#Adliya_xabari
Toshkent shahrida 15 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarori bilan quyidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.
👉Batafsil
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Alisher Karimov: Davlat dasturi qonunchilikni modernizatsiya qilishga, aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan
Bugun Toshkentda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»” yilida amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni loyihasining xalqaro hamjamiyat bilan jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov 2025-yilda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

#Davlat_xizmatlari
Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.
❗️ Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.
Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.
📎 Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring.
🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.
📌 Kanalga ulanish
Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.
Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi
Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz va regulation.adliya.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi.
Davlat dasturi loyihasi aholi tanishib chiqishi uchun qulay va ixcham shaklda tayyorlangan boʻlib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari kesimida 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Bunda, loyihada atrof-muhitni muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy eʼtibor qaratilishi bilan bir qatorda, ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar ham nazarda tutilgan.
🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz:
👉https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama
👉https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Ulugʻnor tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganilib, ijobiy hal qilinmoqda.

“Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida loyiha kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Adliya vazirligida “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi elchisi ishtirokida loyiha kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish loyihaning 2024-yildagi asosiy natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni muhokama qilish, loyiha tomonidan tashkillashtirilgan Ayollar va qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish boʻyicha posterlar, fotosuratlar va qisqa video lavhalar tanlovining natijalarini eʼlon qilish hamda taqdirlash marosimini oʻtkazish, shuningdek, 2025-yil uchun ish rejani muhokama qilish va tasdiqlash maqsadida oʻtkazildi.
Tadbirni adliya vazirining oʻrinbosari, loyihaning milliy koordinatori Muzraf Ikramov ochib berib, 2024-yil davomida «Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash loyihasi doirasida koʻplab ishlar amalga oshirilganligi va ushbu ishlar bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimining samarali yoʻlga qoʻyilishida, ushbu sohasida faoliyat olib boradigan NNTlar faoliyatiga koʻmaklashish orqali aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish mexanizmini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida gapirdi.
Tadbirda BMT TD Oʻzbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi elchisi Ilkka Rayzanen kirish soʻzlari bilan ishtirok etib, BMT TD va Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlashda ijobiy natija berayotganligi va kelgusida ushbu hamkorlikni davom ettirishdan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Tadbirda loyiha rahbari Azamat Salayev soʻzga chiqib, loyiha doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Loyihaning 2025-yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, tanlov natijalari eʼlon qilinib, taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

#Adliya_va_yoshlar
Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi vakillari Buxoro davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot formatida oʻtgan tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev, xususan, huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar, bu borada kelgusi rejalar bilan oʻrtoqlashib, yoshlarning kasbiy oʻsishi va ularning mamlakatimiz va adliya tizimini rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlari haqida toʻxtalib oʻtdi. Vazir oʻrinbosari yoshlarni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga va tashabbuslar bilan chiqishdan choʻchimaslikka undadi.
Talabalar kasbiy istiqbollari, amaliyot oʻtash va jamoatchilik tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida savollar berishdi.
Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati bilan kelgusida qilinadigan ishlar muhokama qilinib, vazifa va rejalar belgilab olindi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida, Adliya vazirligi 2025-yilda mazkur yoʻnalishda oʻz oldiga bir qancha maqsadlarni qoʻygan.
Xususan, Davlat dasturi loyihasida Qonunchilik harakatlari rejasi asosida eng muhim qonunlarni qabul qilishni jadallashtirish, shu jumladan, “Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Texnik tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, “Mahsulot xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Veterinariya toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida, “Antidemping choralari toʻgʻrisida”, “Muhofaza choralari toʻgʻrisida” va “Kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida” kabi qonunlarni hamda texnik tartibga solish sohasini tubdan qayta koʻrib chiqish koʻzda tutilmoqda.
Bu haqida batafsil 👉 mutaxassis sharhida
🗓 Eslatib oʻtamiz, Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasi 2025-yil 22-yanvarga qadar davom etadi.