Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
32 files
5.07K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

💡Infokioskalardan foydalanish uchun videoqoʻllanma

Interaktiv infokioskalar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish yanada tez, oson va qulay.

Batafsil 👉videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qarshi shahrida yuridik texnikum binosi foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov, viloyat hokimi Murodjon Azimov, hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, yoshlar, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur bino Adliya vazirligi mablagʻlari hisobidan zamonaviy talablar asosida toʻliq kapital rekonstruksiya qilindi.

Mehmonlar oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, oʻquv xonalari, kutubxona, ovqatlanish hamda axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Dunyo standartlariga mos ravishda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur oʻquv bino dizayniga innovatsion yondashilgani har bir detalda oʻz aksini topgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov hududiy adliya organlari faoliyatini oʻrganmoqda

Xususan, Toshkent viloyatidagi adliya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan aholining kundalik hayotida eng koʻp uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Bu borada Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi va FHDY boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazilib sohadagi ustuvor vazifalar, xodimlarning xalqchil adliya tizimini yanada takomillashtirish borasidagi taklif va mulohazalari muhokama qilindi.

Davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan yangi xizmat turlari va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari, vazir oʻrinbosari A.Karimov tuman FHDY boʻlimi arxiv faoliyati bilan ham tanishdi. Boʻlim tomonidan fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv boʻlimining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holatini koʻzdan kechirdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududlarda davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi va tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar oʻrganilmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻlib, joylarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlar muammolari hamda adliya organlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni tahlil qildi.

Xususan, vazir oʻrinbosari tomonidan Asaka tumanida tadbirkorlar bilan manzilli muloqotlar oʻtkazilib, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Asakatekstil” MChJ hamda avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi “ADM Eleсtriсs” MChJ faoliyati yuzasidan soliq, kommunal xizmatlar hamda eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq muammolarning huquqiy yechimi muhokama qilindi.

Shuningdek, Marhamat tumani “Rohat” mahallasida qurilayotgan “Mingtepa” gidro elektrostansiyasidagi tadbirkorlar va investorlar bilan oʻtkazilgan muloqot davomida loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tizimli huquqiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish ishlari yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Shu bilan birgalikda, Andijon viloyat davlat arxivi, Asaka tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyati bilan tanishilib, yangi joriy etilgan xizmatlar samaradorligi oʻrganildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” (roʻyxat raqami 3587, 2024-yil 19-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu BHMSda yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi operatsiyalarini hamda chet eldagi shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining maʼlumotlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibi belgilandi.

Yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi operatsiyalari ularni amalga oshirish sanasidagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha tan olinadi.

Yuridik shaxslar moliyaviy hisobotni tuzishda chet el valyutasidagi aktivlari va majburiyatlarining qiymatini soʻmda qayta hisoblashi lozim.

Yuridik shaxslar chet eldagi shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlarini konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritishda ularning chet el valyutasidagi aktivlari va majburiyatlarini hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha qayta hisoblashi kerak.

Yuridik shaxslarning moliyaviy natijalariga olib boriladigan kurs farqlari summasi va boshqa maʼlumotlar moliyaviy hisobotga izohlarda yoritib berilishi lozim.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Kosonsoy tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan aholi murojaatlari oʻrganilib, ijobiy hal etilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Otaliqqa olingan yoshlar qoʻllab quvvatlanmoqda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

11 yil kutgan onaning orzusi roʻyobga chiqdi

Beruniy tumanidagi bir onaning 11 yillik muammosi nihoyat oʻz nihoyasiga yetdi. Oʻz farzandlarining tugʻilganligini rasmiy qayd ettirish orzusida yillab sarson boʻlgan ona muammosi Beruniy tuman adliya boʻlimining koʻmagi bilan hal qilindi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir oʻrinbosari “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Yangiyoʻl tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlar va oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazib, maktabda zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlangan “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari tomonidan yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi imtiyozlar haqida gapirib, “Huquq sinfi”da zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda huquq fanini chuqurlashtirib oʻrgatish, “Huquqshunoslik” yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda faol ishtirok etishga jalb qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM