Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Chorak sarhisobi: erishilgan yutuqlar va kamchiliklar

Bugun, 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2022-yilning birinchi choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_podkast

⚡️"Yer munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalalari" mavzusida ovozli chat boshlandi.

🎙Suhbat spikerlari:

Nodir Oltinjonovich Tillyayev — O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i;

Matluba Rustamovna Mirzaabdullayeva — Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti.

📹 Onlayn traslyatsiya

Ovozli chatga ulanish va savol yo'llash 👉@huquqiy_gap

@adliyangiliklari
#Tanlov

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta'lim olish uchun 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovini e'lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan:
🔹 kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sun'iy intellekt sohalari;
🔹atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovatsion yo‘nalishlari;
🔹 sog‘liqni saqlash, farmasevtika, telemedisina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya sohalari;
🔹 elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;
🔹 mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yo‘nalishlari;
🔹tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlari va boshqa mutaxassisliklar uchun 306 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e'lon qiladi!

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan vazirlik markaziy apparati tarkibida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirining buyrug‘i bilan

▫️Anvar Islomovich Raxmatov Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️Otabek Shavkatjonovich Bozarov Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️ Nodir Xudayberdiyevich Jumanyozov Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️ Adxam Muratovich Turdiyev Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️ Abdumutalib Karimovich Dadajonov Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_timbilding

Adliya organlari xodimlari xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shdi

Ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati — hashar muhim o‘rin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xayrli ishga adliya organlari xodimlari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Vazirlik tizimidagi barcha muassasalar, idoralar atrofi tozalanib obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirildi.

Hashar nafaqat obodonlashtirish, balki jamoa bilan vaqtni unumli o‘tkazish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik hamdir.

@adliyangiliklari