Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.4K videos
32 files
5.21K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi “Adliya mobile” ilovasini ishlab chiqdi

Mobil ilovaning maqsadi:
axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aholi va adliya organlari o‘rtasida samarali aloqa o‘rnatish, mobil qurilmalar orqali yuridik va davlat xizmatlarini ko‘rsatilish, mobil ilova yordamida davlat xizmatlarni elektron shaklda olish imkoniyatini yaratishdan iborat.

“Adliya mobile” mobil ilovasini “Android” va “iOS” operasion tizimlari uchun mo‘ljallab ishlab chiqarilgan. Foydalanuvchilar ilovani “Play Market” va “App Store” servislari orqali bepul va oson tarzda yuklab ishlatishlari mumkin. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ilovadagi ma'lumotlar 3 ta tilda (rus, ingliz va o‘zbek (kiril va lotim alifbolarida)) kiritib boriladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti (24—29-yanvar kunlari)

24-yanvar
▪️Adliya vazirligi tomonidan “HELVETAS Swiss Intercooperation”ning O‘zbekistondagi filiali davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

25-yanvar
▪️O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarori bilan ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik deb topilgan ayrim sahifalar va kanallar ro‘yxati e’lon qilindi.

▪️Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi turdagi milliy haydovchilik guvohnomalarini berishda qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yilning 25-yanvaridan Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish boshlandi.

26-yanvar
▪️Prezident qarorlari ijrosi natijalarini ilg‘or texnologiyalar yordamida tekshirish yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayon qanday kechadi?

Yuristlar malakasini oshirish markazida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbar va mutaxassislarining norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.

27-yanvar
▪️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov
Yangi O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi va unda belgilangan muhim islohotlar bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” gazestiga ma'lumot berdi.

▪️Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyi oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi.

28-yanvar
▪️Adliya vazirligi: zararli va yoqimsiz hidlarni huquqiy tartibga solishni taklif qilmoqda.

▪️Shovqinning salbiy taʼsiri va xavfi tadqiq qilindi.

▪️Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral—mart oylari "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" deb e'lon qilindi.

▪️"Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etildi.

29-yanvar
▪️Haydovchilik guvohnomalarini olish: ochiqlik, shaffoflik va talablar.

▪️Adliya vazirligi “Adliya mobile” ilovasini ishlab chiqdi
____________

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

▫️Yer uchastkalaridan foydalanish sohasida 2022-yil 1-yanvardan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar.

▫️Sanoat sohasida 2022-yil 1-yanvardan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan tanishing.

▫️Sog‘liqni saqlash sohasida 2022-yil 1-yanvardan va 1 martdan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida quyidagi videorolik orqali tanishing.

▫️Davlat boshqaruvi sohasida 2022-yil 1-yanvardan, 1-fevraldan va 1-martdan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar.

@adliyangiliklari
Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Хalq deputatlari Uychi tuman Kengashining 46-sessiyasida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Halimjon Qobilovning davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

🔹Namangan viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Namangan, Uychi va Yangi Namangan tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.

🔹Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro R.O. ning foydasiga javobgar To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligidan 51 168 725 so‘m kompensatsiya undirildi.

🔹Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining 43-sessiyasida tuman adliya boʻlimi boshligʻi K. Ernazarov axborot berdi.

🔹Oqoltin tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan “Oqoltin qurilish” MChJ foydasiga 149 599 100 so‘m mablag‘ undirilishi ta'minlandi.

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2021-yil davomida Sudlarga 9 mlrd 452,9 mln soʻmlik 620 ta daʼvo arizalari kiritildi. Koʻrilgan taʼsir choralari natijasida hozirgi kunda fuqarolarga 12 mlrd 617,9 mln soʻm miqdorida pul mablagʻlari undirib berildi.

🔹Jizzaxlik xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning litsenziyasi 2022-yilning 13-martga qadar to‘xtatildi.

🔹Jalaquduq tuman adliya bo‘limi tomonidan umumta'lim maktablaridagi jismoniy tarbiya o`qituvchilariga 2021-yil yanvar oyidan sport targ`ibotchisi qo`shimcha vazifasi uchun to`lanishi lozim bo`lgan ustama pullari undirib berildi.

🔹Asakada byurokratiyaga yo‘l qo‘ygan 50 nafar mas’ullarga intizomiy choralar ko‘rildi.

🔹Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklanib, tadbirkorga nisbatan qo'llanilgan 69 565 217 so'm moliyaviy jarima bekor qilindi.

🔹7 yoshli egizaklar Beruniy tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan tug‘ilganlik haqida guvohnoma olishdi.

🔹Qiziltepada bola parvarishidan so‘ng ishga chiqqan ayol ishsiz qolgan. Adliya murojaatni o‘rgandi.

🔹Navoiyda fermer xo‘jaliklariga 3 millardga yaqin pul undirish bo‘yicha sud qarori chiqdi.

🔹Bandixon tuman adliya bo‘limi ko‘magida 67 yoshli Marziya aya Mamayusupovaga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va pasport rasmiylashtirildi hamda yoshga doir nafaqa belgilandi.

🔹Quva tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaroga 120 mln so'm ish haqi undirildi.

🔹Farg‘ona viloyatidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2022-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha audio podkast tashkil etiladi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral—mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e'lon qilingan.

Mazkur tadbir doirasida “Huquqiy axborot minbari” ruknida gender tenglik, oilaviy zo‘ravonlik va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha audio podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikeri: Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Baymirzaevna Artikova.

Ovozli chat joriy yilning 4-fevral kuni soat 19:00da “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida boshlanadi.

📥 Savollaringizni ushbu 👉 havola orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Jomboy tuman adliya bo‘limiga 30 nafar fuqarolarga ish haqi to‘lanmayotgani bilan bog‘liq mazmunda murojaat kelib tushdi.

O‘rganish davomida xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida 17 nafar laborant hamda 13 nafar xo‘jalik mudiri vazifasidagi xodimlarga ish haqi to‘lanmagani aniqlandi. Holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga da’vo arizalari kiritildi.

Ish mazmunan ko‘rib chiqilib, budjet mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning ish haqini to‘lab berish uchun 97 mln 183 ming so‘m undiruv belgilandi.

Munis USMONOV,
Jomboy tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari rivojlanmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston biatlon federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida biatlon sport turini rivojlantirish, ommaviylashtirish, biatlon bilan shugʻullanuvchilar, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda oʻz aʼzolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
▪️ jismoniy va yuridik shaxslarga egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib ko‘yishga oid qat'iy tartiblar;
▪️jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egalariga kompensatsiya berish tartib-taomillari.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun bilan tartibga solishga, nizoli vaziyatlarni oldini olish va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etishga xizmat kiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Nodavlat notijorat tashkilotlarining “Ochiqlik indeksi”dagi natijasi

Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti asosida 2021-yil yakuni bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining “Ochiqlik indeksi” natijasi e’lon qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya 776 million so‘m davlat mablag‘ining noqonuniy foydalanilishiga chek qo‘ydi

Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2021-yilning oktabr oyida jami 18 ta 58 901 672 so‘mlik shartnomalar markazning huquqiy xulosalarisiz tuman G‘aznachilik bo‘limidan o‘tkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021-yil 24-noyabrda 10-23/1-165-sonli taqdimnoma kiritilgan va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2021-yil 26-noyabrdagi 240-k-sonli buyrug‘i bilan hisobxona bo‘limi shartnomalar bo‘yicha hisobchisiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_brifingi

📢 Bugun, 3-fevral kuni Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing o‘tkaziladi. Brifing UZREPORT va O‘zbekiston-24 telekanallarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn translyasiya qilindi.

📍Mavzu: Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan

Vaqti: 12:00

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

⚡️Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Adliya vazirligi faoliyatiga oid hamda boshqa masalalar bo‘yicha ko‘tarilgan savol va murojaatlarga javob berdi.

@adliyangiliklari
#Открытая_юстиция

Что?

ОТЧЕТНОСТЬ Министерства юстиции
ПЕРЕД ОБЩЕСТВЕННОСТЬЮ

Беседа в формате открытого диалога и вопросов-ответов. Цель — обеспечение открытости и прозрачности деятельности Министерства юстиции, информирование общественности о его деятельности по итогам 2021 года и перспективных планах, получение фитбека (обратной связи) от населения и представителей медиа.

Министерство юстиции третий год подряд проводит проводит встречу с журналистами, блогерами и лидерами общественного мнения, открыто обсуждая существующие проблемы в системе и вызовы современности.

2022 год — не исключение. В ходе медиаивента с министром юстиции Русланбеком Давлетовым будет не только проанализирована деятельность ведомства, но и рассмотрены основные тенденции в обществе в правовой сфере. У журналистов будет уникальная возможность получить информацию и ответы на свои вопросы из первых уст.

Где?
г. Ташкент, ул. Сайилгох, 5
Онлайн-трансляция на страницах Министерства юстиции в социальных сетях

Когда?
7 февраля 2022 года, 11:00

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Nima?

Adliya vazirligining
JAMOATCHILIKKA HISOBOTI

Ochiq muloqot va savol-javob tarzidagi suhbat.
Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, uning 2021-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.

Adliya vazirligi tomonidan ketma-ket uchinchi yildirki, jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tizimdagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinadigan uchrashuv o'tkazib kelinmoqda.

2022-yil ham bundan mustasno emas. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida bo'lib o'tadigan media iventda nafaqat vazirlik faoliyati tahlil qilinadi, balki jamiyatda huquqiy sohadagi asosiy tendensiyalar ham ko‘rib chiqiladi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Qayerda?

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5
Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn translyatsiya qilinadi

Qachon?

7-fevral, soat 11.00 da

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiy shahridagi umumta'lim maktabi o‘qituvchilari xalqaro toifadagi sertifikatga ega bo‘lsada ularga ustama haq to‘lab berilmayotgani yuzasidan adliya bo‘limiga murojaat qildi. Holat o‘rganilganda, shahar hududidagi 26 nafar rus tili o‘qituvchisiga jami 56 million so‘m ustama haqlari to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, viloyat adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan viloyatdagii 7ta hududda xalq ta’limi tizimidagi mazkur holat monitoring qilinib, huquqni qo‘llash amaliyotini noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida viloyatdagi S-1 darajaga barcha rus tili o‘qituvchilariga to‘lanmay kelinagan 700 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazida yuriskonsult va advokatlar uchun malaka oshirish kurslari boʻlib oʻtmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari