Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.34K videos
32 files
5.06K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

“Al-Buxoriy” MFYda interaktiv infokiosk ishga tushirildi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Payariq tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi hamda 2-son FHDY boʻlimida boʻldi.

Xizmat koʻrsatish sifati, fuqarolarni qabul qilish jarayoni, mavjud muammo va kamchiliklarni oʻrgandi. Xodimlar bilan shu mavzuda suhbatda boʻldi. Ularni qiziqtirgan masalalar, soha rivojiga oid takliflarini tingladi.

Xususan, 2-son FHDY boʻlimini yangi binoga koʻchirish bilan bogʻliq chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Soʻng, “Al-Buxoriy” mahallasida boʻlib, davlat xizmatlari markazi filiali ish faoliyatini koʻzdan kechirdi. Mazkur mahallada bugun ishga tushirilgan davlat xizmatlaridan yanada oson foydalanish imkonini beruvchi interaktiv infokioskadan foydalanishni fuqarolar oʻrtasida targʻib qilish boʻyicha tavsiyalar berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Namangan viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Dilmurod Toxirjonovich Ahmedov tayinlandi.

Dilmurod Ahmedov 1984-yilda Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007-yil Namangan davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Dilmurod Toxirjonovich Ahmedovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatida ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilmoqda. Tadbirlar viloyatning olis hududlari — Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahrida tashkil etildi.

Qabullarda mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi. Bunda asosan bandlik, uy-joy taʼminoti, kommunal xizmatlar, yoʻl qurilishi, soliq, FHDY , mehnat va oilaviy munosabatlariga oid masalalar eʼtibor markazida boʻldi.

Ijobiy hal etish maqsadida adliya ish yurituviga fuqarolarning 50 dan ortiq murojaatlari qabul qilinib, 30 ga yaqin turda davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Poytaxtdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Bektemir, Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o’tkazildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasiga fuqarolar subsidiya, tibbiy ko'rikdan o'tish, order olish, ijtimoiy yordam kabi qator masalalarda murojaat qilishdi.

Xususan, Sergeli tuman “No'g'ay Qo'rg'on” MFYda yashovchi fuqaro Arofat Karimovaning subsidiya asosida tikuv mashinasini olish yuzasidan qilgan murojaati shu joyning o’zida hal etildi va uning uyiga tikuv mashinasi yetkazib berildi.

Shu bilan birga, hujjat olish masalasida murojaat qillgan fuqarolarga ham FHDY organlari tomonidan amaliy yordamlar ko’rsatildi. Boshqa murojaatlar yuzasidan ham mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ulugbek Ravshanbekovich Abdullayev tayinlandi.

Ulugbek Abdullayev 1985-yilda Samarqand viloyati, Bog'ishamol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yil Qoraqalpoq davlat universitetini (bakalavr), 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2010-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Ulug'bek Ravshanbekovich Abdullayevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot

☀️ Quyosh pannellarini o‘rnating, o‘zingiz foydalaning, ortgan elektr energiyasini davlatga sotib, qo‘shimcha daromadga ega bo‘ling!

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Djaxongir Erkinovich Zoxidov tayinlandi.

Djaxongir Zoxidov 1987-yilda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2012-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Djaxongir Erkinovich Zoxidovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi qanday?

— Talabgor yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish va/yoki urug‘liklar, ko‘chatlar yoxud sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tavsiya berishni so‘rab o‘zining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qilishi mumkin.

Arizada talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, pasport seriyasi va raqami (identifikatsiyalovchi ID-karta raqami), ishsiz, kam ta’minlangan yoki kambag‘al oila a’zosi ekanligi hamda so‘ralayotgan subsidiyaning turi ko‘rsatiladi.
Arizada qayd etilgan ma’lumotlar haqqoniyligi uchun talabgor shaxsan javobgar hisoblanadi”.

Hokim yordamchisi uch ish kunida:
a) “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali quyidagi ma’lumotlarni o‘rganadi:
▫️ talabgorni issiqxona, sug‘orish vositalarini o‘rnatish, urug‘lik, ko‘chatlar ekish imkoniyati mavjudligini;
▫️talabgor ishsiz, kam ta’minlangan yoki kambag‘al oilaning a’zolaridan biri ekanligini;
▫️talabgor so‘ralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmaganligini;
b) joyiga chiqqan holda quyidagilarni o‘rganadi:
▫️talabgorning foydalanuvida tomorqa yerining mavjudligini;
▫️talabgorning yengil konstruksiyali issiqxona o‘rnatish imkoniyati mavjudligini;
▫️ talabgorni urug‘liklar va ko‘chatlar ekish uchun imkoniyati mavjudligini;
▫️ talabgorni sug‘orish vositasiga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojini;
v) o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiradi va dalolatnomada quyidagilar aks ettirilishi kerak:
▫️ talabgorni haqiqatda ishsiz, kam ta’minlangan yoki kambag‘al oilaning a’zolaridan biri ekanligi;
▫️ so‘ralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmaganligi;
▫️talabgorning yengil konstruksiyali issiqxona o‘rnatish imkoniyati;
▫️urug‘liklar va ko‘chatlar hamda sug‘orish vositalariga bo‘lgan ehtiyoji;
g) “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali quyidagi ma’lumotlarni Markazga yuboradi:
▫️ tavsiya (tavsiyada ushbu bandning “v” kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar aks ettiriladi);
▫️ subsidiya olish bo‘yicha murojaatchining arizasi;
▫️ o‘rganish natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma.

Tavsiya va dalolatnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun hokim yordamchisi javobgar hisoblanadi”

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 255-son qarori.


@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Oʻtkazilgan sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, ogʻirini yengil qilish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Ana shunday qabullar Qashqadaryo viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining shahar va tumanlarda joriy yilning 22-may kuni Qarshi vagon deposi binosida boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S. Nuriyev ishtirok etib, 20 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qildi.

Muloqotlar davomida masʼullar tomonidan fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.

Qabul jarayonida 13 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi hamda 10 dan ortiq murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Iroda Hamidova: “Metrikam”ning yoʻqligi 28 yil davomida boshqa muammolarni “yetaklab” kelaverdi

Oltiariq tuman adliya boʻlimiga shu tumanda yashovchi 28 yoshli Iroda Hamidova murojaat qildi. Gap shundaki, Irodaning oilasi oʻtgan asrning 90-yillarida Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida istiqomat qilgan. Iroda 1996-yilda tugʻilgan. Biroq u tibbiy kuzatuvlarsiz, uy sharoitida dunyoga kelgani bois uning tugʻilishi oʻz vaqtida qayd etilmadi.

Qolgan ishga qor yogʻdi. Vaqtida olinmagan tugʻilganligini tasdiqlovchi bu hujjatning yoʻqligi 28 yil mobaynida takror va takror boshqa muammolarni “yetaklab” kelaverdi. U fuqarolik pasporti olish yoshiga yetganda ham tengqurlari qatorida hujjatga ega boʻlmadi. Hujjatlarni qonuniy tartibda olishga u va uning oilasi koʻp marta harakat qilgan. Ammo huquqiy yechim topishda kalavaning uchi topilavermadi. U mahalladoshlarining maslahati bilan oʻzi yashayotgan Oltiariq tuman adliya boʻlimiga mazkur masalada yordam berishlarini soʻrab muammolarini bayon qildi.

Oltiariq tuman adliya boʻlimi vakillarining oʻrganishlari jarayonida bu oilaning 4 nafar farzandlari borligi, ularning fuqarolik bilan bogʻliq hujjatlari mavjudligi, biroq ushbu qizining tugʻilishi oʻz vaqtida qayd etilmaganligi oydinlashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qaroriga asosan, tegishli tartibda hujjatlar yigʻilib, Hamidova Iroda Abdugʻaffor qizining 1996-yil 10-avgustda Jizzax viloyati Zarbdor tumanida tugʻilganlik faktini va vaqtini qayd etishni belgilab berish yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton tumanlararo sudiga fuqaro manfaatini koʻzlab adliya boʻlimi daʼvo arizasi kiritildi.

Joriy yilning 21-may kuni sud tomonidan Oltiariq tumani adliya boʻlimining daʼvo arizasi toʻliq qanoatlantirilib, fuqaro huquqi tiklandi. Sud qaroridan soʻng oltiariqlik Irodaning 28 yillik “bosh ogʻrigʻi”ga barham berildi. Endilikda u el qatori tugʻilganlik haqidagi hujjatga ega boʻldi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlikni belgilash va ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash nimaga asosan belgilanadi va “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?

— Nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga asosan belgilanadi.

Nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshdagi shaxslar uchun protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojlik to‘g‘risidagi vrachlik-maslahat komissiyaning tibbiy xulosaga asosan belgilanadi.

“Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida:
nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarga — tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) tomonidan shaxsni nogironligi bo‘lgan shaxs (nogironligi bo‘lgan bola) deb topish bilan birgalikda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojligi belgilangan holda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi;
nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarga — tuman (shahar)lardagi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikaning vrachlik-maslahat komissiyalari (VMK) tomonidan pensiya yoshidagi shaxslar yoki ularning qonuniy vakili arizasiga hamda davolovchi shifokorning tibbiy hujjatlariga asosan tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qarori.


@adliyangiliklari