Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazadi

2021-yil 27-dekabr kuni soat 14:00 da adliya vaziri Ruslanbek Davletov va huquq sohasiga qiziqishi boʻlgan yoshlar oʻrtasida uchrashuv tashkil qilinadi.

🔰 Uchrashuvda quyidagi mavzular boʻyicha muhokama boʻlib oʻtadi:

yoshlarning qonunchilikda belgilab qoʻyilgan huquq va imkoniyatlari;
sohani rivojlantirish boʻyicha gʻoyalar, fikrlar va takliflar.

Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad huquq sohasiga qiziqishi boʻlgan yoshlarni norma ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti, huquqiy targʻibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funksiyalar bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek huquqiy masalalarda savol, taklif va tashabbuslari mavjud boʻlgan yoshlarni eshitishdan iborat.

Huquq sohasiga qiziqishi boʻlgan talaba yoshlarni adliya vaziri bilan uchrashuvda taklif etamiz.

Muloqotda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish kerak. Muddat 2021-yil 27-dekabr soat 9:00 ga qadar.

Roʻyxatdan oʻtish uchun xavola:
👉 https://bit.ly/3qpgK68

@adliyangiliklari
Министр юстиции проведет открытый диалог с молодежью

27 декабря 2021 года в 14:00
состоится встреча министра юстиции Русланбека Давлетова с молодыми людьми, интересующимися юриспруденцией.

🔰 В ходе встречи планируется обсудить следующие темы:

права и возможности молодежи, закрепленные в законодательстве;
идеи, мнения и предложения по развитию сферы.

Цель встречи — ознакомить молодых людей, интересующихся правовой сферой, с функциями министерства, такими как нормотворчество, правоприменительная практика, правовая защита, а также выслушать мнения, предложения и инициативы молодежи по правовым вопросам.

Приглашаем на встречу с министром юстиции студентов, интересующихся правовой сферой.

Для участия в открытом диалоге необходимо зарегистрироваться до 09:00 27 декабря 2021 года.

Регистрация по ссылке:
👉https://bit.ly/3qpgK68

@adliyangiliklari
📩 Бугун вазирлик, идора ва ташкилотларга мурожаат қилиш ёки бирор муаммо ҳақида хабар бериш учун унинг жойлашган манзилига бориш, қабулга ёзилиш шарт эмас! Бунинг учун вазирлик ва идораларда ишонч телефонлари ва алоқа ботлари ташкил қилинган.

☑️Расмий хабарлар канали томонидан обуначиларнинг мурожаатларидан келиб чиқиб, барча вазирлик ва идораларнинг мавжуд ишонч телефони ва алоқа ботлари ҳақидаги маълумотлар тўпланди.

‼️Қуйида рўйхат билан танишиб, мурожаатингизни йўллашингиз мумкин!
#Adliya_xabari

Yong‘in xavfsizligi xodimi sifatida noqonuniy pul undirayotgan firibgarlardan ogoh bo‘ling

⚠️ So‘nggi yillarda, asosan kuz-qish mavsumi boshlanishida aholi orasida, ayniqsa tumanlarda maxsus-formali kiyim-bosh kiyib yurgan yoki shu kiyimga juda o‘xshash kiyimdagi shaxslar o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organi xodimi” sifatida tanishtirib fuqarolardan yillik 20 000–40 000 so‘m atrofida majburiy tarzda soliq yoki kommunal to‘lov sifatida noqonuniy yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.

☑️ Yuqoridagi masalalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda, ushbu harakatlar turli xil shaklda tashkil etilgan, asosan nomida “yong‘in”, “olov”, “qarshi kurash”, “xavfsizlik”, “himoya” kabi so‘zlardan iborat bo‘lgan va yong‘inning oldini olish aks etgan turli xil ramzlar tushirilgan muhr-shtamplardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirib kelinayotganligi ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha Adliya vazirligi ayrim shaxslar tomonidan o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organlari xodimi” sifatida tanishtirgan holda yolg‘on ma'lumotlar asosida fuqarolardan majburiy to‘lov to‘lanishini talab etishi noqonuniyligini ma'lum qiladi.

🔰 Eslatib o‘tish joizki, fuqarolar majburiy tarzda quyidagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishi lozim:

👉 Sovuq suv ta'minoti;
👉 Isitish va issiq suv ta'minoti (ko‘p qavatli uylarda);
👉 Elektr ta'minoti;
👉 Gaz ta'minoti;
👉 Kanalizasiya (iste'molchi ulangan bo‘lsa);

❗️Shu o‘rinda takroran ma'lum qilinadiki, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq biron bir to‘lab borilishi shart bo‘lgan kommunal to‘lov yoki soliq qonunchilikda mavjud emas.

📋 Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209¹-moddasiga ko‘ra formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish uchun javobgarlik belgilanganligini eslatamiz.

@adliyangiliklari
⚡️ “Gender tenglik faoli” milliy ko‘rik tanlovida “Gender tenglikni ta'minlashda eng faol huquqni muhofaza qiluvchi organ” nominasiyasida Adliya vazirligi g‘olib bo‘ldi.

Ma'lumot uchun: Vazirlik xodimlarining 38 foizini ayollar tashkil etadi. Rahbar ayollar — 360 nafar. Markaziy apparatda 10 nafar ayol rahbar ishlaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda

⚡️Ayni damda adliya vaziri Ruslanbek Davletov va huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu uchrashuv ''Toshkent yoshlar forumi -2021'' da talaba yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida tashkil etilmoqda.

Uchrashuvda:

yoshlarning qonunchilikda belgilab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlari;
sohani rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar, fikrlar va takliflar bo‘yicha muloqot qilinmoqda.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlarni norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funksiyalar bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek huquqiy masalalarda savol, taklif va tashabbuslari mavjud bo‘lgan yoshlarni eshitishdan iborat.

📹 Kuzatib borish uchun havola:
https://www.facebook.com/100009249787631/videos/265370315582030

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

📹
Onlayn translyasiya: https://www.facebook.com/100009249787631/videos/265370315582030

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ayollarning jamiyatdagi mavqei, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Adliya vazirining yoshlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda. Ruslanbek Davletov yoshlarning savollariga javob bermoqda:

▫️Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqish jarayonlari haqida;
▫️Yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish va korporativ javobgarlik haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov "Yangi O'zbekiston" konsepsiyasi haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada Singapurning tajribasi haqida.

@adliyangiliklari
📩 Бугун вазирлик, идора ва ташкилотларга мурожаат қилиш ёки бирор муаммо ҳақида хабар бериш учун унинг жойлашган манзилига бориш, қабулга ёзилиш шарт эмас! Бунинг учун вазирлик ва идораларда ишонч телефонлари ва алоқа ботлари ташкил қилинган.

☑️Расмий хабарлар канали томонидан обуначиларнинг мурожаатларидан келиб чиқиб, барча вазирлик ва идораларнинг мавжуд ишонч телефони ва алоқа ботлари ҳақидаги маълумотлар тўпланди.

‼️Қуйида рўйхат билан танишиб, мурожаатингизни йўллашингиз мумкин!
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi o‘rtasida 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi

👉Batafsil
____________

#Сообщение_юстиции

Между Министерством юстиции Республики Узбекистан и Министерством юстиции Российской Федерации подписана Программа сотрудничества на 2022 год

👉Подробнее

@adliyangiliklari