Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ruslanbek Davletov Qarshi tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan sohaga oid masalalarni muhokama qildi

Ma'lumki, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, mahsulotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida olib borilgan izchil islohotlar natijasida agrar sohada faoliyat yuritishning yangi tizimi — klaster usuli joriy etildi.

Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan shu sohada respublikamizning olis va chekka hududlarida aholi va tadbirkorlik subyektlari, xususan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Qarshi tumanida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda adliya vaziri R. Davletov fermer xo‘jaliklari rahbarlarining mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida klaster usulini joriy etish sohasida olib borilayotgan islohotlar haqidagi fikr-mulohazalari, muammolari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan paxta-to‘qimachilik hamda boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan keng ko‘lamli islohatlar o‘z samarasini berayotganligi, shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonida fermer xo‘jaliklari va klasterlar o‘rtasidagi munosabatlarda muammolar ham mavjudligini bildirishdi.

Muloqot yakunida fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, muammolar va takliflar inobatga olinib, kelgusida ularning huquqiy yechimini topish choralari ko‘rilishi belgilab olindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📹 Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15-martidan 15-mayiga qadar “Sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

21-aprel kuni Toshkentda ushbu aksiyasi doirasida ta‘lim sohasi xodimlari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbus

Adliya vazirligiI: oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish tizimi takomillashtiriladi

Adliya vazirligi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish va kam ta'minlangan aholini bepul iste'mol mahsulotlari bilan ta'minlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi nikohni qayd qilishda 1 oylik muddatni bekor qilish taklifini berdi

Oila kodeksida nikohlanuvchi shaxslar FHDYOga ariza berganidan vaqtdan boshlab 1 oy o‘tgach nikohi qayd qilinishi belgilangan. Bu vaqtda nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Alohida hollarda, ya'ni homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi, xizmat safari kabi uzrli sabablar bo‘lganda 1 oylik muddat qisqartirilgan holda nikohni qayd qilishga ruxsat berilgan.

Amaliyotda nikohni qayd qilishning 1 oylik muddatini qisqartirish uchun ayrim fuqarolar FHDYO organlariga soxta tibbiy ma'lumotnomalar taqdim etish, FHDYO va sog‘liqni saqlash organlarida ortiqcha qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘yish kabi salbiy holatlar mavjud edi.

Ushbu muammolarni bartaraf etish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur loyihada Oila kodeksining 13, 17 va 212-moddalariga o‘zgartishlar kiritish hamda nikohni qayd etishning bir oylik muddati va uni qisqartirish uchun asos bo‘luvchi holatlarni bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasi qabul qilinsa, nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng 1 oylik muddatni kutmasdan nikohini rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Tahlillarga ko‘ra nikohni qayd qilish uchun 2021-yilda 300 mingdan ortiq, 2022-yilning 1-choragida 45 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan bo‘lib, ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir oylik muddatda arizalarni qaytarib olish yuzasidan murojaatlar kelib tushmagan.

Qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning ovoragarchiligiga chek qo‘yadi, FHDYO va sog‘liqni saqlash organlarida qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etadi, otalik belgilash kabi ortiqcha qiyinchiliklarni oldini oladi.

❗️Qonun loyihasi bilan https://regulation.gov.uz/oz/d/60291 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 80-sonida (2022-yil 22-aprel) "Davlat xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy shakli. U qachon va qay tarzda namoyon bo‘lishi kerak?" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliev bilan intervyu chop etildi.

Unda Prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan maqsadlar va ularning ahamiyati haqida adliya vaziri o‘rinbosari sharh bergan.

@adliyangiliklari
Янги Ўзбекистон №80.pdf
4.2 MB
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 80-sonida (2022-yil 22-aprel) "Davlat xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy shakli. U qachon va qay tarzda namoyon bo‘lishi kerak?" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliev bilan intervyu chop etildi.

Intervyu bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-3-sahifalar).

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish haqida so‘z bordi.

Shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanish sohasida 2022-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartiblar joriy etiladi:

davlat organlari tomonidan shaxsga doir ma'lumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali so‘rab olinganda shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektining YaIDXPdagi shaxsiy kabineti yoki Mobil-ID tizimi orqali identifikasiyadan o‘tgan mobil telefon raqamiga bu haqida xabarnoma yuboriladi;

xo‘jalik birlashmalari, davlat tashkilotlari va muassasalari, “Elektron hukumat” tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishda shaxsga doir ma'lumotlar uning sub'ekti roziligi bilan “Elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_infografika

📉Fuqarolarga va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida bir qator yengiliklar va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi «Huquq yo‘nalishidagi eng faol nashriyot» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

18-aprel
▪️ Byudjetdan pul olmay xalqqa qulaylik yaratish mumkin. Yunusobodda boshqalarga o‘xshamagan yangi DXM ochildi.

19-aprel
▪️ AOKAda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish borasida amalga oshirlgan ishlar va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

▪️ Senatda “Mahalliy vakillik organlarining norma ijodkorligi faoliyatida qonuniylikni ta'minlash hamda 2022-yilda o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni natijalari” mavzusida vebinar o‘tkazildi.

20-aprel
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Finlyandiyaning Favqulodda va muxtor elchisi I. Ryaysyanen bilan uchrashdi.

21-aprel
▪️ Beshariq tumanida yangidan barpo etilgan zamonaviy ko‘rinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi.

▪️ Furqat tumanida ham zamonaviy ko‘rinishga ega davlat xizmatlari markazi ish boshladi.

▪️Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiev tomonidan Urgut tumaning “Kenagas” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan ta’lim sohasi xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bo‘lajak yosh yuristlar bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri Qarshi tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan sohaga oid masalalarni muhokama qildi.

22-aprel
▪️ Adliya vazirligi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish va kam ta'minlangan aholini bepul iste'mol mahsulotlari bilan ta'minlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi nikohni qayd qilishda 1 oylik muddatni bekor qilish taklifini berdi.

▪️ AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish haqida so‘z bordi.

23-aprel
▪️ Adliya vazirligi qoshidagi «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi «Huquq yo‘nalishidagi eng faol nashriyot» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Jomboy tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan maktabgacha ta'lim xodimlariga 200 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Bulung‘ur tuman adliya bo‘limining sa'y-harakatlari bilan 53 nafar xodimlarga jami 112 mln so‘m o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilishi ta'minlandi.

🔹 Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan ta'lim tizimi xodimlariga 51 mln so‘mdan ortiq oylik ish haqlari va nafaqalar to‘lab berilishi ta'minlandi.

🔹 Baliqchi tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan "Toza hudud" DUK tuman filialining 21 nafar xodimlariga to'lab berilmagan ish haqilari sud buyrug'iga asosan undirilishi ta'minlandi.

🔹 Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan tibbiyot xodimlarining buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Qoʻqon shahar adliya boʻlimi tomonidan “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 30 nafar oʻqituvchilarning buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi yordami bilan o‘qituvchilar ustama pullarini olishdi.

🔹 Chust tuman adliya bo‘limi tomonidan aksiya doirasida murojaatlar hal etildi.

🔹 Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan bir guruh tibbiyot xodimlarining qonuniy manfaati himoya qilindi.

🔹 Namanganda shifokorlar va o‘qituvchilar manfaati yuzasidan sudga 479 millionlik da'vo kiritildi.

🔹 Kosonsoyda 54 nafar xodimga 111 million so‘m ish haqi kam to‘langani aniqlandi.

🔹 Huquqiy aksiya doirasida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi ko‘magi bilan 18 nafar xodimga 88 mln so‘m ustama pullari to‘lab berildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Nuroniylar ardog‘imizda” loyihasi tashkil etildi.

🔹 Uchquduq tumanida adliya bo‘limi tomonidan tadbirkorga 119 mlndan ortiq kompensatsiya undirib berildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Saylov qonunchiligi targ‘iboti dolzarb 30 kun” aksiyasi doirasida 100 dan ortiq xonadonlarga uyma-uy kirgan holda saylov qonunchiligi tushuntirildi.

🔹 Qiziltepa tumani hamda Zarafshon shahar adliya bo‘limlarining ta’sir choralari natijasida xalq ta’limi tizimi mas’ullariga mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan 20 mlnga yaqin pul mablag’lari undirib berilidi.

🔹 G'ozg'onda xotin-qizlar uchun seminar tashkil etildi.

🔹 Boyovut tuman adliya bo'limi tomonidan “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o'tkazildi.

🔹 Yangiyer shahar adliya bo‘limi ko‘magi bilan 17 yillik muammo yechim topdi.

🔹 Kadrlar bo‘yicha menejerga ish haqi kam to‘langan, holatga Boyovut tumani adliya bo'limi aralashdi.

🔹 Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida Chilonzor tumani “Beshqo'rg'on” mahallasida fuqarolarning huquqiy muammolarini hal qilish yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv hamda seminar o‘tkazildi.

@adliyangiliklari