#Sayyor_qabul
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Chortoq tumanida sayyor qabul tashkil etildi.
Chortoq tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi. Qabulda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, tugʻilganlik guvohnomasini takroran olish, kadastr kabi masalalar yuzasidan 18 dan ortiq murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 9 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, qabulda 6 ta murojaat muddat va oʻrganish talab qilgani bois, adliya boʻlimi ish yurituviga olindi. Jumladan, 3 ta murojaat ishga qabul qilish, 2 tasi FHDY sohasi boʻyicha 1 ta murojaat esa yetkazilgan zararni undirish yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish va hal etish uchun tuman adliya boʻlimi ish yurituvga olindi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📹 “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
@adliyangiliklari
📹 “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vaziri A.Toshqulov BAA ishchi tashrifi davomida BAA da faoliyat yuritayotgan tadbirkor vatandoshlarimiz bilan uchrashdi
Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston uchun yangi oʻsish nuqtalarini aniqlash, sarmoyalarni huquqiy himoya qilish va biznes yuritish uchun kulay sharoitlar yaratish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Vatandoshlarimiz xalqaro pul oʻtkazmalarini soddalashtirish, mehmonxona biznesi, tibbiyot, turizm, sport, yer islohotlari va migratsiya masalalari boʻyicha BAA tajribasi va oʻzining takliflari bilan oʻrtoqlashdi.
Adliya vaziri Oʻzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalar uchun yaratilayotgan kafolatlar, amalga oshirilayotgan soʻngi islohotlar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.
Tomonlar mazkur turdagi uchrashuvlarni onlayn va oflayn tarzda tizimli ravishda oʻtkazib turish mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun juda foydali ekanligini bildirishdi.
Uchrashuv norasmiy va samimiy kayfiyatda oʻtdi.

#OAV_biz_haqimizda
Davlat xizmatlari ko‘rsatishda Face-ID tizimi joriy qilinadi (+video)
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Davlat xizmatlari ko‘rsatishda Face-ID tizimi joriy qilinadi (+video)
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Uza.uz
Давлат хизматлари кўрсатишда Face-ID тизими жорий қилинади (+видео)
Давлатимиз раҳбарининг жорий йил 24 майдаги “Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулият
#Adliya_xabari
Bugun, 11-iyun kuni Adliya vazirligida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari. Muammolar va takliflar” mavzusidagi davra suhbati oʻtkazildi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Bugun, 11-iyun kuni Adliya vazirligida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari. Muammolar va takliflar” mavzusidagi davra suhbati oʻtkazildi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_tavsiya
Muhr va shtamplardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Muhr va shtamplardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Mahallalarda davlat xizmatlaridan foydalanishni yanada osonlashtirish masalalari oʻrganilmoqda
Adliya vazirligining BAAga ishchi tashrifi davomida SEDCO kompaniyasining rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun: SEDCO kompaniyasi (1983-yilda tashkil qilingan) davlat tashkilotlari, xususiy sektor va banklar uchun innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, navbatlarni boshqarish, mijozlarning fikrini tahlil qilish va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish vositalari hamda dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi.
Uchrashuvda kompaniya vakillari tomonidan davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkonini beruvchi interaktiv infokiosklar va ularni boshqaruvchi dasturiy taʼminot imkoniyatlari taqdimot qilindi. Mazkur infokiosklar orqali aholi davlat xizmati markazlariga bormasdan, navbat kutmasdan tegishli davlat xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.
Infokiosklarni tuman (shahar) markazlaridan olis hududlarda va mahallalarda bosqichma-bosqich oʻrnatish orqali talab eng yuqori boʻlgan 100 turdagi davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun: kioskalar orqali xizmatlardan foydalanish uchun fuqarodan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Bunda, shaxsni aniqlash usuli Face ID orqali amalga oshiriladi. Xizmatlardan foydalanish uchun identifikatsiyadan (Face ID) oʻtiladi va xizmat tanlanadi, toʻlov amalga oshirilgach tegishli hujjat chop etib olinishi mumkin. Toʻlovlar onlayn (mobil ilovalar yoki plastik karta raqamini kiritish orqali) amalga oshirilishi mumkin.

Adliya vazirligi va BAAning Hukumat ishlari vazirligi oʻrtasida istiqbolli hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi
Adliya vaziri A.Toshqulov va BAA davlat vaziri, Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Maryam bint Axmed Al Xammadi oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tomonlar islohotlarni amalga oshirishda sifatli qonunchilik bazasini yaratish, qonunlar toʻgʻri ishlashi va koʻzlangan maqsadlarga erishishi uchun zarur mexanizmlar, tartibga solish vositalari hamda sohadagi yangi tashabbuslar boʻyicha fikr almashishdi.
Al Xammadi xonim strategik rejalashtirish, davlat organlari samaradorligini oshirish hamda ularni natijaga asoslangan baholash mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha 20 yillik tajribasi bilan yaqindan oʻrtoqlashdi.
Shuningdek, qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash boʻyicha KPI tizimi , qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash jarayonlariga sunʼiy intellektni joriy etish boʻyicha loyihalar bilan tanishtirdi.
A.Toshqulov Adliya vazirligining norma ijodkorligi, davlat organlarining funksiyalar reyestrini yuritish, ortiqcha, ishlamaydigan, bir-birini takrorlovchi funksiyalarni bekor qilish boʻyicha Hukumatga takliflar kiritishi bilan bogʻliq faoliyati haqida soʻzlab berdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar BAA Hukumat ishlari vazirligining yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlardagi faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish uchun ekspert koʻmagini taqdim etish va mutaxassislarning ishchi tashriflarini amalga oshirishga kelishib olishdi.