ Adliya vaziri Sherobod va Bandixon tumanlaridagi adliya idoralari bilan tanishdi.
____________

#Adliya_munosabati

▫️Haydovchilik guvohnoma almashtirish muddati uzaytirilishi DXMlarga haydovchilar oqimini 10 barobardan ko‘proq kamaytirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Shayxontohur tuman adliya bo'limi da’vosi bilan fuqaro uy-joyli bo‘ldi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi tomonidan “Shukur Burxonov”, “Alisher Navoiy” hamda “Katta Qorasuv” mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv va sayyor qabullar o‘tkazildi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi ko‘magida 16 yilga kechikkan "tug‘ilish" rasmiyalshtirib berildi.

🔹 Qashqadaryoda o‘qituvchilarga 1 mlrd 432 mln so‘m ustama va rag‘batlantirish pullari to‘lab berilmagani aniqlandi.

🔹 Yangihayot tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan shifokorning huquqlari tiklandi.

🔹 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi ko‘magida fuqaro o‘z ish joyiga qayta tiklandi.

🔹 Sirdaryo tumanida joylashgan “Oq yoʻl” mahallada sayyor qabul tashkil etildi va sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

🔹 Boyovut tuman adliya bo'limi feldsherning huquqini sudda himoya qildi.

🔹 Guliston tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan “Sharq haqiqati” mahallasida sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

🔹 Boyovutda o'tkazilgan "Huquqiy axborot kuni"da aholiga sayyor tarzda 172 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🔹 Urganchlik Gulchehra Serimbetova 17 yil deganda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Sobirov Ruslan ishtirokidagi brifing.

🔹 Xiva shahar adliya bo'limi, DXM xodimlari tomonidan Xorazm viloyati hokimining Xiva shahrida o'tkazilgan navbatdgi sayyor qabuli doirasida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi.

🔹 Baliqchi tumanida 59 nafar mahalla raisi o‘rinbosariga 70 million so‘mdan ortiq ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmagan. Adliya bo‘limi holatni o‘rgandi.

🔹 Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan o’qituvchining buzilgan huquqi tiklandi.

🔹 Uchqo’rg’onlik ayollarga huquqiy maslahat va ko’mak berildi.

🔹 Namangan shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan "Xonadonbay" tamoyili asosida aholiga sayyor xizmat koʻrsatildi.

🔹 Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro huquqlari tiklanishi ta'minlandi.

🔹 Samarqand viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Adliya aralashuvi bilan oqdaryolik 12 yoshli Anoraning 12 yillik armonlari ushaldi.

🔹 Olmaliq shahar adliya bo‘limi yordami bilan 4 nafar fuqarolar foydasiga moddiy va ma'naviy zarar undirildi.

🔹 Furqat tumanida xorijiy korxona ro'yxatdan o'tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatishdagi eng soʻnggi yangiliklar, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan @davxizmat telegram kanali orqali tanishing.

Bunda foydalanuvchilar yangiliklar bilan tanishish barobarida davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlib borishi mumkin.

Telegram: @davxizmat
Instagram: instagram.com/davxizmat.uz
Youtube: bit.ly/3sQyv05
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov Turkiya Respublikasi Oliy kassatsiya sudi Bosh prokurori B. Shaxin bilan uchrashdi

Joriy yilning 23-may kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Turkiya Respublikasi Oliy kassatsiya sudi Bosh prokurori Bekir Shaxin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida tomonlar bir birlarini samimiy qutlab, ikki qardosh davlat o‘rtasida turli yo‘nalishlarda yaqin hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, rivojlanib borayotganligini mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tdilar.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❗️Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

2022/2023-o‘quv yili uchun texnikumlarga abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish 2022-yil 1-avgustdan 20-avgustga qadar (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (texnikum.dtm.uz) orqali amalga oshiriladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️ DIQQAT, EʼLON!

Ichki ishlar elektron tizimida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan, ayrim davlat xizmatlaridan (ID-karta rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, avtotransport vositlari bilan bog'liq notarial harakatlar va boshqalar) foydalanishda vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

@adliyangiliklari