Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.24K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Yangi Namangan tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, “mahalla yettiligi” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Yangi Namangan tumani, davlat xizmatlari markazlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Xodimlar bilan suhbat davomida aholiga xizmat koʻrsatishda tezkorlik va aniqlikka alohida eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

⚠️ADLIYA OGOHLANTIRADI

Kontrafaktni asl mahsulotdan qanday farqlash mumkin?

Kontrafakt — bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda isteʼmolchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Koʻpchilik tadbirkorlar oʻzgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

📣 Hurmatli xaridorlar! Kontrafakt mahsulotlarga aldanib qolmang!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Akbar Tashkulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Энди lex.uz да ҳуқуқий саволларга сунъий интелект жавоб беради.

🌐 AI will answer to legal questions in lex.uz platform

🌐 Теперь искусственный интеллект будет отвечать на правовые вопросы в lex.uz.

Facebook | Instagram | LinkedIn
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi hujjatlar asosida onlayn javob berishga moʻljallangan “LexAI” chat-boti ishga tushirildi.

“LexAI” chat-boti imkoniyatlari haqida batafsil 👉 rolikda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tomonidan Chinoz tumanining “Qozi” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov ishtirokida Toshkent viloyati Chinoz tumanida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda fuqarolarni qiziqtirayotgan asosiy masalalar — ishga joylashish, ijtimoiy himoya, kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanma olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabullar davomida 53 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 27 tasi joyida hal etildi, 16 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 10 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.

Shu joyning oʻzida markaz xodimlari tomonidan 20 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarini oshirish kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Toʻraqoʻrgʻon tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi faoliyatini oʻrganish jarayonida davlat xizmatlari markazining ikkinchi qavatida qayta taʼmirlab, jihozlangan tantanali nikohdan oʻtkazish joyi koʻzdan kechirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

“LexAI” platformasi taqdimoti oʻtkazildi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov “Lex AI” – sunʼiy intellekt yordamida huquqiy masalalarga javob topishga koʻmaklashadigan yagona platformani taqdimot qildi.

Ushbu platformada huquqiy masalalarga javob topishga koʻmaklashadigan yordamchi chat-bot, hujjatlarni huquqshunos ishtirokisiz, konstruktor asosida mustaqil tayyorlashga, ekspertiza qilib berishga, berilgan keyslarga huquqiy amaliyotni tahlil etish asosida javob berishga moʻljallangan xizmatlar jamlangan boʻlib, ularni bosqichma-bosqich joriy etish ustida ish olib borilmoqda.

Hozirda platformaning huquqiy masalalarga oid savollarga sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi hujjatlar asosida onlayn javob berishga moʻljallangan “LexAI” chat-boti ishga tushirilgan.

Bugungi kunda Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida 48 mingdan ortiq hujjatlar mavjud boʻlib, shundan amaldagi hujjatlar soni 34 mingdan, yaxlit hujjatlar soni 28 mingdan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjatlar soni esa 5 700 dan ortiq.

“LexAI” chat-botining yaratilishida huquq va IT sohasidagi tajribali mutaxassislar tomonidan 5 oydan ortiq vaqt davomida ishlar olib borildi va natijada mazkur chat-botda amaldagi 34 mingdan ortiq normativ tusdagi hujjatlar, shuningdek, 604 mlndan ortiq belgilardan iborat bilimlar bazasi oʻqitildi.

Chat-botning asosiy funksiyalari va logikasi Open source manbaalarisiz ishlab chiqilgan.

❗️Platforma hozircha huquqshunos-mutaxassislar sinovidan o‘tmoqda, yaqin vaqtda keng omma uchun ochiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAi_taqdimoti

Sun’iy intellekt yuristlarning ishini yanada tezlashtiradi, ko’rsatayotgan xizmatlarini sifatli bo’lishini ta’minlab beradi - Akbar Toshqulov

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAi_taqdimoti
Mutaxassis taassuroti

Har bir insonda eng kerak bo’ladigan masala bu hayotining qonuniy asoslarini o’rganish. Bu masala lex.uzga sun’iy intellektni joriy qilish orqali osonlashtirildi.

Sherzod Shermatov
Raqamli texnologiyalar vaziri


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LexAI_taqdimoti
Mutaxassis taassurotlari

Bizning jamoamizda 40-50 ta huquqshunos ishlaydi. Fuqarolardan juda ko’p savollar kelib tushadi. Biz hammasiga javob berishga ulgurmaymiz. LexAI bunday holatlarni yechimi bo’ladi.

Sherzod Egamberdiyev
”Sher legal” advokatlik firmasi asoschisi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM