Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Butunjahon Intellektual mulk tashkilotining vakili bilan uchrashdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov 2-oktabr kuni Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Mualliflik huquqi va ijodiy industriyasi boʻyicha bosh direktori oʻrinbosari Silvie Forbin bilan uchrashdi.

Tomonlar kelgusida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida istiqbolli yoʻnalishlar, intellektual mulk obyektlarini himoya qilishda platformalar bilan ishlash, jumladan musiqa sohasidagi ijodkorlarga mualliflik huquqini sodda tilda tushuntirishni hamda oʻz huquqlaridan foydalangan holda daromad olishni nazarda tutuvchi bepul “CLIP” platformasining oʻzbek tiliga tarjima qilish masalalarini muhokama qildi.

S.Forbin arxiv va madaniy meros hujjatlarini raqamlashtirish, ularning huquqiy asoslarini yaratish boʻyicha ishlab chiqilayotgan qoʻllanmaning Oʻzbekistonda ham qoʻllanilishi yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi va Oʻzbekistonning ushbu yoʻnalishdagi faol harakatlari natijasi oʻlaroq, ayni vaqtda intellektual mulk sohasidagi yangi platformalarni Oʻzbekistonda ham joriy etilishi boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

M.Ikramov intellektual mulk sohasi bilan bogʻliq islohotlar oʻz natijasini koʻrsatayotganligini, jumladan soʻnggi yillar davomida fuqarolarning mazkur sohaga boʻlgan qiziqishi va huquqiy ongi sezilarli darajada ortganligi, bu esa, oʻz navbatida, xorijiy ilgʻor tajribalarni qoʻllash va kadrlar salohiyatini oshirish intellektual mulk sohasi uchun yanada manfaatli ekanligini amalda isbotlayotganligini taʼkidladi.

@adliyangiliklari
⚖️👨‍💻👩‍💻💬 • “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

👉 Batafsil va FOTOlar...

⚖️👨‍💻👩‍💻💬 • Проведена конференция на тему «Проблемы в сфере повышения правовой грамотности лиц с инвалидностью и оказания им бесплатной юридической помощи, а также пути их решения»

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

⚖️👨‍💻👩‍💻💬 • A conference on the topic "Issues and solutions in raising the legal awareness of persons with disabilities and providing them with free legal assistance" was held

👉 More & PHOTOs...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #konferensiya #конференция #conference
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri hokimlar bilan onlayn muloqot oʻtkazdi

Bugun, 3-oktabr kuni adliya vaziri bir qator tuman va shahar hokimlari bilan videokonferensiya orqali muloqot oʻtkazib, murojaatlarni tingladi. Muloqotda koʻtarilgan ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish berildi. Alohida oʻrganib chiqish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

Adliya vazirining muloqoti 4—5-oktabr kunlari davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning joriy yil 11-12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida tuman (shahar) hokimlarining vazirlik va idoralar birinchi rahbarlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish imkoniyatini yaratish topshirigʻi berilgan edi.

Bunda grafikka asosan vazirlik va idora rahbarlari tomonidan tuman(shahar) hokimlari bilan murojaat.ijro.uz platformasi orqali videokonferensiya tarzida muloqot oʻtkazishi belgilangan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayni vaqtda adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Namangan viloyatida bo‘lib turibdi. Vazir o‘rinbosari viloyatga tashrifi mobaynida dastavval Chust tumanida adliya bo‘limining umumiy faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, Prezidentimizning “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY bo‘limi, “Madad” NNT hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish markazining mas'ul xodimlari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, “Madad” NNTga fuqarolarning tashrifi, ularga yaratilgan sharoitlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish masalasi o‘rganildi. Qolaversa, davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan xodimlar va mijozlar bilan xizmat sifati va tezkorligi haqida so‘z bordi.

Tashrif mobaynida adliya bo‘limi xodimlaridan takliflar qabul qilindi va faoliyatda uchrayotgan muammolar va masalalar tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Intellektual mulk obyektlaridan foydalanish hamda tijoratlashtirish boʻyicha qoʻllanma jamoatchilikka taqdimot qilindi

Bugun, 3-oktabr kuni Adliya vazirligida Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Gʻoyalarni tijoratlashtirish” oʻquv qoʻllanmasi va “WIPO IP Diagnostics” instrumenti taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda BIMT, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, boshqa vazirlik va idoralar hamda OAV vakillari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar ishtirok etdi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov oxirgi yillarda mamlakatda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida gapirib oʻtdi.

Xususan, Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida intellektual mulk obyektlarining oʻrnini oshirish maqsadida intellektual mulk tizimini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlarda ulardan foyda olish koʻnikmasini shakllantirish, ixtirochilar, mualliflar, dizaynerlar hamda boshqa intellektual faoliyat natijasi egalarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish borasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Mahalliy va xorijiy ekspertlar soʻnggi besh yilda intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha amalda oshirilgan salmoqli ishlarni eʼtirof etib, ushbu islohotlarning davomi sifatida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish uchun ularni baholash institutini yanada takomillashtirish, aholi, jumladan tadbirkorlik subyektlarida intellektual mulk haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, ularda bunday obyektlardan foyda olish yoʻlida oqilona foydalanish koʻnikmasini shakllantirish soha rivojidagi dolzarb masala ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbirning asosiy qismi – “Gʻoyalarni tijoratlashtirish” oʻquv qoʻllanmasi va “WIPO IP Diagnostics” instrumenti taqdimotidir. Uning doirasida BIMT, Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligi vakillari tomonidan tegishli materiallarning mazmun-mohiyatini tushuntirilib, ulardan foydalanish va qanday ijobiy natijalarga erishish mumkinligi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi, qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

📹 Tadbir tafsilotlari

@adliyangiliklari