#Adliya_xabari
Intellektual mulk obyektlaridan foydalanish hamda tijoratlashtirish boʻyicha qoʻllanma jamoatchilikka taqdimot qilindi
Bugun, 3-oktabr kuni Adliya vazirligida Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Gʻoyalarni tijoratlashtirish” oʻquv qoʻllanmasi va “WIPO IP Diagnostics” instrumenti taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Unda BIMT, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, boshqa vazirlik va idoralar hamda OAV vakillari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar ishtirok etdi.
Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov oxirgi yillarda mamlakatda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida gapirib oʻtdi.
Xususan, Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida intellektual mulk obyektlarining oʻrnini oshirish maqsadida intellektual mulk tizimini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlarda ulardan foyda olish koʻnikmasini shakllantirish, ixtirochilar, mualliflar, dizaynerlar hamda boshqa intellektual faoliyat natijasi egalarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish borasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Mahalliy va xorijiy ekspertlar soʻnggi besh yilda intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha amalda oshirilgan salmoqli ishlarni eʼtirof etib, ushbu islohotlarning davomi sifatida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish uchun ularni baholash institutini yanada takomillashtirish, aholi, jumladan tadbirkorlik subyektlarida intellektual mulk haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, ularda bunday obyektlardan foyda olish yoʻlida oqilona foydalanish koʻnikmasini shakllantirish soha rivojidagi dolzarb masala ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirning asosiy qismi – “Gʻoyalarni tijoratlashtirish” oʻquv qoʻllanmasi va “WIPO IP Diagnostics” instrumenti taqdimotidir. Uning doirasida BIMT, Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligi vakillari tomonidan tegishli materiallarning mazmun-mohiyatini tushuntirilib, ulardan foydalanish va qanday ijobiy natijalarga erishish mumkinligi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi, qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
📹 Tadbir tafsilotlari
@adliyangiliklari

#Adliya_hudud
Hududiy adliya organlari: kun davomida
🖥 Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Alpomish” mahallasida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul oʻtkazildi, fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi.
🖥 Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun davra suhbati va sayyor qabul oʻtkazildi.
🖥 Qoraqalpogʻistonda “Ijro.gov.uz” elektron tizimi samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
🖥 Mingbuloq tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Qoʻgʻalikoʻl” hamda “Farovon” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
🖥 Andijon shahardagi 56-umumtaʼlim maktabida “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
🖥 Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Shovot tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali oʻrganildi.
🖥 Yakkabogʻ tuman adliya boʻlimi tomonidan yil boshidan 152 ta murojaat koʻrib chiqilgan, fuqarolik ishlar boʻyicha tuman sudiga 588 mln soʻmdan ortiq ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni aholi foydasiga undirish yuzasidan 9 ta daʼvo arizasi kiritilgan.
🖥 Urgut tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi “Quyi Kamangaron” “Kamangaron” va “Xoʻja Ahror Valiy” mahallalarda “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi.
🖥 Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi “Adliya – yoshlar orasida” aksiyasi doirasida Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti hamda viloyat yuridik texnikumi bitiruvchilari bilan uchrashdi.
🖥 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
📌 Kanalga ulanish
Hududiy adliya organlari: kun davomida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Toshkentda “Qonun ustuvorligi va barcha uchun adolatni taʼminlash sari yoʻl” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 3-oktabr kuni Adliya vazirligi tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda “Qonun ustuvorligi va barcha uchun adolatni taʼminlash sari yoʻl” mavzusidagi konferensiya oʻtkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi, ombudsman ofisi, vazirlik va idoralar, akademik hamjamiyat, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Konferensiyada soʻzga chiqqan adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov huquqiy islohotlar dasturi doirasida Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqshunoslarning kasbiy mahoratini oshirish, fuqarolik jamiyati va nodavlat tashkilotlari uchun qulay huquqiy muhitni shakllantirish kabi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Xususan, oʻtgan davr mobaynida 30 ga yaqin qonun loyihalari, tartib-qoidalar va meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqildi, 15 ming nafar mutaxassislarning bilim va koʻnikmalari oshirildi, ayollarning fuqarolik faolligini oshirishga qaratilgan 630 ta tadbir oʻtkazildi, 320 mingdan ortiq fuqaroga qonun ustuvorligi boʻyicha axborot materiallari tarqatildi.
Tadbir davomida xalqaro ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, olimlar va amaliyotchilar tomonidan dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida taqdimotlar qilindi.
Ma'lumot uchun: Konferensiya AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan Adliya vazirligi oʻrtasida 2019-yilda hamkorlikda ishga tushirilgan Huquqiy islohotlar dasturining yakunlanishi munosabati bilan tashkil qilindi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Samarqand tumani bo‘ldi.
2-son IDUM binosida bo‘lib o‘tgan ushbu qabulda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi ham fuqarolarni qabul qildi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Qurbonov huquqiy murojaatlar bilan kelgan hudud aholisi muammolarini tingladi. Aholi ish va bandlik, uy-joy, kadastr, kommunal to‘lovlar, meros, yoshlar daftariga kiritish va boshqa sohalar yuzasidan adliya mas'ullari bilan muloqotda bo‘ldi.
Batafsil 👉videolavhada

Adliya vaziri oʻrinbosari maktabda tashkil etilgan “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi
Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Namanganga amalga oshirgan xizmat safari davomida viloyat yuridik texnikumi negizidagi TDYU qoshidagi akademik litseyda boʻldi. U yerdagi talabalar uchun mavjud sharoitlar, maxsus fanlarni oʻqitish jarayonlari bilan tanishib, ular boʻyicha uslubiy koʻmak berdi.
Ayni vaqtda litsey talablariga zarur boʻlgan qoʻshimcha imkoniyatlar xususida fikr bildirilib, oʻquv ishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.
Navbatdagi manzil Namangan shahridagi 24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi boʻldi. Ushbu taʼlim muassasasida vazirlik koʻmagi bilan “Huquq sinfi” tashkil etilgan. Adliya vaziri oʻrinbosari sinfdagi sharoitlar, huquq fanini oʻqitish metodikasi va dars jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Maktab darsliklarini yanada soddalashtirish va oʻquvchilarga zamonaviy metodikalar yordamida tushuntirishga doir taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, A.Karimov Toʻraqoʻrgʻon tumanida adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi. U yerda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi, bu borada olib borilayotgan amaliy tadbirlar va targʻibot ishlarining holatini oʻrgandi.
Adliya vaziri oʻrinbosari FHDY boʻlimining ish hajmi, xizmat koʻrsatish sifati yuzasidan xodimlar bilan suhbatlashdi hamda boʻlim xodimlarning sohaga doir takliflari tingladi.

Adliya vazirligi vakillari Minskda MDH ishtirokchi – davlatlarining sud ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashining majlisida ishtirok etdi
Belarus Respublikasining Minsk shahrida MDH Ijroiya qoʻmitasi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi – davlatlarining sud ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashining tashkiliy majlisi oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: 2023-yil 13-oktabrda Bishkekda (Qirgʻiziston) oʻtkazilgan MDH davlatlari rahbarlari kengashi yigʻilishida ishtirokchi-davlatlarning sud ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan.
Tadbirda adliya vazirining oʻrinbosari Sherzod Rabiyev va Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori oʻrinbosari Uchqun Uzaqov ishtirok etdi. Majlisda muvofiqlashtiruvchi kengash reglamenti, uning kotibiyati tarkibi, ish rejasini tasdiqlash va boshqa tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash MDH aʼzo davlatlarining sud ekspertiza faoliyati sohasidagi vakolatli organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ularning tuzilmalari bilan konstruktiv hamkorlikni taʼminlash uchun moʻljallangan.
Ushbu kengashning birinchi yigʻilishida ishtirok etgan davlatlarning sud ekspertiza sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi hamda bu borada sud ekspertlarini xalqaro stajirovkalarini tashkil etish, birgalikda tadqiqotlar olib borilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yanada ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.