Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
15.5K photos
1.72K videos
33 files
6.17K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_sarhisob

Qaysi hududda eng koʻp hokim qarorlari qabul qilingan?

Navbatdagi infografikada 👉 mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari statistikasi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Matonat” filmi

Ushbu hujjatli film shunchaki hayot xronikasi emas, balki qiyinchiliklarni yengib oʻtgan, hayotning qaqshatqich zarbasi ostida ham sinmagan kuchli ayol haqida.

📹 Filmni tomosha qilish 👉https://www.youtube.com/watch?v=oTCyEmyI1jo

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin: 2024-yil 9 oylikda davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ijro intizomi va qonunbuzilishlar (vazirlik va idoralar kesimida)

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ishonchnoma tushunchasi, shakli va uni rasmiylashtirish tartibi

Ishonchnoma — bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Adliyacha iqtisod: tizimda 2024-yil 9 oylikda tejab qolingan energiya va qogʻoz miqdori

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Qanday mahsulotlar eng koʻp soxtalashtiriladi: 2024-yil 9 oylikda intellektual mulk sohasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Oltmishvoylar, yetmishvoylar, egizaklar: 2024-yil 9 oylikda FHDYga oid eng qiziq statistik maʼlumotlar

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oʻzbekistondagi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarni kuzatishga kelgan Rossiya Davlat dumasi raisi oʻrinbosari Vladislav Davankov bugun Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev markazda V. Davankov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar fuqarolarga muhim masalalarni tez va qulay hal qilishga koʻmaklashadigan raqamlashtirilgan, proaktiv va kompozit xizmatlarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Taʼkidlanishicha, davlat xizmatlari markazlari orqali 400 ga yaqin turdagi xizmatlardan foydalanish mumkin. Oʻtgan yilning oʻzida markazlar orqali mamlakat aholisiga 13 millionga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

Bir binoda DXM bilan bir qatorda adliya boʻlimi, bepul huquqiy maslahat beruvchi “Madad” NNT va yuridik xizmat koʻrsatish markazi joylashgani tufayli, fuqarolar barcha huquqiy masalalarni boshqa idoralarga qoʻshimcha tashrif buyurmasdan, joyning oʻzida hal qilish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Giyohvandlikdan qanday tuzalish mumkin? Shifokor bilan suhbat


Giyohvandlik qanday kasallik, uni uy sharoitida davolash mumkinmi, “o‘tirib qolish” qancha davom etadi, undan davolanish uchun nega maqbul fursat qachon, an’anaviy narkotik moddalarga qaraganda zamonaviy “tabletka”lar xavfsiz, ulardan qutulish osonmi, nima uchun yoshlar bu kasallikka moyil bo‘lmoqda, giyohvand moddalar bevosita ichki organlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi, bemorlar qanday davolanadi? Shu va shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari Furqat Bahromov javob berdi.

To‘liq video: 👉 https://youtu.be/B4eEYm7FL54

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

70 yoshli oʻquvchidan TOP-500 talikkacha:
yuridik taʼlimning 2024-yil 9 oylikdagi asosiy koʻrsatkichlari

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Namangan viloyatida tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor qabul oʻtkazildi

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Namangan viloyatida tadbirkorlarga oʻz mahsulotlarini tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatildi.

Xususan, A. Najmiddinov tomonidan topshirilgan “Akmilk” tovar belgisini ekspertiza jarayoni toʻgʻrisida maʼlumot olish, “Sadaf grand oil” MChJ rahbariga “SADAF SAROY” belgisini roʻyxatdan oʻtkazish hamda H. Odilovga “DARMON” tovar belgisining sinflarini koʻpaytirish uchun talabnoma topshirishda amaliy yordam berildi.

Shuningdek, “Namangan tola tekstil” MChJga tegishli boʻlgan “Zinnur” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holati boʻyicha chora koʻrish yuzasidan joyida murojaat qabul qilindi.

Bundan tashqari, geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishning afzalliklari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakuni boʻyicha ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi, shuningdek, ularga ixtiro, foydali model va sanoat namunalari, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida buklet hamda flayerlar tarqatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

🎨“Maftunkor ranglar jilosi”ga taklif etamiz


“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida 30-oktabr kuni soat 11:00 da “Xalqlar doʻstligi” saroyida 7—17 yoshdagi nogironligi boʻlganlar oʻrtasida navbatdagi “Maftunkor ranglar jilosi-2024” respublika rasm chizish tanlovi, rasm koʻrgazmasi va shaxmat sport turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtadi.

Jurnalist va blogerlarni hamda jamoatchilik vakillarini nogironligi boʻlgan bolalar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlaridan bahramand boʻlishga chorlab qolamiz!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Otalikni belgilash, haqorat va montaj videolarni aniqlash
: 2024-yil 9 oylikda qaysi yoʻnalishlarda eng koʻp sud ekspertizalari amalga oshirildi (hududlar kesimida)

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Prezident qarorlari hayotda va nazoratda

“Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq adliya organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha nazorat olib borishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Fargʻona viloyatida yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash ishlari qanday olib borilayotganiga eʼtibor qaratdik.

Ayni kunlarda Fargʻonada ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 46 nafar bolalarga 8 mlrd 765 mln soʻm mablagʻ hisobiga xonadonlar xarid qilindi. Mazkur uylarni bolalarga belgilangan tartibda taʼmirlangan, jihozlagan holda topshirish ishlari tashkil etilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_ulash

👍 Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda 1-noyabr kuni “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi oʻtkaziladi.

Aksiyada adliya organlari va muassasalari xodimlari bilan birga Toshkent shahri aholisi va mehmonlari ham ishtirok etishlari mumkin.

❗️Eslatma: donor boʻlish uchun pasportning (ID) asli yoki elektron shakli kerak boʻladi.

Qon va qon mahsulotlari murakkab tibbiy va jarrohlik muolajalarni boshdan kechirayotganlarga va baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlarga samarali yordam koʻrsatishda juda muhim manbadir. Donor bemorlarni hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.

Adliya vazirligi jamoasi “Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling” chaqirigʻi bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasiga qoʻshilishga chorlaydi.

🗓 Vaqti va sanasi: 1-noyabr, 09:30 — 13:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh, 5 (Adliya vazirligi binosining yon tomonida).

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM