Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.23K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Samarqand tumani bo‘ldi.

2-son IDUM binosida bo‘lib o‘tgan ushbu qabulda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi ham fuqarolarni qabul qildi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Qurbonov huquqiy murojaatlar bilan kelgan hudud aholisi muammolarini tingladi. Aholi ish va bandlik, uy-joy, kadastr, kommunal to‘lovlar, meros, yoshlar daftariga kiritish va boshqa sohalar yuzasidan adliya mas'ullari bilan muloqotda bo‘ldi.

Batafsil 👉videolavhada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari maktabda tashkil etilgan “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Namanganga amalga oshirgan xizmat safari davomida viloyat yuridik texnikumi negizidagi TDYU qoshidagi akademik litseyda boʻldi. U yerdagi talabalar uchun mavjud sharoitlar, maxsus fanlarni oʻqitish jarayonlari bilan tanishib, ular boʻyicha uslubiy koʻmak berdi.

Ayni vaqtda litsey talablariga zarur boʻlgan qoʻshimcha imkoniyatlar xususida fikr bildirilib, oʻquv ishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.

Navbatdagi manzil Namangan shahridagi 24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi boʻldi. Ushbu taʼlim muassasasida vazirlik koʻmagi bilan “Huquq sinfi” tashkil etilgan. Adliya vaziri oʻrinbosari sinfdagi sharoitlar, huquq fanini oʻqitish metodikasi va dars jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Maktab darsliklarini yanada soddalashtirish va oʻquvchilarga zamonaviy metodikalar yordamida tushuntirishga doir taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, A.Karimov Toʻraqoʻrgʻon tumanida adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi. U yerda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi, bu borada olib borilayotgan amaliy tadbirlar va targʻibot ishlarining holatini oʻrgandi.

Adliya vaziri oʻrinbosari FHDY boʻlimining ish hajmi, xizmat koʻrsatish sifati yuzasidan xodimlar bilan suhbatlashdi hamda boʻlim xodimlarning sohaga doir takliflari tingladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi vakillari Minskda MDH ishtirokchi – davlatlarining sud ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashining majlisida ishtirok etdi

Belarus Respublikasining Minsk shahrida MDH Ijroiya qoʻmitasi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi – davlatlarining sud ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashining tashkiliy majlisi oʻtkazildi.

Maʼlumot uchun: 2023-yil 13-oktabrda Bishkekda (Qirgʻiziston) oʻtkazilgan MDH davlatlari rahbarlari kengashi yigʻilishida ishtirokchi-davlatlarning sud ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan.


Tadbirda adliya vazirining oʻrinbosari Sherzod Rabiyev va Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori oʻrinbosari Uchqun Uzaqov ishtirok etdi. Majlisda muvofiqlashtiruvchi kengash reglamenti, uning kotibiyati tarkibi, ish rejasini tasdiqlash va boshqa tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash MDH aʼzo davlatlarining sud ekspertiza faoliyati sohasidagi vakolatli organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ularning tuzilmalari bilan konstruktiv hamkorlikni taʼminlash uchun moʻljallangan.

Ushbu kengashning birinchi yigʻilishida ishtirok etgan davlatlarning sud ekspertiza sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi hamda bu borada sud ekspertlarini xalqaro stajirovkalarini tashkil etish, birgalikda tadqiqotlar olib borilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yanada ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi

Jumladan, Yangiqoʻrgʻon tumani Nanay qishlogʻida faoliyat yuritayotgan Boyozbek Sharipov oʻzining saʼy-harakatlari bilan aholiga sifatli xizmat koʻrsatish bilan birga, qishloqdoshlarini bandligini taʼminlamoqda.

Bu gal keng qirliklarda “Ot sporti maktabi”ni tashkil etish niyatida. Vazir oʻrinbosari tadbirkor bilan suhbatda investitsiya jalb etish hamda yer ajratish masalasidagi murojaatiga huquqiy tushuntirish berdi.

A.Karimov Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan “Aminjon Halima tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlib, korxona faoliyati va mavjud muammolari bilan qiziqdi. Xususan, tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikdagi mavjud imkoniyat va preferensiyalar xususida toʻxtalib, aynan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati yoʻnalishida nafaqat ichki, balki tashqi bozor imkoniyatlari yuzasidan fikr bildirildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan shahar adliya boʻlimi va yuridik xizmat koʻrsatish markaz faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qildi. Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida boʻlib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, A.Karimov shahardagi “Yangi asr” mahallasi “yettiligi” bilan uchrashdi. Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, yoshlarni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va ularning huquqiy savodxonligini oshirishda adliya organlar “yettilik” bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishga tayyorligi aytib oʻtildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM