Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.39K videos
32 files
5.19K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 6-dekabr kuni Adliya vazirligida Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Toshqulov barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. “Bosh qomusimiz — eng muhim hujjat qabul qilingan kun biz, huquqshunoslar, uchun oʻziga xos sana. Norasmiy kasb bayrami desa ham boʻladi. Konstitutsiyamiz — bu xalqimiz irodasi, davlatimizning huquqiy asosi va adolatli jamiyat barpo etishga yoʻnaltirilgan qimmatli hujjatdir. Yangilangan Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasiga tayangan holda ishlab chiqilib, uning asosida “Inson qadri uchun” gʻoyasi qaror topgan”, — deya taʼkidladi adliya vaziri.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etildi. Ular adliya vaziri buyrugʻi bilan taʼsis etilgan “Adliya aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Shu kunlarda Toshkent shahridagi davlat xizmatlari markazlarida maxsus bezak tufayli yaratilgan bayramona muhit hukm surmoqda. Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan bu yerda tematik burchaklar tashkil etilib, tashrif buyuruvchilar oʻz huquqiy bilimlarini kengaytirish imkoniga ega boʻldi.

Markaz mehmonlari uchun Konstitutsiya normalari boʻyicha viktorinalar oʻtkazilib, ularda mamlakatimizning bosh qonuni haqidagi bilimlarini sinab koʻrish va esdalik sovgʻalari olish mumkin boʻldi.

Ijodiy jamoalar va sanʼatkorlarning chiqishlari bayram dasturining yoqimli qoʻshimchasi boʻlib, iliq va tantanali muhit yaratdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Adliya aʼlochi”lari taqdirlandi

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etildi.

Ular adliya vaziri buyrugʻi bilan taʼsis etilgan “Adliya aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Hamkasblarimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida rivoj va omadlar tilaymiz!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlariga kelganlar bayramona kayfiyatda kutib olinmoqda

Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan har bir markaz binosi bayram shukuhini beruvchi dekoratsiyalar bilan bezatilgan bo‘lib, xodimlar fuqarolarni bayramona milliy liboslarda kutib olishmoqda.

Shuningdek, markazda aholi va yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan viktorinalar ham tashkil etilib, esdalik sovg’alari ham topshirilmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
Diqqat eʼlon!

📣 X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 20 ta boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga tanlov eʼlonqiladi.

Boʻsh ish oʻrinlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1452#

Boʻsh ish oʻrinlariga oʻtkazilayotgan tanlovning suhbat bosqichida tushadigan taxminiy savollar roʻyxati bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining rasmiy veb-sayti orqali quyidagi havola bilan tanishish mumkin:

https://sudex.uz/?page_id=356

Batafsil maʼlumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
(ichki raqam 120, 157)
📩 [email protected]

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningKonstitutsiyam

❗️Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat xizmatlari markazlarida bayram tadbirlari
oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Vijdoningiz narxi qancha?


❗️9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 10-dekabr (1992-yil)

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan.

Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фаолиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_xabari

Xabar berganimizdek, Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Oʻzbekiston” radiokanali bilan hamkorlikda huquqiy viktorina oʻtkazildi. Bugun ushbu viktorinada gʻolib boʻlganlar taqdirlandi.

1-oʻrinni Ibrohim Usmonov egalladi. Unga “Adolat” MHAMning “Inson va qonun” va “Huquq va burch” jurnaliga bir yillik elektron obunasi vaucheri topshirildi.
2-oʻrinni Jasur Mamatov egalladi. Unga “Adolat” MHAM tomonidan “10 ta muhim kitob” sovgʻa qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM