Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.15K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Rishton tumanida sayyor qabul oʻtkazildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Rishton tumanidagi “Xalqaro kulolchilik markazi”da fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Adliya boshqarmasi boshligʻi A.Buriyev tomonidan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sogʻliqni saqlash, bandlik, sud hujjatlari ijrosi kabi masalalar yuzasidan 12 ta murojaatlari tinglandi. Sayyor qabul davomida kelib tushgan 5 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 7 ta murojaatlar koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

Bundan tashqari, tadbir davomida fuqarolarga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olish, sanatoriyga navbatga qoʻyish, kadastr hujjatlaridan nusxa olish kabi 6 ta sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

📣 Joriy yilning 20-iyun kunidan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan 👉https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn hujjat topshirish jarayoni boshlanadi.

Batafsil ma'lumot 👉 videorolikda

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari xizmat safari bilan Samarqandda

Adliya vaziri oʻrinbosari Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.

Muzraf Ikramov xizmat safarining ilk kunida Samarqand shahridagi Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat fondi va “Doʻstlik uyi” faoliyati bilan tanishdi.

Viloyatda faoliyat olib borayotgan 40 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari masʼullari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarini, masalalarini oʻrgandi. Ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar koʻrilishini maʼlum qildi. Soha vakillarining taklif va mulohazalarini koʻrib chiqdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat fondi va “Doʻstlik uyi” rahbari Doston Malikov ajratilayotgan grantlar toʻgʻrisida maʼlumot almashish imkonini beruvchi elektron platforma yaratish, yurist shtati ajratish taklifini ilgari surdi.

Tadbirda qatnashgan soha vakillari NNT va fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, mahalla, davlat idoralari bilan aloqalarni mustahkamlash, subsidiya, grantlar ajratish, hisobotlarni soddalashtirish hamda soha rivojiga xizmat qiluvchi boshqa imkoniyatlar yuzasidan takliflarni bildirdi.

Muloqot davomida M.Ikramov NNT vakillariga sohani rivojlantirish, jamiyatda ularni rolini oshirish hamda soha xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan rejalashtirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot berdi.

Vazir oʻrinbosari bugun viloyat yuridik texnikumi, “Obod maskan” mahallasida ishga tushgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi infokiosk faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, notariuslar va yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar vakillari bilan ham uchrashadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Prezident Farmoni bilan huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida adliya organlariga uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aksiyalarini oʻtkazish kabi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Shuningdek, fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash ham belgilandi.

Shu maqsadda Toshkent viloyati adliya boshqarmasining xodimlari Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Guliston” mahallasida huquqiy muammolarni uyma-uy yurib oʻrganish uchun bordi.

402 ta xonadonda istiqomat qiluvchi aholining kundalik huquqiy muammolari uyma-uy yurgan holda oʻrganildi. Xususan, bunda asosiy eʼtibor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da roʻyxatda turuvchi fuqarolarning muammolariga qaratildi.

Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari borligi aniqlandi va ularning yechimi boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda. Uyma-uy yurib huquqiy muammolarni oʻrganish davom etadi.

Shuningdek, #Biz_keldik aksiyasi doirasi Bekobod tumanidagi “Bogʻishamol” mahallasida ham aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Andijon viloyati Baliqchi tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida 100 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 15 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 10 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Mahallalarda huquqiy muammolar oʻrganilmoqda

Qarshi shahridagi “Magʻzon” mahallasida 7000 ming nafarga yaqin fuqaro istiqomat qiladi. Asosan aholi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi.

Mahallalarda aholi muammolari oʻrganilishi jarayonida aholining uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi muammolari aniqlandi.

Oʻrganish davomida murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar koʻrib chiqish uchun ish yurituviga olindi. Shu bilan birga, “mahalla yettiligi” bilan uchrashuvda hududdagi mavjud masalalar tahlil qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Samarqand viloyat yuridik litseyida boʻldi.

Vazir oʻrinbosari mazkur muassasaning moddiy texnik holati, oʻquv xonalari, axborot-resurs markazi, sport zali, oʻquvchilar turar joyini koʻzdan kechirdi.

Mavjud muammo va kamchiliklar, texnikum faoliyatini takomillashtirish, taʼlim sifatini yanada yaxshilash, oʻquv-metodik taʼminlash, taʼmirlash ishlarini olib borish yuzasidan takliflarni oʻrgandi va zarur tavsiyalar berdi.

Taʼkidlash kerakki, ushbu muassasa binosini kapital taʼmirlash va jihozlanishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: Samarqand viloyat yuridik texnikumi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyat yuridik litseyiga aylantirilgan.


@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Huquqiy targʻibot kuni” — huquqiy masalalarga yechim

Sirdaryo tumani ”Yoshlik” mahallasida boʻlib oʻtgan tadbirda fuqarolar kundalik hayotida duch kelinayotgan muammolar yuzasidan adliya, sud, notarius, FHDY, ”Madad” NNT, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, kommunal soha, bandlik, bank idoralari masʼullari bilan muloqotda boʻlib, huquqiy maslahatlar oldilar.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov viloyatda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda notarial palata, notariuslar va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amaliyotda uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, yagona amaliyotni yoʻlga qoʻyish hamda elektron tizimlardagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirishda duch kelayotgan muammoli holatlar va ularning qonuniy yechimi toʻgʻrisida oʻz fikrlari, takliflarini maʼlum qildi.

Bugungi kunda viloyatda jami 89 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yilning oʻtgan besh oy davomida notarial idoralarda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida boshqarma huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan 38 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning litsenziyasining amal qilish muddati toʻxtatilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning notariuslarning xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilgan 40 ga yaqin murojaatlari oʻrganib chiqildi.

Boshqarma ish rejasiga asosan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishda qonun va qonunosti hujjatlarining amaliyotda bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan 500 dan ortiq meros ishlari oʻrganilib, umumlashtirib chiqildi, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar notariuslar ishtirokida muhokama qilinib tegishli koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari