Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 17-sentabr kuni Adliya vazirligida Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Murojaatlar bilan ishlash samaradorligini taʼminlash: nazariya va amaliyot” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
«Samosud» uchun qanday javobgarlik bor?
 

Har bir jamiyatda barqarorlik va rivojlanish tartib-intizom, huquqlar va erkinliklarning ta'minlanganligi, umuman olganda huquqlilikning qaror topgani bilan baholanadi. Azaliy qonuniyat shu.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 11-bandiga muvofiq, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial idora tashkil etgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlaganidan keyin o‘z xohishiga ko‘ra Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan notariuslar lavozimlarining eng kam sonidan ko‘p bo‘lmagan boshqa notarial okrugda faoliyatini davom ettirishi mumkinligi qayd qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga Amudaryo tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius R.Niyazimbetovning notarial okrugini To‘rtko‘l tumaniga o‘zgartirish haqidagi xabarnomasi kelib tushgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 5-sentabrdagi 194-um-son buyrug‘i bilan Amudaryo tumanidan hisob ro‘yxatidan chiqarish haqidagi xulosa tuzilib, hisob ro‘yxatidan chiqarildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘istonda “Adliya yoshlarga ko‘makdosh!” shiori ostida keng qamrovli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Amangeldi Prenov tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar haqida ma'lumot berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Ohangaron tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Oybuloq” mahallasida aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanib, ularni tahlil qilish va bartaraf etish boʻyicha Mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.

🖥 Zarbdor tumanida oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabul davomida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi A.Ergashev tomonidan aholiga huquqiy tushuntirishlar berildi, oʻrganish talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.

🖥 Adliya xodimlari koʻmagida Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi Zuhra Ibragimova Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oldi.

🖥 Chiroqchi tuman adliya boʻlimida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil qilindi.

🖥 Uchqoʻrgʻon tumanida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan 4 mingdan ortiq xonadonning muammosi oʻrganildi.

🖥 Sirdaryo tuman adliya boʻlimida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da maktab oʻquvchilari adliya faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🖥 Adliya vazirligi va Kadastr agentligi masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Navbahor va Xatirchi tumanlarida 20 dan ortiq davlat tashkiloti vakillari ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

🖥 Parkent tumani 1-son FHDY boʻlimida 39-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2024-yilning 27-sentabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10-00 dan boshlab videotasvirga olinib, internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Fargʻonada adliya koʻmagi bilan 22 mingdan ortiq yoshlarning sharoitlari yaxshilanmoqda


Ozodbek Tojimatov Oltiariq tumanining “Yangiturmush” mahallasida onasi bilan birga istiqomat qiladi. U qoʻli gul mashina ustasi. Biroq u avtoulovlarni taʼmirlashda kerak boʻladigan texnik vositalarga ehtiyoji bor. Adliya vakillari uning ehtiyojidan kelib chiqib zarur boʻlgan texnik toʻplamga ega boʻlishda amaliy yordam berdi.

Quvasoy shahrining “Huvaydo” mahallasida yashovchi Bahriddin Omonaliyev amakisi bilan birga istiqomat qiladi. U yuk mashinalarni taʼmirlashni oʻrganish uchun qoʻshnisiga shogirdlikka tushgan. Faqat uning bir ehtiyoji — payvandlash apparatiga ega boʻlish edi. Mahalladagi yoshlar yetakchisi orqali u bu ehtiyojini adliya boshqarmasi vakillari yetkazdi. Koʻp oʻtmay “adliyachilar” tomonidan unga zarur boʻlgan vositalar homiylik mablagʻlari asosida olib berildi.

Quvasoylik Umidjon Odilov yoshligidan metalldan buyum va turli shakllar yasaydi. Yaqinda payvandchilik kasbiga ham oʻqib olgan. U mana shu hunari orqali moddiy ehtiyojlarini qoplash va halol kasb qilish niyatida. Faqat sharoiti tufayli payvandlash uskunasini olishga biroz oʻylanib turgan edi. Mahalla yetakchisining maslahati bilan u adliya vakillariga murojaat qildi va unga payvandlash uskunasi homiylik asosida olib berildi.

Quvasoylik Ilhom Oʻktamov yaqinda migrantlikdan qaytdi. Musofirchilikning ogʻir kunlarini boshidan kechirgan Ilhomjon quyosh panellarini oʻrnatish va taʼmirlash bilan shugʻullanmoqchi. Mahalla yetakchisining tavsiyasi bilan unga shuruplash uskunasi taqdim etildi.

Ayni kunlarda 4-sektor hududlaridagi minglab yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning muammolarini oʻrganish yuzasidan jadal suratlarda xayrli ishlar davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻistonda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqticha toʻxtatildi


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 13-sentabr kungi 11-son majlis qarori va Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 16-sentabrdagi buyrugʻi bilan
▫️Shumanay tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius K.Kadirov (QR0021, 22.04.2020-jil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 13-sentabr kunidan eʼtiboran 15 kun muddatga toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Huquqiy bilim jamiyatning har bir aʼzosida boʻlsin: Qoraqalpogʻistondagi “Adliya sayli”dan eksklyuziv

Adliya vazirligi tomonidan tez-tez tashkil etilayotgan, mamlakatimizning turli hududlarida odamlarga huquqini anglatish mezoniga asoslangan tadbirlar doirasida, Adliya vazirligi tashabbusi bilan 18-sentabr kuni Nukus shahridagi monomarkazda oʻtkazilgan “Adliya sayli” huquqiy aksiyasida ham aholining katta qatlami qamrab olindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari