#Davlat_xizmatlari
Xitoyning Suchjou shahridan kelgan investor Yuan Dongsheng Oqdaryo tuman davlat xizmatlari markazida “Yaxing Guoji Maoyi” MCHJni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.
Maʼlumki, markazlarda mamlakatimizga investitsiya olib kirish niyatida boʻlgan ishbilarmonlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, investorlar xonasi, navbatsiz xizmat koʻrsatish shular jumlasidan. Yuan Dongsheng ham 5 daqiqa ichida davlat xizmatlaridan foydalanib, yurtimizda qonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻldi.
Asosan eksport, import va servis faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi korxona nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish, sotib olish, qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Investor kelgusida 30 dan ortiq ishlab chiqarish va xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish niyatida.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi vakillari Filippinda oʻtkazilgan xalqaro forumda ishtirok etdi
Adliya vazirligi xodimlari Filippin poytaxti Manila shahrida oʻtkazilgan 16-Xalqaro investitsiya siyosati forumida ishtirok etdi. Ushbu forum Filippin Hukumati tomonidan tashkil etilgan. Tadbir dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan, jumladan Oʻzbekistondan kelgan davlat organlari va biznes hamjamiyati rahbarlari, yetakchi mutaxassislar hamda investitsiya sohasidagi ekspertlarni yagona maydon atrofida birlashtirdi.
Forum davomida investitsiyalar, inson huquqlari, ekologiya, soliq boshqaruvi bilan muvofiqligi hamda hukumatlararo investitsiyani ragʻbatlantirish va himoya qilish bitimlari hamda hukumat va investorlar oʻrtasidagi investitsiya shartnomalari doirasida hukumatlar tomonidan investitsiyalarni jalb qilishda qonunchilikni takomillashtirish, avval tuzilgan bitimlar va shartnomalarni hozirgi zamon talablariga mos ravishda qayta koʻrib chiqish zarurati yuzasidan davra suhbatlari oʻtkazildi. Shuningdek, energetika sohasini, ayniqsa qayta tiklanuvchan energiyani rivojlantirish yuzasidan Energetika Xartiyasiga doir shartnomadagi mavjud boʻlgan muammolar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkil etilgan mintaqaviy texnik yordam doirasida kengroq mintaqaviy integratsiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ragʻbatlantirish uchun “Mintaqaviy savdo bitimlari va xalqaro investitsiya bitimlari boʻyicha bilimlarni mustahkamlash” mavzusidagi yigʻilishda vazirliklarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

#Adliya_sarhisob
2024-yil III chorakda qaysi hujjat eng ko‘p o‘qildi? Lex.uz statistikasi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Adliya organlari muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanmoqda

#Adliya_aksiya
Xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati aksiya doirasida Mingbuloq hamda Uychi tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazdi. Tadbirlar tafsilotlari 👉 videorolikda.

Notarius litsenziyasi to‘xtatildi
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli qarori bilan:
▫️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Norqulovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 21-oktabrdan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Adliya vazirligi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida hududiy adliya organlari tomonidan joylarda sayyor qabullar va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda:
➖Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti toʻrtinchi mintaqaviy hudud 3-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarga sayyor qabul tashkil etildi. Unda adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi xodimlari, notarius va advokatlar ishtirok etib, oʻz sohasi boʻyicha qilingan murojaatlar yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.
➖Marhamat tumani adliya boʻlimi tomonidan “Toshloq” MFY binosida sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu qabul davomida mahalladagi ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar hamda boshqa fuqarolari bilan suhbatlashib, ularning muammolari tinglandi, savollariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrimlarining muammolari oʻrganish uchun adliya boʻlimining ish yurituviga olindi.
➖Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi hamda ichki ishlar boʻlimi hamkorligida “Yortepa” MFY binosida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Jumladan, bir sudlangan fuqaro yoshga doir pensiya tayinlanishida ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani olishda amaliy yordam soʻradi. Uning murojaati boʻyicha sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kundalik hayotlaridagi huquqiy masalalar boʻyicha tushuntirish berildi.
➖Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Jahongir Zoxidov Sirdaryo tumanida sayyor qabul oʻtkazdi. Qabulda “Yoshlik”, “Bahor”, “Intilish”, “Islomobod”, “Matonat” kabi mahallalarda yashovchi fuqarolar, shuningdek, probatsiya nazoratida hamda profilaktik hisobda turuvchi shaxslarning huquqiy muammolari tinglandi.
➖Qumqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi tomonidan ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda “Sherozi” mahallasida yashovchi fuqarolar, shuningdek, probatsiya nazoratida hamda profilaktik hisobda turuvchi shaxslarning huquqiy muammolari tinglandi va tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
➖Xovos tumani adliya boʻlimi tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti 8-son tergov hibsxonasida oʻtkazilgan tadbirda Konstitutsiyada nazarda tutilgan inson huquq va erkinliklariga oid normalar, saylov qonunchiligi haqida batafsil soʻz yuritildi. Tadbir doirasida sayyor qabul oʻtkazilib, tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarning murojaatlari tinglandi.

DXMda qachon navbat kam boʻladi: davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar (2024-yil 9 oylik)

“Bor-baraka, sotildi”: 2024-yil 9 oylikda Oʻzbekistonda sotilgan eng qimmat va eng raritet avtomobillar narxi

#Muhim
📣 Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Yakkasaroy tumani davlat xizmatlari markazi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishini ma‘lum qilamiz.
Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
📌 Kanalga ulanish
Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Hududiy adliya organlari: kun davomida
🖥 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida “Yoshlar sayli” o‘tkazildi.
🖥 Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida ommaviy qabul o‘tkazildi.
🖥 Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
🖥 Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazildi.
🖥 Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Olmazor tumani yoshlari bilan uchrashdi.
🖥 Ohangaron tumani adliya bo‘limi tomonidan 4-sonli umumtaʼlim maktabida “Huquq sinfi” tashkil etilib, o‘quvchilar uchun “Huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirish” mavzusida darslar o‘tkazib kelinmoqda.
🖥 Nukus tumanidagi “Aqterek” mahallasida “Adliya kuni” doirasida yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🖥 Yunusobod tumani adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limlarida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
📌 Kanalga ulanish
Hududiy adliya organlari: kun davomida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya
⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.
📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:
▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.
❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Adliya vazirligi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida hududiy adliya organlari tomonidan joylarda sayyor qabullar va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Xususan, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda band boʻlmagan, vaqtincha ishsiz ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun Buxoro shahar “Ishga marhamat” monomarkazida sayyor qabul hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolarga qonunchilikdagi mavjud imtiyozlar hamda saylov jarayoni haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi, ularning murojaatlari qabul qilindi.
Aksiyada davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ham ishtirok etib, sohaga oid tegishli huquqiy tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, “Huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida Qorakoʻl tumani “Yangiturmush” MFY binosida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar va boshqa fuqarolar uchun sayyor qabul hamda “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi. Fuqarolarning huquqiy muammolari eshitilib, tegishli tushuntirishlar berildi. Ozodlikdan mahrum qilish joyidan qaytgan bir nafar shaxsning bandligi taʼminlandi, 10 ta murojaatlar koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga qabul qilindi.
“Huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida Namangan tumani adliya boʻlimi monomarkaz bilan hamkorlikda ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar ishtirokida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kundalik hayotlaridagi huquqiy masalalar boʻyicha mutaxassislardan tushuntirishlar oldi.
Aksiya doirasida Boyovut tumani adliya boʻlimi tomonidan “Sovotobod” mahallasida ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi. Besh nafar fuqaroning murojaati joyida oʻz yechimini topdi, besh nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda oʻrganishni talab qiladigan 5 ta murojaat adliya bolimi ish yurituviga qabul qilindi.

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda
Margʻilonlik Tohirjon ota Yusufaliyev pandemiya davrida oʻtkir bronxit kasalligidan aziyat chekkan. Yaqin kunlarga qadar bu kasallik asoratidan qiynalar edi. Erkin Vohidov nomidagi bogʻ hududida qurilgan vorkaut maydonchasida otaxonlar bilan sport mashgʻulotlarini boshlagach u butunlay sogʻayib ketdi.
“Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorining qabul qilinishi aholining barcha qatlamlari sport bilan shugʻullanishlari uchun oʻziga xos yana bir dadil qadam boʻldi. Jumladan, Fargʻona viloyatida mazkur qaror ijrosi yuzasidan qisqa fursatlarda amaliy ishlar boshlanib ketdi.
Batafsil 👉 lavhada

Oʻzbekistonda nechta advokat bor va ularning oʻrtacha yoshi nechada? (2024-yil sentabr holatiga koʻra)

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari
📎 Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!
Adliya vazirligi barcha davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!
Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!
💡 Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!
📌 Kanalga ulanish
Adliya vazirligi barcha davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!
Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
Mehnat intizomi: rag‘batlantirish va intizomiy jazo haqida muhim 7 savolga javob
Intizomiy jazoning amal qilish muddati bir yil, bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
👉Batafsil

#Intellektual_mulk
Huquqbuzar jarimaga tortildi
Yozuvchi Sobir Oʻnar muallifligidagi “Bibisora” asari (qissa va hikoyalar toʻplami) “Т.Z.” nashriyoti tomonidan ruxsatsiz nаshr etilganligi yuzasidan tegishli сhоrа koʻrish toʻgʻrisida Adliya vazirligiga murojaat kelib tushdi.
Murojaat yuzasidan “Т.Z.N” MChJning faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazildi. Tekshiruv natijalariga koʻra, “Т.Z.N” MChJga tegishli “Т.Z.” nashriyoti tomonidan “Bibisora” asari huquq egasi ruxsatisiz, tegishli shartnoma tuzmasdan nashr etilgan hamda 2000 adadda chop etib tarqatilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan adliya organlari tomonidan “ Т.Z.N” MChJ rahbari B.N.ga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan va sudning qaroriga asosan unga MJtKning 1771-moddasi bilan 1 mln 700 ming soʻm jarima jazosi qoʻllanilgan.
Agarda sizning mualliflik huquqlaringiz buzilgan boʻlsa, Adliya vazirligiga murojaat qiling.

NNTlar xorijdan qancha mablagʻ oladi: 2024-yil 9 oylik koʻrsatkichlari