#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil qilingan oʻquv seminarida nutq soʻzladi
Joriy yilning 22—24-yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va Din ishlari qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida oʻquv seminari tashkil qilindi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari ishtirok etdi.
Bir qator davlat organlari rahbarlari qatorida seminarda adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev “Oila mustahkamligini taʼminlashda noqonuniy nikohlarning oldini olish, mediatsiya xizmatini tashkil etish” mavzusida taqdimot qildi. Ta'kidlangandek, bugungi kunda 10 milliondan ortiq oilalar mavjud, yiliga oʻrtacha 280—285 ming yangi oilalar tuziladi. Yangi oilalar tuzilishida yoshlarning ulushi tobora oʻsib bormoqda.
Shuningdek, oilaviy mediatsiya oʻzaro maqbul yechimlarga erishish va munosabatlarda uygʻunlikni saqlashga qaratilgan nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida muhim ahamiyat kasb etishi eʼtirof etildi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Bugun, 24-yanvar kuni Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda jamgʻarma mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Muhokama davomida kengash aʼzolari tomonidan jamgʻarmaning 2025-yil uchun ajratiladigan mablagʻlar smetasi tasdiqlandi.
Tasdiqlangan smetaga asosan 2025-yilda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar ajratish, sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida, 10 nafar sud ekspertlarini xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini taʼminlash va X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari uchun mablagʻlar ajratilishi belgilandi.
Shuningdek, sud-ekspertlik sohasini yanada raqamlashtirish va sud ekspertizasini oʻtkazish jarayonlarida “E-ekspertiza” axborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish)ga mablagʻlar ajratilishi belgilandi.
Bu esa oʻz navbatida, sud ekspertizalarini oʻtkazishga sarflanadigan vaqtni qisqarishiga, xulosalarini rasmiylashtirishda ortiqcha qogʻozbozlik, pochta xarajatlari va byurokratik holatlarni barham berilishiga va ekspertiza tayinlovchi xodim bilan ekspert oʻrtasida bevosita aloqa yuzaga kelishi oldi olinishiga, shuningdek davlat sud-ekspertiza muassasalari va sud-tergov organlari oʻrtasida elektron hamkorlik yoʻlga qoʻyilishiga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida jamgʻarma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Maʼlumot uchun, “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga asosan Adliya vazirligi huzurida Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgan.

Ijro intizomi - samaradorlik omili
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullaridan iborat respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan Andijon viloyat hokimligi majlislar zalida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda viloyatdagi korxona va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul xodimlar videokonfrensaloqa shaklida shahar va tumanlar hokimliklaridan mas’ullar ishtirok etdi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu
“Koʻk jiguli”dan u yogʻiga oʻta olmayapmiz: biznesmenlar saviyamiz haqida
Tadbirkorlikni nimadan boshlash kerak? Oʻqish shartmi yoki qobiliyatning oʻzi yetarli? Oʻz natijasi qoniqarsiz boʻlgan infoloʻlilar kimga kerak? Aka-uka Mamasaidovlar qachondir bizneslarini ajratishi mumkinmi?
Oilaviy biznes sirlari, oʻrtadagi nizolar va Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish tafsilotlari “Qaroqchi”ning navbatdagi sonida.
Videoni koʻrish 👉 https://youtu.be/7K-H7ccS7WE

#Bir_miurojaat_izidan
Muslimaxon Mirzaolimova: 16 yillik muammo oʻz yechimini topdi, endi mening ham farzandlarim maktabga boradi
Quvasoy shahrining "Qoʻchqorchi" mahallasida yashovchi oilada ikki nafar farzandning shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan. Hujjatning yoʻqligi sababli bolalar na bogʻchaga, na maktabga bora olishgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoni ijrosi yuzasidan adliya boʻlimi xodimlarining uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolarini oʻrganish jarayonida mazkur holat aniqlangan va M.Mirzaolimova huquqiy yordam soʻrab Quvasoy shahar adliya boʻlimiga murojaat qilgan.

Adliya vazirligi ishchi guruhi Sirdaryoda
Vazirlikning vazir kotibiyati boshligʻi A.Sarabekov rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi va tuman adliya boʻlimlari masʼullari ishtirokida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, ishlarni tizimli tashkil etish masalalarida amaliy seminar oʻtkazildi.
Tadbirda har bir soha boʻyicha faoliyat koʻrsatkichlari (KPI)ga erishish samaradorligini oshirish, ijro va mehnat intizomini yanada kuchaytirish, xodimlar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish, ularning kasbiga boʻlgan sadoqatini va adliya qadriyatlariga boʻlgan hurmat hissini yanada oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Seminarning asosiy maqsadi faoliyat koʻrsatkichlarini “Sirdaryo tajribasi” asosida tahlil qilish va strategik rejalashtirish, 2025-yil uchun koʻrsatkichlarning nominal mezonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif ishlab chiqish hisoblanadi.

#Adliya_hudud
Dehqonobod tuman adliya boʻlimiga kechiktirilgan ish haqlarni undirib berish boʻyicha fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etildi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi tomonidan Pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibi (roʻyxat raqami 3603, 2025 yil 27-yanvar) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Mazkur tartib bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash hamda tibbiy xizmatni tashkil etish bilan bogʻliq qoidalar belgilandi.
Davolash-profilaktika muassasalarida davolanuvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishda barcha smeta va buxgalteriya hujjatlarini yuritish bepul va pullik xizmatlar boʻyicha alohida olib boriladi.
Davolash-profilaktika muassasasida davolanuvchilarga pullik xizmatlar koʻrsatish ushbu maqsadlar uchun ajratilgan alohida boʻlimlarda (yoki ixtisoslashtirilgan pullik boʻlim palatalarida) amalga oshiriladi.
Tibbiy xizmatga toʻlovning eng koʻp qiymati davolash-profilaktika muassasasi tomonidan byudjet mablagʻlari hisobiga koʻrsatilayotgan aynan shunday xizmatlar qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Sirdaryoda davlat xizmatlari markazlari uchun amaliy seminar tashkil etildi
Hozirda davlat xizmatlari markazlarida bir kunda oʻrtacha 100 ming fuqaroga xizmat koʻrsatilib kelinmoqda.
Aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ortiqcha ovoragarchilikka yoʻl qoʻymaslik va qogʻozbozlikni oldini olish maqsadida “Adliya QR” tizimi ishlab chiqilib, bu orqali fuqarolar ariza berish, uni yuklab olish, elektron hujjatlarni operatorga yuborish hamda uni baholash kabi afzalliklar yaratildi.
Seminarda masʼullarga ushbu qulaylikning ijobiy tomonlari, fuqarolarga faol targʻib qilish va ular tomonidan keng foydalanilishini yoʻlga qoʻyish yuzasidan amaliy koʻrsatmalar berildi.