Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bilasizmi

Paxta terimi mavsumi boshlandi: majburiy mehnat jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi

Hokimlar, barcha darajalardagi rahbarlar aholini mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yigʻish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilishning oldini olishga masʼul.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning 3 mlrd soʻmdan ortiq pullari undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!

Sizlarni 26-sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta'minlashdagi sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo'lsin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida amaliy va manzilli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugungi kunda mingdan ortiq yoshlarning huquqiy muammolarini ijobiy hal etishga erishildi. Mazkur lavhada karmanalik yoshlar hayotidan misol.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Muhiddin Zayniddinov pensiyaga chiqqanidan soʻng 10 yildan ortiq ishlagan davri nafaqasiga qoʻshilmay qolib ketgan.

Muhiddin otaning murojaatiga koʻra, Olmazor tumani adliya boʻlimi xodimlari fuqaroning huquqlarini sud orqali tiklab berishdi va otaxonning pensiyasiga ishlagan davri qoʻshib berildi.

@adliyangiliklari
❗️Siz malakali iqtisodchi yoki huquqshunosmisiz?

Unda sizni Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash institutiga ishga taklif qilamiz.

Institut loyiha qabul qilinganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy oqibatlarni hamda qabul qilingan hujjatning tegishli maqsadga erishilganligini, samaradorligini va vujudga kelgan oqibatlarni aniqlash yo‘nalishida va boshqa tadqiqodlar olib boradi.

🔍Vakansiyalar bilan tanishish va hujjat topshirish uchun 👉havola.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Morg”dagi 3 yoshli qizchaning murdasi koʻz oldimdan ketmaydi — tergovchi

Hudud24.uzʼda “Tergovchi kundaligi” loyihasi davom etadi. Suhbatdoshimiz Jasurbek Ataniyazov koʻp yillar davomida ichki ishlar tizimida tergovchi vazifasida faoliyat yuritgan va ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori sifatida talabalarga ilm ulashmoqda.

Loyiha davomida qahramonimiz tergov amaliyotidagi jiddiy jinoyatlar, yillar oʻtsada unuta olmayotgan ishlari, yoshlarning “tabletka”ga oʻtirish oqibatlari va ayollarning qanday jinoyat koʻchasiga kirib qolishi va koʻp qotilliklarda marhumning oʻzi aybdor boʻlib qolishi kabi sohaning koʻpchilikka qiziq jihatlari haqida soʻzlab berdi.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=AUjblPeVEds

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Brend o‘zi nima?

Batafsil javob 📎 videoda

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi aralashuvi bilan koʻplab fuqarolarning muammolariga yechim topilmoqda.

Jumladan, Zangiota tumanidagi fuqarolarning muammolari adliya boʻlimi aralashgach, hal etildi.

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida batafsil hikoya qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2024-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Ish vaqti haqida muhim 8 savolga javob


Xodimga qisqartirilgan ish vaqti qo‘llanilganda uning ish haqi kamaytirilmaydi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📣📣 OʻzNNTMA NNT rahbarlari uchun malaka oshirish kurslariga talabgorlar arizalari qabuli boshlanganligini e'lon qiladi

Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

Sanasi: 2024-yil 11— 21-noyabr

Qabul kvotasi: 66 nafar NNT rahbari

❗️Malaka oshirish kursi bepul!

🗂 Hujjatlar "zip fayl" koʻrinishida [email protected] elektron pochtasiga yuboriladi:

1. Ariza (ilovaga muvofiq);
2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi (obyektivka, word formatda);
3. NNT rahbari etib saylanganligi to‘g‘risidagi hujjat (buyruq)dan ko‘chirma;
4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti,
ID kartasi) nusxasi;
5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);
6. NNT guvohnomasi nusxasi.
7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati (agar yuqori tashkiloti mavjud bo‘lsa).

Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatda nomzod tanlovda ishtirok etmaydi.

❗️Arizalar 2024-yil 20-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Saralab olish bo‘yicha tanlov 👉Nizomi.

Murojaat uchun:
(55) 503-05-12, (33) 202-15-26

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xorazm viloyatida adliya organlari va “mahalla yettilik”lari faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh hududiy adliya organlarining faoliyati hamda “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda.

Xususan, adliya vaziri oʻrinbosari Gurlan tumanidagi “Eshimjiron” mahallasida boʻlib, MFY “yettiligi” bilan uchrashdi. Asosiy eʼtibor aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar, ularni hal etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligi taʼminlash, yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, oilaviy zoʻravonlikni oldini olish kabi masalalarga qaratildi. “Mahalla yettiligi” faoliyatini yaxshilash boʻyicha xodimlarining taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Vazir oʻrinbosari tuman markazida joylashgan “Gurlan sport majmuasi”da boʻlib, unda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sportni rivojlantirish imkoniyatlari koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, X.Meliyev Gurlan tumanida davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat koʻrsatish markaz va adliya boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Urganch shahrida “Thermo Plus” Khorezm insulation Group tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorga sohaga oid qonunchilik boʻyicha tushuntirishlar berildi, uning muammolari oʻrganilib, takliflar tinglandi.

@adliyangiliklari