Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
Adliya idoralarida yoshlar bilan ishlash muhim yoʻnalishlaridan biri. Har bir hududda otaliqqa olingan yoshlar mavjud. Navoiy viloyatida ularning safi 13 mingdan ortadi. Yoz mavsumida yoshlarning boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish maqsadida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hududning “Farovon” mahallasi yoshlari bilan tadbirlar oʻtkazdi.
@adliyangiliklari

Yoshlar bilan harbiy qismda bir kun
Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan yozgi ta’til davrida yoshlarning, xususan, bo‘limga otaliqqa biriktirilgan maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan Ochiq eshiklar kuni doirasida tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan Shirin shaharidagi harbiy qismga xovoslik yoshlarning sayohati tashkil qilindi.
👉Batafsil

#Adliyadan_javob
❓ ®️Tovar belgisi qanday ro‘yxatga olinadi?
— O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisini ro‘yxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Adliya vazirligining Sanoat mulki muhofazasi portaliga (im.adliya.uz) talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.
Portalda tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza shakllantirish jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
▫️One ID tizimi orqali portalga kirish;
belgi egasining JSHSHRI yoki STIR raqami kiritilish orqali huquq egasini ko‘rsatish;
▫️talabnoma patent vakili yoki ishonchli vakil orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasini portalga biriktirish;
▫️ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan belgining tasvirini portalga biriktirish va belgini tasvirlovchi bandlarni to‘ldirish;
▫️belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlanganlar orasidan tegishli sinflar va tovarlar ro‘yxatini belgilash;
▫️kiritilgan ma’lumotlarga aniqlik kiritgan holda arzani yakunlash;
Tegishli davlat boji ariza yakunlangandan so‘ng onlayn shaklda invoys raqamiga to‘lov qilish orqali amalga oshiriladi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Farg‘onada adliya vakillari fuqaroning 5 yillik muammosiga qonuniy yechim topishdi
Qo‘qonlik Z.Qodirova 2019-yilda qizalog‘ini Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida dunyoga keltirgan. Biroq musofirchilikning dardu tashvishlari bilan bo‘lib sevimli jigarbandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olmagan edi. Besh yil davomida qizalog‘ini bog‘chaga joylashtirishda ham bir talay muammolarga duch keldi.
Adliya vakillarining Qo‘qon shahridagi «Ho'qandiy» mavzesida uyma-uy yurib aholining huquqiy muammolarini o‘rganish jarayonida Z.Qodirova 5 yildan buyon ushbu muammoga yechim topa olmayotgani oydinlashdi va u ushbu masalani qonuniy hal qilishda amaliy ko‘mak so‘ragan.
Ushbu murojaat Qo'qon shahar adliya bo‘limi ish yurituviga olinib masala ijobiy yechim topdi. "Minsk" konvensiyasiga asosan, Z.Qodirova farzandiga qonunlar doirasida “metrika” olib berildi va tantanali topshirildi.

#Adliya_xabari #Qabul2024
❗️TDYU bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga kirish uchun xorijiy fuqarolardan ariza qabul qilish davom etmoqda
2024/2025-oʻquv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetiga xorijiy davlatlar fuqarolari tomonidan https://online.tsul.uz/ portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish davom etmoqda.
📄 Taqdim etiladigan hujjatlar:
➖ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (xorijiy davlat pasporti yoki ID kartasi nusxasi);
➖ taʼlim haqidagi hujjat (maktab (litsey, kollej) attestati (diplomi) — bakalavriatga topshirayotganlar uchun hamda bakalavriat diplomi — magistraturaga topshirayotganlar uchun).
❗️ Hujjatlarni onlayn qabul qilish 20-avgustga qadar (shu kuni ham soat 23:59 ga qadar) davom etadi.
Ayni paytda abituriyentlarni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan.
☎️ Murojaatlar uchun: +99897 198 00 80
@adliyangiliklari
❗️TDYU bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga kirish uchun xorijiy fuqarolardan ariza qabul qilish davom etmoqda
2024/2025-oʻquv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetiga xorijiy davlatlar fuqarolari tomonidan https://online.tsul.uz/ portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish davom etmoqda.
📄 Taqdim etiladigan hujjatlar:
➖ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (xorijiy davlat pasporti yoki ID kartasi nusxasi);
➖ taʼlim haqidagi hujjat (maktab (litsey, kollej) attestati (diplomi) — bakalavriatga topshirayotganlar uchun hamda bakalavriat diplomi — magistraturaga topshirayotganlar uchun).
Ayni paytda abituriyentlarni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan.
☎️ Murojaatlar uchun: +99897 198 00 80
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
15 yildan soʻng qonuniy nikoh qayd etildi
Bugun adliya organlari xalqqa yanada yaqin. Uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aksiyalarini oʻtkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotida duch kelayotgan huquqiy muammolar oʻrganilmoqda.
Jarayonda turli taqdirlar bilan yuzma-yuz kelib, tizimli muammolar aniqlanmoqda. Jumladan, Sayxunobod tuman adliya boʻlimi xodimlarining oʻrganishlari natijasida “Oʻrikzor” mahallasida yashovchi Axliyevlar oilasi 15 yildan buyon sharʼiy nikoh asosida yashab kelayotganligi, qonuniy nikohning oʻz vaqtida qayd etilmagani farzandining ham hujjatsiz boʻlib qolishiga sabab boʻlgani maʼlum boʻldi.
Sayxunobod tuman adliya boʻlimi xodimlari darhol ushbu muammoning huquqiy yechimiga kirishishdi. Bugun FHDY boʻlimi tomonidan 15 yillik nikoh qonuniy qayd etilib, Axliyevlar oilasiga nikoh guvohnomasi hamda 2020-yil tugʻilgan farzandiga otalikni belgilash tartibida guvohnoma taqdim qilindi.

#Adliya_xabari
Fotografiya asaridan ruxsatsiz foydalanish holati bo‘yicha chora ko‘rildi
Аdliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida “Toshkentdan Chirchiqqacha” nomli fotografiya asari huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan “O‘zbekiston nashriyot matbaa ijod uyi” MChJ tomonidan maktab darsligida foydalanilganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan vazirlik tomonidan “O‘zbekiston nashriyot matbaa ijod uyi” MChJga nisbatan mualliflik huquqini buzganlik uchun tegishli huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Hurmatli ijodkorlar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligiga murojaat qiling.

#videodayjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Biologik aktiv qoʻshimchaning kontrafakt nusxasi fosh etildi
“Sanofi” kompaniyasining (Fransiya) murojaatiga asosan “A.Ph.” MChJda adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida “Sanofi” kompaniyasining ruxsatisiz “MAGNE B6” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan “MAGNE B6” belgisidan dori vositalarining qadoqlarida foydalanilayotganlik holati aniqlandi.
Ushbu holat bo‘yicha “A.Ph.” MChJ rahbariga nisbatan MJtkning 177-moddasi (O‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish) bilanma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborildi va sud qaroriga ko‘ra MChJ rahbariga 6,8 mln so‘m jarima jazosi tayinlanib, huquqbuzarlik bartaraf etildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi Milliy qoʻmitasi aʼzosi, Inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha Xitoy jamiyati raisining oʻrinbosari janob Tszyan Tszyango bilan uchrashdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi
Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Sergeli tumanidagi kichik sanoat zonasiga tashrif buyurib, u yerda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirkor va faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan muloqot davomida, koʻplab ishchi oʻrin yaratgan trikotaj va plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga brend olishning afzalliklari hamda brendni roʻyxatdan oʻtkazmay ishlashning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlarga oʻz soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida maʼlumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari oʻrganildi hamda mavjud masalalar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.