Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xorazm viloyatida aholi va tadbirkorlarning huquqiy muammolarini oʻrgandi


Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan Xorazm viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazildi.

Xususan, Urganch tumanidagi “Turkmanlar” mahallasida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda uy-joy, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, aliment, ijtimoiy himoya va boshqa masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 20 nafar kishiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganishlarni talab qiladigan 30 tadan ortiq murojaatlar adliya ish yurituviga olindi. 50 nafardan ortiq aholi vakillariga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal etish boʻyicha Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatiga va tumandagi mutasaddi idora va tashkilotlari vakillariga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Xiva tumanidagi “Xiva teks” fabrikasi hamda Xiva shahridagi “Xiva gilamlari” kombinatida boʻlib, tadbirkorlar bilan ularning faoliyatida mavjud muammolarni muhokama qildi. Muloqot davomida bildirilgan qonunchilikka takliflar kelgusida batafsil oʻrganilib, tadbirkorlik faoliyatida vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi xodimlari yurtimizni yashil makonga aylantirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda

Xususan, joriy yilning 28-sentabr kuni vazirlikning Davlat xizmatlari departamenti binosiga tutash bo‘sh hududlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu jarayonda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ham ishtirok etdi.

Taʼkidlash kerakki, daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, oʻrniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, sovuq kunlarda binolarda o‘rtacha haroratni saqlashga hissa qo‘shadi.

Bu kabi tadbirlar shahrimizning ekologik muhitini yaxshilashga hamda jamoa xodimlari o‘rtasida jamoaviy ruhni oshirishga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Mashina qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi? Muhim qoidalar
 
Xo‘sh, avvalambor, mashina qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi? Jarimani to‘lamasa ham, mashinani “qamash” mumkinmi? Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun qanday hujjat kerak? Jarima maydonchasida turgan mashinaga nimadir bo‘lsa, uni kim to‘laydi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi vakillari Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) Gansu provinsiyasida “Bir makon, bir yoʻl” dasturi doirasida XXR Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekistondan tashqari Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Tojikiston Adliya vazirliklari delegatsiyalari qatnashdi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi E. Maxkamov hamda Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh maslahatchisi X. Xusanova ishtirok etdi.

Malaka oshirish kurslari doirasida ishtirokchilar jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻzaro tajriba almashdi. Xususan, mazkur mavzularda Shimoliy-Gʻarbiy siyosiy fanlar va huquq universitetining Huquq ustuvorligi fakulteti dekani, professor Chen Van, Xitoy huquq jamiyati vitse-prezidenti Szyan Bisin oʻz maʼruzalari bilan chiqish qildilar.

Tashrif davomida Gansu provinsiyasining Londjou shahrida delegatsiya vakillari notarial idora, “Beijing Yingke” yuridik firmasi hamda Maʼmuriy ishlarni qayta koʻrib chiquvchi komissiya faoliyati bilan tanishishdi.

Malaka oshirish kurslari yakunida XXR Adliya vazirligi tomonidan huquq ustuvorligi hamda tajriba almashish yuzasidan doimiy hamkorlik qilib borish taklif etildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaymiz.

Mamlakat kelajagi, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi yoʻlidagi sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Pedagog maqomi va imtiyozlar: muhim 6 qoida
 

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Hudud24.uz shu munosabat bilan pedagog va uning maqomi haqida ma'lumot berib o‘tadi.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#Ehtirom

Adliya vazirligi tizimida bayramlar va alohida sanalar oldidan adliya organlarida koʻp yillar davomida mehnat qilgan, koʻplab shogirdlarni yetuk kadr sifatida yetkazib bergan ustoz faxriylar holidan xabar olish anʼanaga aylangan.

Chunki adolat yoʻli — sharafli, shu bilan birga sermashaqqat yoʻl, bu tanlov jasoratni, fidoiylik va sadoqatni talab etadi. Umrini fuqarolarga xizmat qilish, qonun va tartiblar ijrosini taʼminlashga bagʻishlagan insonlar mehnati hamisha el ardogʻida.

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni oldidan ushbu anʼanani davom ettirgan holda vazirlik va hududiy adliya organlari tomonidan tizimida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan faxriy ustozlar holidan xabar olinib, ularga bayram sovgʻalari topshirildi. Soha faxriylari uchrashuvlar chogʻida yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik soʻrab qoʻllarini duoga ochishdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

Oʻziga xos muhitda va soʻlim ekobogʻda oʻtkazilgan tadbirda tizimda koʻp yillar ishlagan, oʻzining halol mehnati, ibratli hayoti, ijtimoiy faolligi bilan oʻrnak boʻlgan faxriylar, sohaning salohiyatli yosh xodimlari va talabalar ishtirok etdi. Muloqotda faxriylar oʻz hayot yoʻllaridan kelib chiqib yoshlarga kerakli tavsiyalar berishdi. Keksa avlod vakillari uchun bayram dasturxoni yozilib, ularga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_faxriysi

Adliya faxriylari doim e’zozda!


68 yoshli Ravshanjon Qirg‘inov 18 yil hayotini adliya sohasiga bag‘ishlagan. Farg‘onada tizimga katta hissa qo‘shgan xodim, nafaqaga chiqqan so‘ng viloyatning Faxriylar kengashi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Samarqand shahar, Toyloq va Bulung‘ur tumanlarida bo‘ldi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Samarqand viloyatiga xizmat safari davomida Samarqand shahar 5-son FHDY bo‘limi, Toyloq tuman adliya bo‘limida bo‘ldi. Xususan, adliya organlari ish faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni, sifatini ko‘zdan kechirdi. Mavjud imkoniyatlar hamda muammolarga e'tibor qaratdi.

Jumladan, tizim mas'ul xodimlari bilan fuqarolarning huquqiy muammolari bilan ishlash, qonun hujjatlari, “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining joylardagi ijrosi, ushbu muhim hujjat doirasida fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishdi.

Toyloq tuman “Baxshitepa” mahalla binosida tashkil etilgan “Adliya kuni” loyihasi doirasidagi sayyor qabulga ulanib ketdi. Qabulda 48 nafar hudud aholisi 20 ga yaqin huquqiy muammolari bilan qatnashib, vazir o‘rinbosariga murojaat qildi. 7 ta murojaat qanoatlantirilib, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 9 tasi o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev  Samarqand viloyatiga xizmat safarini tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning huquqiy muammolarini o‘rganishga qaratdi. Xususan, Toyloq tumanidagi “PureMilky” korxonasida bo‘ldi.

2013-yilda tashkil topgan tabiiy sut va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona rahbari Mehroj Akramov adliya vaziri o‘rinbosariga korxona faoliyatini tanishtirar ekan, soliq to‘lovlari, ish faoliyatida duch kelayotgan imtiyozlar bilan bog‘liq masalalar va ularning huquqiy yechimlari haqida ochiq muloqotda bo‘ldi.

@adliyangiliklari