Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
16.5K photos
1.81K videos
34 files
6.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Angor tumanidagi “Qoʻshtegrimon” mahallasi huquqiy muammolardan holi hududga aylanmoqda

Vazir oʻrinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Angor tumanidagi “Qoʻshtegirmon” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, X.Meliyev “mahalla yettiligi” bilan uchrashib ularga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlashi kerakligi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, vazir oʻrinbosari X.Meliyev ushbu mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolarini oʻrgandi hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berdi. Oʻrganish talab etiladigan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masʼullarga kerakli koʻrsatmalar berdi.

Bundan tashqari, mahallada bugunning oʻzidayoq 20 dan ortiq fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib, ularning muammolari joyida hal etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Online mahalla” platformasi orqali yuborilayotgan murojaatlarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qoraqalpogʻistonga amalga oshirgan xizmat safari davomida Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli farmonida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi, adliya boʻlimlari tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan amaliyotini oʻrganib, sohaga oid ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Bunda “Huquqiy mahalla” loyihasini amalga oshirish va “online mahalla” platformasi orqali adliya boʻlimlariga yuborilayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, mavjud tizimli huquqiy muammolarni hal etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ZuravonlikOqlanmaydi

Zo‘ravonlik: faqat gapiryapmiz. Natijachi?

Bugun media olamdagi dolzarb mavzulardan biri zo‘ravonlik. Ma'lumotlar, faktlar qanchalik haqiqatga yaqin? Zo‘ravonlik haqida gapirib qaysidir ma'noda uning targ‘ibotchisiga aylanib qolmayapmizmi? “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” doirasida soha mutaxassislari bilan “Ayollar ko‘rsin” podkastida “trend”dagi mavzu haqida suhbatlashdik.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/BiUwBoXCp70

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахборот 24 | Совершенствование системы предоставления государственных услуг населению


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimida (MUNIS) 2024-yil 1-dekabr kuni soat 00:00 dan 08:00 ga qadar texnik va profilaktik ishlar oʻtkazilishi rajalashtirilgan, ushbu vaqt oraligʻida (onlayn) davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari “Situatsion markaz” faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan “Situatsion markaz” faoliyati bilan tanishdi.

Situatsion markaz orqali davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlaridagi xizmat koʻrsatish jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, elektron murojaatlar hamda axborot tizimlar holati boʻyicha monitoring qilish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, markazda aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatish ahvoli nazorat qilib boriladi. Bu esa tizim xodimlarining mehnat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya organlari va muassasalarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

Yuristlar malakasini oshirish markazida adliya organlari va muassasalarining jamoatchilik bilan aloqalar sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislari uchun o‘quv kurslari o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu tashabbus Adliya vazirligining faoliyat ochiqligi va shaffofligi tamoyillariga sodiqligini, jamiyat bilan samarali muloqot o‘rnatishga intilishini ifodalaydi, bu esa fuqarolar ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

25—29-noyabr kunlari xodimlar ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, inqirozli vaziyatlarda muloqot olib borish va jamoatchilikni xabardor qilish bo‘yicha ta’lim oldilar. OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, shuningdek, raqamli davr talablariga moslashishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘quv dasturida adliya organlarining ochiqligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish masalalariga urg‘u berildi. Ishtirokchilar press-relizlarni tayyorlash, ommaviy tadbirlarni tashkil etish va keng auditoriyaga ma’lumotlarni samarali yetkazish usullarini o‘rgandilar.

Raqamli texnologiyalarning ta’siri kuchayib borayotgan sharoitda kurslar ishonchli ma’lumotlarni o‘z vaqtida tarqatish uchun ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalardan foydalanish masalalarini ham qamrab oldi. Xodimlar faktlarni tekshirish, ijtimoiy tarmoqlardagi jamoatchilik fikrini kuzatib borish usullarini o‘zlashtirishdi.

Kurslar shuni ko‘rsatdiki, jamoatchilik bilan aloqalar sohasidagi kasbiy rivojlanish nafaqat adliya organlariga o‘z vazifalarini yaxshiroq bajarishga yordam beradi, balki jamiyatda ijobiy tasavvur shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Samarali muloqot fuqarolar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi.

Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_timbilding

Adliya organlari va muassasalarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari uchun tashkil etilgan kurslar nafaqat ta’lim maydoni, balki ishtirokchilar o‘rtasida jamoa ruhini mustahkamlash imkoniyati ham bo‘ldi.

Ular dastur yakunini birgalikda tushlik qilish va bouling o‘ynash bilan nishonladilar, bu esa ishtirokchilarga norasmiy suhbatlashish va jamoani yanada jipslashtirish imkonini berdi. Bunday tadbirlar do‘stona muhit yaratib, jamoa a’zolari orasidagi aloqalarni mustahkamlaydi, bu esa kelajakda hamkorlikdagi ishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 2-dekabr kuni Toshkent shahrida Fuqarolik jamiyati haftaligiga start berildi.

“Yuksalish” harakati, Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari va boshqa bir qator hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirlar istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish, shuningdek, shaffoflik va inklyuzivlikni oshirish boʻyicha muloqot va keyingi qadamlarni belgilab olish uchun ochiq platforma boʻlib xizmat qiladi.

Ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov nutq soʻzlab, Oʻzbekistonda davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtalib oʻtdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM