Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.06K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri Buxoroda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulovning Buxoro davlat universiteti talabalari va viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari bilan bugungi uchrashuvi adliya organlari ochiqligi va yosh avlod bilan hamkorlikka tayyorligining yorqin namunasidir.

Tadbir davomida vazir huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar, bu borada kelgusi rejalar bilan o‘rtoqlashib, yoshlarning kasbiy o‘sishi va ularning mamlakatimiz va adliya tizimini rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Vazir bugungi kunda yoshlar uchun barcha eshiklar ochiq ekanligini, O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan ularning ishtiroki va o‘zgarishlarga tayyorligiga bog‘liqligini ta’kidladi. “Sizlarning g‘oya va takliflaringiz biz uchun g‘oyat muhimdir. Biz shunday sharoit yaratishga intilamizki, siz nafaqat ta’lim olishingiz, balki o‘z bilimlaringizni amalda faol qo‘llashingiz, atrofingizdagi voqelikni yaxshi tomonga o‘zgartirishingiz mumkin bo‘lsin”, — dedi vazir.

Muloqot davomida talabalar kasbiy istiqbollari, amaliyot o‘tash va jamoatchilik tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida savollar berishdi.

Uchrashuv ilhomlantiruvchi ohangda yakunlandi: vazir talabalarni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga va tashabbuslar bilan chiqishdan cho‘chimaslikka undadi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston huquq tizimining kelajagi aynan yoshlarning g‘ayrati, shijoati va innovatsion yondashuvlariga asoslanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro murojaatlari hal etilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_statistika

📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan hududlar:
1. Farg‘ona viloyati – 97%
2. Toshkent viloyati – 96 %
3. Samarqand viloyati – 95%
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 94 %
5. Surxondaryo viloyati – 94 %

🔼Ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Nurafshon shahri davlat xizmatlari markazi – 99 %
2. Farg‘ona shahri davlat xizmatlari markazi – 99 %
3. Samarqand shahri davlat xizmatlari markazi – 99 %

📉 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan hududlar:
1. Andijon viloyati – 55 %
2. Jizzax viloyati – 60 %
3. Qashqadaryo viloyati – 69 %

🔽Ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Marhamat tumani davlat xizmatlari markazi
2. Jizzax shahri davlat xizmatlari markazi
3. Qarshi shahri davlat xizmatlari markazi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Buxoroda aholining huquqiy muammolari hal etilishini oʻrgandi


Ayni vaqtda adliya vaziri Akbar Toshqulov Buxoro viloyatida boʻlib turibdi. Asosiy eʼtibor jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli xizmat koʻrsatish, uyma-uy yurib aniqlangan fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, yoshlar bilan manzilli ishlash masalasiga qaratilmoqda.

Xususan, adliya vaziri viloyat boshqarmasi koʻmagi bilan Buxoro shahridagi 18-sonli maktabda tashkil etilgan “Huquq sinfi” faoliyati, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yoshlar va pedagoglar bilan muloqot davomida huquq fanini oʻqitish va dars jarayonlarini zamonaviy uslublar va texnologiyalar yordamida tushuntirishga doir taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

Kunning ikkinchi yarmida A.Toshqulov “Oydin nur” oilani ijtimoiy, huquqiy himoyalash markazida boʻlib, NNT tomonidan amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, vazir Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yangi maʼmuriy binosidagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi. Mutasaddilarga qurilish ishlarini jadal tarzda sifatli yakunlash topshirigʻi berildi.

Xizmat safarini A.Toshqulov Shofirkon tumanida davom ettirdi. Tumandagi “Qalmaqon” MFY hududidagi axborot kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi. Tizim xodimlari tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolari hal etish, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha mahallada amalga oshirilgan ishlar taqdimoti qilindi.

Adliya vaziri tuman hokimi boshchiligida “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi. Bu kabi taqdimot va uchrashuvlar hududdagi boshqa bir qator mahallalarida ham tashkil etildi.

Shuningdek, adliya vaziri Shofirkon tumanidagi “AMIRTEX” MCHJ faoliyati bilan tanishdi va tadbirkorning fikr-mulohazalari tinglandi. Mazkur korxonada 800 dan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM