Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan, "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, sudyalar va yuridik universitet professor o‘qituvchilaridan iborat Respublika targ‘ibot guruhi tomonidan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Ananaviy va videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazilgan mazkur tadbirda respublikaning barcha hududlarda joylashgan reabilitatsiya markazlari xodimlari hamda mahalla raislarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, yoshlar va mahalla faollaridan iborat jami mingdan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida "Ayollarga huquqiy madad" amaliy qo‘llanmalari reabilitatsiya markazlari kutubxona fondiga topshirildi.

Bu kabi targ‘ibot guruhlari respublikaning barcha hududlarida ham shakllantirilib, joylarda seminarlar olib borilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada jumladan, quyidagi o‘zgartirishlar nazarda tutilmoqda:

▪️debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborganlik;
▪️korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzganlik;
▪️shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga mulkiy zarar yetkazganlik uchun ma'muriy javobgarliklar bekor qilinmoqda.

👉Batafsil
___________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Dentons” kompaniyasi rahbariyati vakillari Adliya vazirligiga tashrif buyurdi

👉Batafsil
__________

#Сообщение_юстиции

В Министерстве юстиции состоялась встреча с представителями руководства компании «Dentons»

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

51 xil sud ekspertizasi turlarini o‘z ichiga olgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxati tasdiqlandi hamda tadqiqot natijalari yuzasidan mutaxassis fikri beriladi. Mazkur huquq kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini sud va tergov organlarida himoya qilishga xizmat qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
⚡️"Aholi bandligini ta'minlashdagi huquqiy masalalar" mavzusida ovozli chat boshlandi!

🎙Suhbat spikerlari:

▪️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

▪️Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;

▪️Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi
mutaxassislari.

Ovozli chatga ulanish 👉 @huquqiy_gap.

📹Suhbat TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazining Facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinadi.

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

O‘tgan 2021-yil davomida vazirlik tomonidan 95 000 dan ortiq topshiriqlar ijrosi natijalari ko‘rib chiqilib, 40 071 ta topshiriq ijrosi bajarilganligi sababli nazoratdan olinishi kelishildi hamda 39 398 ta topshiriq ijrosi to‘liq ta'minlanmaganligi sababli qayta ishlashga yuborildi.

Topshiriq va ko‘rsatmalar sonini maqbullashtirish hamda ijro natijadorligini ta'minlash maqsadida respublika bo‘yicha 100 dan ortiq doimiy nazoratdagi topshiriq va ko‘rsatmalar respublika – viloyat – tuman kesimida tahlil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Adliya fuqarolarni eshitadi

Adliya vaziri va vazir o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish amaliyoti yo'lga qo'yilgan.

O‘tgan 2021-yil davomida bevosta vazirlik rahbariyati tomonidan jami 1 817 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan. Shundan 626 nafari bevosita adliya vaziri tomonidan, 1 191 nafari vazir oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilingan.

Misol uchun, bugun bo‘lib o‘tgan adliya vaziri R. Davletovning fuqarolarni shaxsan qabuli 2 soat davom etdi va unda 20 ga yaqin fuqaro o'zlarini qiynab kelayotgan va yechimini kutayotgan turli masalalarda ariza va shikoyatlar bilan murojaat qildi.

Vazirlik faoliyatiga tegishli murojaatlarni o'rganib chiqish hamda qonun doirasida hal etish uchun mas'ul tarkibiy bo'linma rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, vakolatli organlarga murojaat qilish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatildi.

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Joriy yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan tasdiqlangan Davlat dasturi 7 ta yo‘nalish, 100 ta maqsad va 398 ta banddan iborat bo‘lib, 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda 200 dan ortiq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Xususan, Davlat dasturida xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini yanada kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta'minlash vazifasi yuklatilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuridik kadrlarning malakasini oshirishda xorijiy mutaxassislar keng jalb etiladi

Yuristlar malakasini oshirish markazida yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari bo‘yicha Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yuridik kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularni zamon talablaridan kelib chiqib yangilash, adliya organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, ta’lim va ilmiy jarayonga xorijiy mutaxassislarni keng jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2-moddasiga asosan Andijon, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyat adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining tegishli majlislari bayonnomasiga asosan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 6 nafar notariuslarning litsenziyalari vaqtincha toʻxtatildi.

👉Batafsil
____________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari