Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.36K videos
32 files
5.1K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Surxondaryo viloyatida markazdan eng olis hududda joylashgan mahallada aholi muammolarini oʻrgandi

“Oʻrmonchi” mahallasi viloyat markazidan qariyb 200 km uzoqlikda boʻlib, Boysun tumanining togʻli hududlaridan hisoblanadi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev “Oʻrmonchi” mahallasida uyma-uy yurish davomida fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud boʻlmagan fuqaroning murojaati ish yurituviga qabul qilinib amaliy yordam koʻrsatilishi maʼlum qilindi.

Xizmat safari davomida adliya vaziri oʻrinbosari 50-sonli hamda 53-sonli maktablarda, dastavval, oʻquvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlarini koʻzdan kechirdi. Soʻngra ushbu maktablarda yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, X.Meliyev “Oʻrmonchi” mahalla masʼullari bilan muloqot oʻtkazib, sohada yuzaga kelayotgan huquqiy muammolarga alohida toʻxtaldi va oʻzining fikr va mulohazalarini bildirdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

"Huquq maktabi" — huquqni oʻrganishda sizning shaxsiy yordamchingiz

Bugun biz ushbu ilovaga qanday oson va tez roʻyxatdan oʻtish haqida aytib beramiz.

Avvalo, smartfoningizdagi App Store yoki Play Market-ni oching. Qidiruv qatoriga "Huquq maktabi" deb yozing va ilovani yuklab oling.

Oʻrnatgandan soʻng, ilovani ishga tushiring va "Akkaunt yaratish" tugmasini bosing. Telefon raqamingizni kiriting va "Davom etish" tugmasini bosing. Sizga SMS orqali tasdiqlash kodi yuboriladi — uni tegishli maydonchaga kiriting.

Endi shaxsiy maʼlumotlaringizni toʻldiring. Faoliyat sohasini va maʼlumotingizni koʻrsating. Keyin ishonchli parol oʻylab toping va "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosing.

Tabriklaymiz! Sizning roʻyxatdan oʻtishingiz muvaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz "Huquq maktabi" ilovasining barcha imkoniyatlaridan foydalanishingiz va mavjud oʻquv kurslarini koʻrib chiqishingiz mumkin.

"Huquq maktabi"ga bugunoq qoʻshiling va huquqiy bilimlar dunyosini oʻzingiz uchun kashf eting!
______________

«Huquq maktabi» — ваш персональный помощник в изучении права

Расскажем, как легко и быстро зарегистрироваться в приложении.

Для начала откройте App Store или Play Market на вашем смартфоне. В поисковой строке введите «Huquq maktabi» и скачайте приложение.

После установки запустите приложение и нажмите на кнопку «Создать аккаунт». Введите свой номер телефона и нажмите «Продолжить». Вам придёт СМС с кодом подтверждения — введите его в соответствующее поле.

Теперь заполните свои личные данные. Укажите сферу деятельности и уровень образования. Затем придумайте надёжный пароль и нажмите кнопку «Зарегистрироваться».

Поздравляем! Ваша регистрация успешно завершена. Теперь вы можете пользоваться всеми возможностями приложения «Huquq maktabi» и ознакомиться с доступными курсами обучения.

Присоединяйтесь к «Huquq maktabi» уже сегодня и откройте для себя мир правовых знаний!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovi oʻtkaziladi

Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga kirishni istaysizmi? Unda “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovida oʻzingizni sinab koʻring!

Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin?

Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan, umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi oldingi oʻquv semestri davomida 86 va undan yuqori foizni tashkil etgan hamda adliya tizimida faoliyat olib borish istagi boʻlgan 4-kurs talabalari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:
▫️ saralash bosqichi (har bir fakultet doirasida);
▫️yakuniy bosqich (TDYU doirasida).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 1—10-noyabr kunlari qabul qilinadi.

📎Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar tomonidan har bir fakultet doirasida tashkil etilgan Tanlov komissiyalariga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
▫️ariza;
▫️talabgorning shaxsiy varaqasi;
▫️talabgorning tanlov oʻtkazilishidan oldingi oʻquv semestri (6-semestr) oʻzlashtirish koʻrsatkichlari (transkript).

❗️Saralash bosqichi test va taqdimot shartlari asosida amalga oshiriladi. Yakuniy bosqich test, kazus (muammoli vaziyatga yechim) va blits savol-javob shartlari asosida oʻtkaziladi.

Tanlov natijalariga koʻra, I, II va III oʻrinlarni egallagan hamda tegishli nominatsiyalarga ega boʻlgan ishtirokchilar Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga qabul qilinadi.

🖥 Roʻyxatdan oʻtish

👉Tanlov nizomi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🗓 Aksiya 2024-yilning 14-oktabridan 28-oktabrgacha davom etadi.

Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
▫️sayyor qabullar, “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari;
▫️mehnat yarmarkalari;
▫️bepul yuridik yordam;
▫️huquqiy maslahatlar;
▫️ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

🗓 Imkon. Matonat. 4 kun qoldi...

Eng uzoq yoʻl ham birinchi qadamdanoq boshlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Belarus, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston adliya vazirlari va Qirg‘iziston adliya vaziri o‘rinbosari ishtirok etmoqda.

Ta’kidlanganidek, globallashuv va davlatlararoaloqalarning kuchayishi sharoitida MDH mamlakatlari huquqiy sohada faol muloqot va hamkorlikni talab etadigan yangi muammolarga duch kelmoqda.

Adliya vazirlari kengashi ishtirokchi mamlakatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, huquqiy bazani mustahkamlash va qonunchilikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Bu fuqarolar huquqlarini yanada samarali himoya qilish, huquqiy xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro majburiyatlarni bajarishga xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM