Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.7K photos
1.43K videos
32 files
5.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Oqoltinlik Azizbek 7 yoshida qayta tugʻildi

Adliya organlari tomonidan fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda koʻmaklashish maqsadida uyma-uy yurish orqali aholi bilan muloqot qilinmoqda. Bu mexanizm koʻplab fuqarolarni yillar davomida oʻylantirib kelayotgan masalalariga yechim topishda muhim omil boʻlmoqda.

Oqoltin tumanidagi “Boʻston” mahallasida yashovchi Dilfuza Shodiyevaning farzandi Azizbek Shodiyev 7 yoshda, biroq ayrim sabablarga koʻra, shu kunga qadar tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi olinmagan.

Tuman adliya boʻlimi xodimlarining uyma-uy oʻrganishlari davomida aniqlangan ushbu huquqiy muammo bugun ijobiy hal etildi.

FHDY boʻlimi tomonidan 2017-yilda tugʻilgan Shodiyev Azizbek Yaxyobek oʻgʻlining muddati oʻtgan tugʻilishi qonuniy qayd etilib, tugʻilganlik guvohnomasi taqdim qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Bulungʻur tumani “Avliyo Parpi” mahallasida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi. Tadbir doirasida tuman adliya boʻlimi, FHDY, DXM, notarius hamda “Madad” NNT, xodimlari tomonidan “Avliyo Parpi”, “Xoʻjamazgil” va “Esonturdi” mahallalari aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning 10 ga yaqin huquqiy muammolari qabul qilindi, 5 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius, “Madad” NNT xodimi tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida huquqiy muammosi mavjud boʻlgan fuqarolarga uyma-uy yurish orqali huquqiy yordam berish choralari koʻrildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi


Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Xurshida Axadilla qizi Suyunova 2024-yilning iyul oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Xurshida Suyunova Adliya vazirligi tizimidagi oʻz faoliyatini 2020-yilda Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlagan. Soʻngra u ushbu boshqarmada katta maslahatchi lavozimida ishlagan. 2022-yilning iyun oyidan boshlab esa yetakchi maslahatchi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Xurshida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish sohasida, shu jumladan inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qilish va takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlar tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratning zamonaviy usullarini joriy etish, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, inson huquqlari sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish yoʻnalishlarida samarali faoliyat yuritmoqda.

Vazirlik jamoasi Xurshida Suyunovani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Turmush oʻrtogʻim bilan nikoh qurganimizga 10 yildan oshdi, ayolim bilan nikoh shartnomasi tuzish istagi paydo boʻldi qayerga murojaat qilishimiz mumkinligini bilmay turganimizda uyimizga FHDY boʻlimi xodimlari kirib kelishdi”, — dedi 87 yoshli Raxmon bobo.

Adliya organlari vakillari har bir mahallada fuqarolarning huquqiy muammolarini oʻrganishlari davomida turli taqdirlar va turli masalalar bilan yuzma-yuz kelishadi.

Qamashi tumani adliya boʻlimi FHDY xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy koʻmak berib kelinmoqda.

Shunday targʻibot tadbirlarining birida Qamashi tumanida yashovchi Nabiyevlar oilasining nikoh tuzilganlik guvohnomasi yoʻqligi aniqlandi. Nabiyev Rahmon bobo hamda Jabborova Norkumush ayaning 10 yillik nikohlari Qamashi tuman FHDY boʻlimi tomonidan qonuniy qayd etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Mamazokir Yuldashev: 61 yillik muammo tufayli qiyinchiliklardan qutildim

Adliya organlari vakillari har bir mahallada fuqarolarning huquqiy muammolarini oʻrganishlari davomida turli taqdirlar va turli masalalar bilan yuzma-yuz kelishadi.

Shunday tadbirlar davomida “Poloson” MFYda yashovchi M.Yuldashevga shu kunga qadar tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilmaganligi oydinlashdi. Shu sababli ushbu fuqaro 61 yoshga toʻlguncha fuqarolik pasporti olmaganligi, shu bois koʻplab qiyinchiliklarni boshidan kechirib kelayotgani maʼlum boʻldi.

Zudlikda adliya boʻlimi tomonidan bu holat ish yurituviga olinib, fuqaroning shaxsi haqida maʼlumotlar oʻrganildi. Tuman adliya boʻlimi FHDY arxivida 1963-yil 12-aprelda qayd etilgan dalolatnoma yozuvi asosida tugʻilganlik haqidagi guvohnoma qonuniy tartibda rasmiylashtirib berildi.

Endilikda Mamazokir otaga fuqarolik pasporti olib berish uchun tegishli tartibda harakatlar amalga oshirilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Fuqaroga yetkazilgan zarar undirib berildi


Sirdaryo tuman hokimining tegishli qarori bilan fuqaro M.Nurbekovga Sirdaryo shahar “Yoshlik” mahallasi hududida maishiy xizmat koʻrsatish binosi qurish uchun 254 kv.m yer ajratib berilgan. Biroq ushbu yer maydoni boshqa shaxsga tegishli boʻlgan. Qurib bitkazilgan bino esa buzilishi belgilangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Дюфалак” Kontrafakt dori mahsuloti savdosiga chek qoʻyildi


Adliya vazirligiga Abbott Products Operation AG kompaniyasiga tegishli boʻlgan “Дюфалак” tоvаr belgisi “Z.N. F..” XK huquq egasining roziligisiz foydalanilayotganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Shunga koʻra vazirlik tomonidan belgilangan tartibda “Z.N. F..” XKda tekshiruv oʻtkazilganda “Дюфалак” tоvаr belgisiga fonetik jihatdan iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Dyufalaktuloza” belgisidan dori vositalari qadog‘ida foydalanib kontrafakt mаhsulоt ishlab chiqarilganligi aniqlandi

Ushbu aniqlangan holat boʻyicha kontrafakt mahsulotlari vazirlikning taqdimnomasiga asosan yoʻq qilindi.

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📣 Yoshlar, zo‘r imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan 15-avgust kuni “Huquqiy bilimlar” tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovda umumiy o‘rta ta'lim va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o‘quvchi-yoshlari qatnashishi mumkin.

🖥 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak (ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 13-avgust soat 23:59 gacha).

Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilarga elektron platformada 30ta test va bitta huquqiy savol beriladi.

G‘oliblar planshet, poverbank, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

📎 Eslatib o‘tamiz, tanlovda faqat bitta akkauntdan qatnashish mumkin.

Bilimingizni sinang va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting.

Barcha ishtirokchi yoshlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 7-avgust kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi. Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 22 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
▫️Madaminov Oyatilloxon Shaxobiddinovich;
▫️Raxmonov Xusniddin Abdishukurovich;

Jizzax viloyatidan:

▫️Rajabov Rabbim Onarboyevich;
▫️Habibullayeva Zarnigor Habibulla qizi;

Qashqadaryo viloyatidan:
▫️Sheraliyev Ilxom G‘ulomboyevich;

Samarqand viloyatidan:
▫️Jonuzokova Xabiba Amirkulovna;

Surxondaryo viloyatidan:
▫️Abramatov Uktam Toshtemir o‘g‘li;
▫️Allayarova Muattar Chariyarovna;

Toshkent shahridan:
▫️Xaydarova Dilbar To‘xtamurodovna;

Farg‘ona viloyatidan:
▫️Mirzayev Maqsadjon Muxammadali o‘g‘li;

Malaka imtihoni joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Multimedia markaziga yangi rahbar tayinlandi

Sevara Urinbayeva joriy yilning 1-avgust kunidan “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining multimedia boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Urinbayeva Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.

Multimedia boʻlimi faoliyati aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini va savodxonligini oshirishga qaratilgan boʻlib, aholini qiynab kelayotgan huquqiy masalalar boʻyicha ishonchli va obyektiv axborot manbasi, eng asosiysi fuqarolar bilan samarali har tomonlama aloqa oʻrnatish mexanizmidir.

Multimedia boʻlimi huquqiy mavzularda audio va videokontentlar tayyorlab kelmoqda. Xususan, boʻlim tomonidan yoʼlga qoʻyilgan “Mahalla huquqshunosi”, “Huquqshunos oshxonasi”, “Isteʼmolchi advokati”, “Suhbatdosh”, “Tergovchi kundaligi” va boshqa bir qator loyihalar oʻz muxlislariga ega. Shuningdek, ijtimoiy roliklar, hayotiy hikoyalarga asoslangan syujetlar ham tayyorlanadi. Video mahsulotlar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda munosib oʻringa ega.

Adliya vazirligi jamoasi S. Urinbayevani yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Norin tumanida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi.


Norin tumani 2-sektor shtabi binosida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi. Unda “Xoʻjaobod”, “Boyovul”, “Nurziyo” va “Rovot” MFYlarning fuqarolari ishtirok etdi. Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan sayyor qabul oʻtkazilib, qabulda 30 nafar fuqaro ishtirok etib, ularni 9 nafarining murojaati adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.

Shuningdek, tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan 60 ta xonadonga kirilib, ularning huquqiy muammolari oʻrganildi va oʻrganish davomida kadastr masalasiga doir 20 ta, FHDY masalasiga doir 13 ta va boshqa masalalarda 4 ta huquqiy muammolar aniqlandi. 12 ta sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Shu kuni boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan otaliqqa olingan Norin tumanidagi 27-sonli umumtaʼlim maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, huquq sinfi uchun ajratilgan xonalarni jihozlash uchun tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor foydasiga 191 mln soʻm undirib berildi

“Shohruh biznes taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyatining rahbari Koson tumani adliya boʻlimiga murojaat qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Samarqandda "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi boshlandi.

"Huquqiy targ‘ibot kuni" hamda Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustgacha e'lon qilingan "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi doirasida Samarqand tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi mas'ullari ishtirokida "Yangiariq" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda fuqarolardan, xususan, mahalla xotin-qizlaridan ko‘chmas mulk va meros, familiyani o‘zgartirish, sanatoriyaga yo‘llanma olish va boshqa masalalarga oid 15 ta murojaat qabul qilindi. Adliya mas'ullari 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berishdi, 8 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, mas'ullar qonunchilikdagi yangiliklar, "Mahalla yordami" telegram boti va uning afzalliklari, "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.

@adliyangiliklari