Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Namangan viloyati akademik litseyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Xizmat safari jarayonida litseyda yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirilib, o'quv va Idrok intellektual xonalari, IT klub, Yuridik klinika, sud zali, talabalar turar joyi, faollar zali, yozgi va qishki sport maydonlari, oshxona, axborot resurs markazidagi imkoniyatlar o'rganildi.

Texnikum negizida tashkil etilgan Akademik litsey faoliyati yuzasidan ham fikr-mulohazalar tinglandi. Xodimlar bilan suhbatlashish chog’ida mavjud muammo va kamchilik bartaraf etish lozimligi aytib o’tildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Chortoq tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.


Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Chortoq tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish kerakligi taʼkidlandi.

Batafsil👈🏻

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob #ochiq_adliya

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ijro intizomi va qonunbuzilishlar


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig’ini “Yettiligi” bilan uchrashuv o’tkazdi.


Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimidan iborat mahalla “yettiligi” bilan muloqot olib bordi.

Muloqot davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlashda, aholining mavjud muammolari hal etishda mahalla faollari bilan birgalikda, “Mahalla yettiligi”ning ham o’rni alohida ekani ta'kidlandi.

Muloqotda shuningdek, mahalla aholisininig huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida mahalla "yetiligiga”ga kerakli tavsiyalar berildi

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob #ochiq_adliya

DXM da qachon navbat kam bo‘ladi:
davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar


Batafsil infografikada 👆🏻

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Yangiqo’rg’on tumanida oʻrganish olib bordi.


Dastlab, Yangiqo’rg’on tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganishlarda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada yaxshilash hamda tizimda ishlayotgan kadrlarni fuqarolar bilan muloqot qilishda xushmuomalalik va odob-ahloq meʼyorlariga amal qilish kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, davlat xizmatlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subʼektlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, sohani rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy etish va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

@adliyangiliklari