Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.4K subscribers
14K photos
1.51K videos
33 files
5.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qurilish ishlari ketayotgan davlat xizmatlari markazlari bilan tanishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Beruniy tumani "Abay" OFYda tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari

2022-yilning birinchi choragida eng ko'p foydalanilgan davlat xizmatlari top 5 taligi

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya sohasida amalga oshirilgan ishlar, raqamlar, o‘zgarishlar

📹 AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 videoda.

@adliyangiliklari
#Adliya_sayli

📢📢 Ertaga, 7-may kuni soat 10:00 da Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan EKOBOZOR hududida "Adliya sayli" bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Toshkent shahar adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limlari, FHDY bo‘limi, "Adolat" axborot markazi, “Madad” NNT, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa mutasaddilar tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish choralarni ko‘rish maqsadida sayyor qabullar tashkil etiladi.

Sayl dasturidan xushovoz xonandalar ijrosidagi konsert, badiiy chiqishlar, sahnalashtirilgan teatr tomoshalari, mehnat yarmarkalari va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdolari o‘rin olgan.

🎁 Saylda “Huquqiy viktorina” o‘tkazilib, viktorina g‘oliblarga esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

Tadbirda ishtirok etish istagi bor barcha yurtdoshlarimizni taklif etamiz!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sayli

Boʼston tumanidagi "Quyoshcha" bolalar oromgohida Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadrini ulugʼlash — eng oliy saodat” shiori ostida “Аdliya sayli” oʼtkazildi.

Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, aholini oʼz faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Sayil davomida 100 nafardan ortiq fuqarolarga huquqiy xizmat koʼrsatilib, tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_sayli

"Adliya sayli" — huquqiy bayram

Guliston shahrida o‘tkazilgan "Adliya sayli" jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sayli

Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Yangiariq tumanida "Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!" shiori ostida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan "Adliya sayli" o‘tkazildi. Tadbir sog‘lom turmush tarzi uchun 5000 qadam "Huquqiy marsh" bilan boshlandi.

Fuqarolar uchun adliya organlari xodimlari, notariuslar, advokatlar, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDY va davlat xizmatlari markazlari tomonidan bepul huquqiy maslahatlar berildi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi hamda bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sayli

Chirchiq shahrida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadrini ulug‘lash — eng oliy saodat” shiori ostida "Adliya sayli" tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Oxirgi benefitsiarlar masalasini tartibga solmaslik O‘zbekistonning turli “kulrang”, “qora” ro‘yxatlarga tushishiga olib kelishi va xalqaro bozorlarga chiqishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Oxirgi benefitsiar mulkdorlar yagona davlat reyestri to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Unda “oxirgi benefitsiar mulkdor” tushunchasining aniq mezonlari, oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim qilmaydigan tashkilot va korxonalar belgilanmoqda.

Ayrim tadbirkorlik subyektlariga (asosan offshor zonalar va chet ellik elementi mavjud tadbirkorlik subyektlari) o‘zlarining oxirgi benefitsiar mulkdorlarini oshkor qilish majburiyati yuklanmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari