Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.9K subscribers
14.9K photos
1.63K videos
33 files
5.91K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 14-yanvar kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Jumladan, adliya vaziri A.Toshqulov xorij tomoniga maxsus huquqiy rejim asosida faoliyat yurituvchi Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi («ENTERPRISE UZBEKISTAN») va uning huzurida Xalqaro tijorat sudini tashkil etish, milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish xamda siyosiy-huquqiy sohadagi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

S.Chakrabarti o‘z navbatida, Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi
va uning huzurida tashkil etilayotgan sud xalkaro standartlariga mos kelishi kerakligini ta'kidlab, bu borada olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Mazkur soha hamda xalqaro reyting va indekslar sohasida xalqaro ekspertlarni jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatishini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, S.Chakrabarti JSTga a'zolik masalasi murakkabligini ta'kidlab, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida yaqin orada JSTga a'zo bo‘lishga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi adliya va huquq tizimida xalqaro va milliy islohotlarda yaqin hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

Adliya vazirligidan aholiga 100 maslahat

“Adliya vazirligidan aholiga 100 maslahat” nomli qoʻllanma tayyorlandi hamda “Yurkitob.uz” saytiga joylashtirildi.

Kitob Adliya vazirligining aholi uchun taqdim etgan 100 maslahati asosida tuzilgan boʻlib, oʻquvchiga huquqiy va amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

Kitobda oila, mehnat munosabatlari, notarial harakatlar, tadbirkorlik, taʼlim, ijtimoiy himoya, sud va boshqa sohalar boʻyicha foydali maslahatlar mavjud.

Shuningdek, fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar va davlat xizmatlaridan qanday foydalanish mumkinligi haqida ham tushuntirishlar berilgan.

Kitobning asosiy maqsadi fuqarolarni oʻz huquq va majburiyatlari haqida xabardor qilish, turli huquqiy va amaliy masalalarda ularni qoʻllab-quvvatlashdir. Bu kitob nafaqat huquqiy bilimlarni oshirish, balki oʻz hayotini va faoliyatini qonuniy ravishda yuritishni xohlagan har bir fuqaro uchun muhim manba hisoblanadi.

Onlayn oʻqish 👉https://yurkitob.uz/uz/books/reader/95

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Diqqat, so’rovnoma!

Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasini yanada takomillashtirish maqsadida navbatdagi onlayn soʻrov oʻtkazilmoqda.

Barchani soʻrovdan oʻtib, davlat xizmatlari sohasini yanada yaxshilashga oʻz hissasini qoʻshishga chorlaymiz.

Hurmatli fuqarolar, Sizning fikringiz biz uchun muhim!

📎SOʻROVDAN OʻTISH

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligining “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi.

Mavzu: 2025-yil — Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari: shonli 33 yil

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 Onlayn translyatsiya: https://www.youtube.com/watch?v=Od7Z_nItUTo

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi hamda mahallada sayyor qabul oʻtkazdi

Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida dastlab Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, soliq, qurilish boshqarmasi, kadastr palatasi agentligi va boshqa tegishli idoralar masʼullari ishtirokida davlat xizmatlaridan foydalanishda mavjud tizimli muammolarni aniqlash boʻyicha viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda 100 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Tadbirda davlat xizmatlarini koʻrsatilishidagi tizimli muammolarga oid fikr-mulohazalar, ularni bartaraf etishga oid takliflar tinglandi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatga oid murojaatlari eshitilib, qonunchilik yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Oʻrganish talab qiladigan ayrim murojaatlar koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi.

Ishchi guruh kunning ikkinchi yarmida Buxoro viloyatida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirgan ishlarni oʻrgandi. Xususan, Jondor tumani “Ushot” mahallasida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Mahallada mavjud 712 ta xonadon xatlovdan oʻtkazilib, 4 523 ta huquqiy muammolar mavjudligi aniqlandi. Ulardan 4 140 tasi yoki 91,5 foizi hal etilgan.

Jumladan, 348 nafar shaxsga mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar qoʻllanildi; 30 nafardan ortiq fuqaro oʻzini oʻzi band qilinishi taʼminlandi; mahalla binosida “Adliya kutubxonasi” tashkil etildi; uyma-uy yurilgan holda aholiga 250 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi; “mahalla yettiligi” aʼzolariga yagona huquqni qoʻllash amaliyotini yoʻlga qoʻyish borasida metodik yordam koʻrsatildi; “Huquqiy targʻibot kuni” va “Adliya sayli” tadbirlari oʻtkazildi.

Shuningdek, adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha tavsiyalar berdi hamda ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflari bilan oʻrtoqlashdi.

Ishchi guruhi tomonidan “Ushot” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun Toshkentda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»” yilida amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni loyihasining xalqaro hamjamiyat bilan jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov toʻrtinchi yoʻnalishi hisoblangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Reportaj 24 | Sud ekspertiza tizimida yangicha yondashuvlar


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent shahrida 15 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarori bilan quyidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Alisher Karimov: Davlat dasturi qonunchilikni modernizatsiya qilishga, aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan


Bugun Toshkentda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»” yilida amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni loyihasining xalqaro hamjamiyat bilan jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov 2025-yilda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.

❗️Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.

Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.

📎Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring.

🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi

Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz va regulation.adliya.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi.

Davlat dasturi loyihasi aholi tanishib chiqishi uchun qulay va ixcham shaklda tayyorlangan boʻlib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari kesimida 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.

Bunda, loyihada atrof-muhitni muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy eʼtibor qaratilishi bilan bir qatorda, ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar ham nazarda tutilgan.

🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz:
👉https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama
👉https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Otalikni belgilash, haqorat va montaj videolarini aniqlash

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM