Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.7K photos
1.42K videos
32 files
5.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Intellektual_mulk

Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha joyiga chiqqan holda amaliy yordam koʻrsatilmoqda

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari hamda uning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xususan, “VERIGROW DIAGNOSTIC” MChJ faoliyati bilan tanishildi va ular tomonidan xizmat koʻrsatish belgisi sifatida foydalanilayotgan “BOBURSHOX” hamda “ ATLAS” belgilarini xizmat koʻrsatish belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun amaliy yordam berildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot ham berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_huquqim

Mediatorlik faoliyatining tartibi qanday?


Bu haqida batafsil 👉 “Mening huquqim” koʻrsatuvining navbatdagi sonida.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududiy adliya organlari uchun amaliy seminar o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi ishchi guruhi Sirdaryo viloyati adliya organlari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganish va tahlillar olib bormoqda.

Tahlillar natijasidan kelib chiqib, mahalliy hokimlik faoliyatida norma ijodkorligi jarayonini takomillashtirish yuzasidan ishchi guruhining taklifiga asosan “E-qaror” tizimida yangi texnik imkoniyatlar joriy etildi.

Bugun respublika bo‘yicha hududiy adliya organlari uchun joriy etilgan texnik imkoniyatlarni amaliyotda qo‘llash masalalari yuzasidan amaliy seminar tashkil etilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Namangan viloyat adliya boshqarmasi “Biz mahalladamiz” media loyihasi doirasida bugun Mingbuloq tumaninung “Qiriqchek” mahallasida.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

TOP-8: Soʻnggi yillarda mualliflik huquqlari himoya qilingan ijodkorlar

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestri axborot tizimidan foydalanish boʻyicha seminar tashkil etildi.

Reestr.adliya.uz elektron tizimiga davlat funksiyalariga oid maʼlumotlarni kiritish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi, Kadastr agentligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlari uchun amaliy seminarlar oʻtkazildi.

Jumladan, seminarda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 796-son qarorning mazmun-mohiyati hamda ushbu axborot tizimidan foydalanish tartib-qoidalari masʼul xodimlarga tushuntirildi.

Maʼlumot uchun: mazkur qarorga asosan Adliya vazirligi ushbu reyestrni shakllantirish va yuritish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi va Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida yangi tashkil etilgan Samarqand viloyat akademik litseyi faoliyati bilan tanishildi

Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J. Nuritdinov joriy yilning 28-yanvar kuni Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi hamda yangi tashkil etilgan Samarqand viloyat akademik litseyi faoliyati bilan tanishdi.

Jumaladan, Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limida yaratilayotgan shart-sharoit va qulayliklar, mavjud moddiy-texnika bazasi va ularning imkoniyatlari hamda yangi joriy etilgan ekspertiza turlarini o‘tkazilishi holatini o‘rgandi.

Bundan tashqari, Samarqand viloyat akademik litseyida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘quv jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘rib chiqdi.

Shu bilan birga, Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi va Samarqand viloyat akademik litseyi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar hamda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha topshiriqlarni berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Konimex tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaro va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#intellektual_mulk

Tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanib kelgan tadbirkorga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi

Adliya vazirligiga “FATIH KRAL MOB” MChJga tegishli tovar belgisiga oʻxshash belgilardan foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi boʻyicha murojaat kelib tushdi.

Murojaatda keltirilgan holatlarni oʻrganish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “L.A” XK faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazildi.

Tekshiruv natijasida “L.A” XK tomonidan “FATIH KRAL MOB” MChJga tegishli “Ханский” jamlama tovar belgisiga tasviriy va grafik jihatdan oʻxshash “Хақиқий” jamlama koʻrinishidagi belgilardan ishlab chiqarilayotgan va savdoga taklif qilinayotgan pishloq mahsulotlari nomida foydalanilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar “L.A” XKga oʻzganing tovar belgisiga oʻxshash belgidan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (75 mln soʻm) miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanildi hamda huquqbuzarlik holatini toʻxtatish yuzasidan qaror qabul qilindi.

(Suratda chap tomondagi asl mahsulot)

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM