Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yanada oshirish, aholiga huquqiy axborotlarni, shu jumladan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholiga yetkazish maqsadida Termizda “Adliya sayli” tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
"Xalq so'zi" gazetasining 88-sonida (2022-yil 28-aprel) “O‘zbekistonda ilm-fan rivoji. U nimalarga bog‘lik?” nomli tahliliy maqola chop etildi.

Ushbu maqola Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Abdulaziz Rasulev tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetining Intellektual mulk huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Shohjahon Xo‘jayev bilan hammulliflikda yozilgan.

@adliyangiliklari
Ҳалқ сўзи 28 апрель_88-сон.pdf
1.1 MB
"Xalq so'zi" gazetasining 88-sonida (2022-yil 28-aprel) “O‘zbekistonda ilm-fan rivoji. U nimalarga bog‘lik?” nomli tahliliy maqola chop etildi.

Ushbu maqola Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Abdulaziz Rasulev tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetining Intellektual mulk huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Shohjahon Xo‘jayev bilan hammulliflikda yozilgan.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (3-sahifa).
_________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirining jamiyatda huquqiy madaniyatning holati bo‘yicha axboroti eshitildi

👉Batafsil

Foto: Hasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Ruslanbek Davletov, adliya vaziri:

Biz, huquqshunoslar milliy g‘oya sifatida, aholini qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Chunki qonun odamlarning ahloqiy, siyosiy qarashlaridan qat'iy nazar yagona talablarni belgilaydi, barcha uchun majburiy me'yorlarni o‘rnatadi.

Qonun ustuvorligi esa shunday me'yorki, fikrlar xilma-xil bo‘lsa ham munosabat, yondashuv bir xil bo‘ladi, shu bilan birga qonun ustuvorligi turli xil fikrlarni ham hurmat qiladi, muammolar bir yoqlamalik bilan emas huquqiy vositalar bilan hal etiladi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📹 Fuqarolar yig‘ini raisi saylovining prezidentlik yoki deputatlik saylovlaridan qanday farqi bor?

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️"Yer munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

Tillyayev Nodir Oltinjonovich — O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i;

Mirzaabdullayeva Matluba Rustamovna — Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti.

Ovozli chat 29-aprel kuni soat 18:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📹Suhbat TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazining facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_xabari

Ijodkorlarning huquqlarini buzuvchi ko‘ngilochar veb-saytlar faoliyatini cheklash taklif etilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev xizmat safari bilan Xorazm viloyatida bo’ldi.

Xizmat safari davomida adliya vaziri o’rinbosari viloyatning Qo’shko’pir tumani markazidan 27 km uzoqlikda joylashgan G‘azovot qishlog‘ida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o’tkazdi. Unda 150 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Ularga sayyor davlat xizmatlari, bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi va huquqiy maslahatlar ham tashkil qilindi.

Safar davomida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul xodimlarining Ijro.gov.uz elektron tizimidan foydalanish holatlarini o’rganish, vujudga kelayotgan muammolar va kamchiliklari bartaraf etish, ularga amaliy yordamlar ko’rsatish maqsadida viloyat hokimligida seminar tashkil etildi.

Shuningdek, A.Muxammadiyev Urganch shaharida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi hamda yuridik texnikumdagi ta’lim jarayonlari va mavjud moddiy-texnika bazasi bilan yaqindan tanishdi.

@adliyangiliklari