Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.4K videos
32 files
5.22K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_loyiha

Amaldagi qonunlar "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiqlashtirilmoqda

Joriy yilning 26-aprelida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasini deputatlar e'tiboriga adliya vaziri Ruslanbek Davletov taqdim etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📹 Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi qanday tashkil etiladi?

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining qonunchilikdagi, huquqlari, imtiyozlar va muammolar yechimi

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Onlayn_xizmatlar

Nafaqa tayinlash uchun ariza berish tartibini bilasizmi?

👉VIDEOQOʻLLANMA

❗️Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

⚡️Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali 140,0 ball etib belgilandi

2022/2023-o‘quv yilida talabalar o‘qishini xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga ko‘ra Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘tish bali 140,0 ball etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2022/2023-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta'lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlangan edi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 27-aprel kuni adliya vaziri o’rinbosari Alisher Karimovning Shvetsiya Qirolligining O’zbekiston bo’yicha Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) Tomas Danestad bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik ta'lim sohasiga mas'ullari yuridik texnikumning bitiruvchi kurs o‘quvchilari bilan muloqot qilishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2022-yil 28-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori

Tadbirda Adliya vazirligi va mas'ul vazirlik va idoralar xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

❗️OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz.

👉 Savol va murojaatlaringizni @markaz16.uz ga yuboring.

Anjuman "UzReport TV" va "O‘zbekiston 24" telekanallari hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.

@adliyangiliklari