Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
15.4K photos
1.71K videos
33 files
6.13K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAI_taqdimoti

Мнение специалистов

Lex.uz — один из самых популярных ресурсов среди юристов Узбекистана, и не только. Внедрение искусственного интеллекта открывает широкие возможности в обобщении, анализе, поиске информации и подготовке аналитических материалов, на которые мы обычно тратим много времени. Этот инструмент, думаю, поможет в нашей работе.

Евгений Янике,
начальник отдела ООО «Лукойл Узбекистан Оперейтинг Компани»

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAi_taqdimoti

Mutaxassis taassuroti

LexAI har bir yurist uchun kundalik ishlashda juda muhim platforma boʻladi. Ushbu platforma bizning qonunchiligimizning hammasini qamrab olib, har bitta qaror va farmonni inobatga olib, xulosa qilib yuristlarga madadkor boʻladi. LexAI yanada rivojlanib, muhim bir huquqiy instrumentga aylanishiga ishonaman.

Bobur Shamsiyev
“Dentons” advokatlik firmasi vakili


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAi_taqdimoti

Mutaxassis taassuroti

Milliy qonunchilik bazasi platformasi asosida sunʼiy intellektning yaratilishi juda katta voqea va bu ish beradi.

Kamoliddin Bahouddinov,
advokat


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ularni oson ajratib olishingiz mumkin.

Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tamiz:

📱 Telegram
@adliyangiliklari
@huquqiyaxborot
@huquqiyaxborot_lotin (lotin)
@pravoinf (rus)
@leginf (ingliz)

📱 Facebook
https://www.facebook.com/minjustuz

📱 Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

📱 Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

📱 X (Twitter)
https://x.com/MinjustUzb

Axborotni ishonchli manbalardan oling!

🖥 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida zamonaviy texnologiyalar boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

Adliya vazirligi xodimlari uchun zamonaviy texnologiyalar sohasida amaliy bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi. Maqsad — xodimlarining kasbiy malakasini oshirish va ularni zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan sunʼiy intellekt sohasidagi bilimlar bilan taʼminlashdir.

Seminarda “Mohirdev” MChJ rahbari Anvar Narzullayev maʼruzachi sifatida ishtirok etdi. U sunʼiy intellekt texnologiyalari tarixi, ular yordamida maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish usullari hamda sunʼiyi intellektning istiqbollari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Tadbir davomida Anvar Narzullayev tomonidan quyidagi mavzular ochib berildi:
Sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari va ularning bugungi kundagi oʻrni;
Maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yigʻish va tahlil qilish imkoniyatlari;
Sunʼiy intellektning davlat boshqaruvi va huquqiy sohalardagi qoʻllanilishi;
Kelajakda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning istiqbollari.

Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillaridan javob oldi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan O‘ltinko‘l tuman “Dalvarzin” MFY binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabullar davomida 22 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 2 tasi joyida hal etildi, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 16 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAI_taqdimoti

Mutaxassis taassuroti

Lex.uz milliy qonunchilik bazasidan nafaqat mutaxassislar, balki oddiy fuqarolar, talabalar va ustozlarimiz ham keng foydalanib keladi. Sunʼiy intellekt asosida yaratilgan LexAI platformasi ushbu jarayonni yanada jadallashtirish va aholi oʻrtasida bevosita huquqiy savodxonlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi. Shubhasiz, ushbu loyiha kelgusida ayrim normativ hamda protsessual hujjatlarni sunʼiy intellekt yordamida ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.

Otabek Mahkamov
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan 60 nafar tibbiyot xodimining 70 million soʻmga yaqin ish haqqi undirib berildi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tumandagi xizmat koʻrsatilishi belgilangan tashkilotlarda mehnat qonunchiligiga rioya qilinish holati oʻrganilishi natijasida ayrim tibbiyot xodimlariga ish haqlari toʻlab berilmaganligi maʼlum boʻldi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 3589, 2024-yil 24-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizomda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bosh roʻyxatdan oʻtkazuvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish tartibi belgilangan.

Xususan, ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tashkil etiladi.

Tanlov jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.

Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov tadbirlari oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-saytida boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimlari boʻyicha maʼlumotlar hamda tanlov oʻtkazish joyi va kunlari, tanlov tadbirlarida berilishi mumkin boʻlgan savollarning namunaviy roʻyxati joylashtiriladi.

Nomzodlar ishga kirish uchun Tanlov komissiyasiga ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Nomzodning belgilangan malaka talablariga muvofiqligi, shuningdek ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasini aniqlash uchun Tanlov komissiyasi tomonidan test va suhbat sinov tadbirlari oʻtkaziladi.

Birinchi bosqichda test sinovlari oʻtkaziladi va nomzodning natijalari 100 ballik tizimda baholanadi.

Test sinovidan olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori ballni toʻplagan nomzodlar test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va suhbat shaklida oʻtkaziladigan sinov tadbirining keyingi bosqichiga kiritiladi.

Suhbat shaklida oʻtkaziladigan sinov tadbirida nomzodning natijalari 5 ballik tizimda baholanadi va uning natijalari u oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi.

Test va suhbat sinov tadbirlarining umumlashtirilgan natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan nomzod tanlov gʻolibi deb hisoblanadi va u boʻsh (vakant) roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimiga ishga qabul qilinadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM