Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#OAVga_ma’lumot
  
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJning hududiy filiallarida davlat xizmatlari ko‘rsatish ahvoli yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda 204 748 ta qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari aniqlandi.

Shundan, 142 751 tasi muddat buzilishi, 38 117 tasi ortiqcha hujjat talab qilish, 11 930 tasi asossiz rad etish, 735 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish hamda 11 215 tasi boshqa turdagi qonun buzilishini tashkil etadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga 37 ta taqdimnoma kiritildi hamda 200 dan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatma:
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu ma’lumot va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olishi belgilangan.


Hurmatli fuqarolar!
Hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida Sizdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, kadastr hujjati nusxasi yoki shunga o‘xshash talab qilinishi bekor qilingan hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda Adliya vazirligining 1148-ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot yoki hujjatlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi

Joriy yilning 25-aprel kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida turli yo‘nalishlarda, shuningdek, adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari samarali amalga oshirilib kelinayotganligi hamda ular jadal suratlarda rivojlanib borayotganligi ta'kidlandi.

Adliya vaziri A.Toshqulov vazirlikning Yevropa Ittifoqi hamda BMT Tarraqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi doirasida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashtirilib yangi imkoniyatlar yaratilayotganligini aytib o‘tdi.

Jumladan, respublika bo‘ylab ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini real vaqt rejimida masofaviy monitoring qilish, sifatini baholash va samaradorligini tahlil qilish bo‘yicha “Situatsion markaz” yaratilganligi hamda olis hududlardagi davlat xizmatlari markazlari binolarining jismoniy inklyuzivligi oshirilganligi alohida ta'kidlandi.

O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, inson huquqlari, ma'muriy va sud-huquq sohalaridagi yutuqlar Yevroparlament hisobotlarida ham munosib baholanganligi va tegishli tavsiyalar berilganligini ma'lum qildi.

Uchrashuv davomida Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimi (GSP+) doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tez kunda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan TWINNING dasturi doirasida “Normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish” nomli loyihasi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar amaldagi loyihalar doirasida hamkorlikni jadallashtirishga hamda adliya va huquq sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xushxabar!


O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati bo‘yicha AQSH Savdo vakilligining (USTR) 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan (qora ro‘yxat) chiqarildi.

O‘zbekiston 2000-yilda ushbu ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolmoqda edi.

Muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida e’tibor qaratiladi.

Mana bugun oxirgi besh yilda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirish, ular bo‘lgan huquqlarni samarali himoya qilish, xalqaro shartnomalarga a’zo bo‘lish va tashqi aloqalarni rivojlantirish hamda JSTning TRIPS bitimi talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida shunday natijaga erishdik.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va Buxoro viloyat prokuraturasi hamkorligida Buxoro shahridagi Monomarkaz binosida tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev, viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat idoralari rahbarlari hamda 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining vakillari ishtirok etdi.

Dastlab uchrashuv qatnashchilariga Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Ta'kidlash joizki, ushbu qaror mazmunini keng targ‘ib qilish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 20-apreldan 20-mayga qada “Zarbdor targ‘ibot oyligi” e'lon qilinib, viloyatdagi 544 ta mahallalar, barcha korxona, tashkilot va idoralarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish uchun viloyat adliya organlarining malakali xodimlari to‘liq safarbar etilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlarning muammolari eshitilib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, issiqxona faoliyati bo‘yicha tabiiy gaz uchun to‘lovlar, ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan murojaatlar tegishli tartibda qabul qilindi, ayrimlariga esa joyida huquqiy tushuntirish berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Har yili 26-aprel kuni jahon miqyosida Xalqaro intellektual mulk kuni nishonlanadi. Bundan asosiy maqsad intellektual mulk huquqini himoya qilish sohasidagi muammolar va ularning yechimlariga jamoatchilik e’tiborini qaratish, har bir yaratmani butun dunyo taraqqiyotiga hissa qoʻshishini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Mamlakatimizda xorijiy davlatlardagi kabi intellektual mulkni himoya qilishga sezilarli darajada talab ortib bormoqda. Mualliflar, ijodkorlar, aqliy ijod vakillari intellektual mulkni qimmatli boylik kabi himoya qilish, unga egalik qilish va rivojlantirish kabi masalalarning tub mohiyatini allaqachon anglab yetmoqdalar.

Demak, ushbu soha insonlar turmush darajasini sezilarli oʻzgartirishda muhim omillardan biri ekanligini koʼrsatmoqda. Shunday ekan intellektual mulk kuni nafaqat kasb egalarining balki har bir fuqaroning bayramidir!

АDLIYA VAZIRLIGI BАRCHА FUQАROLАRIMIZNI BUTUNJАHON INTELLEKTUАL MULK KUNI BILАN TАBRIKLАYDI!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

Adliya vazirligi va “Oʻzarxiv” agentligi hamkorligida “Tarixiy xotira” nomli yangi loyiha boshlandi.

Ushbu loyihada Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va qadriyatlariga oid noyob arxiv materiallari namoyish etiladi.

Loyihaning ilk soni 1966-yil 26-aprelda boʻlgan Toshkent zilzilasiga bagʻishlanadi.

Bizni kuzatib boring.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Adliya masʼullari aholi huzurida

Fuqarolarning murojaatlari, huquqiy muammolari bilan ishlash Samarqand viloyat adliya boshqarmasining ustuvor vazifasiga aylangan. Alohida reja-grafik asosida viloyatning chekka va olis hududlarida aholi bilan ochiq muloqot qilinayotgani, mazkur sayyor qabullar jarayonida odamlarning qonunchilikka daxldor har qanday masalasi joyida oʻrganilmoqda.

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Maqsud Qurbonov tomonidan Qoʻshrabot tumani Xalq qabulxonasida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabul ham hudud aholisining koʻplab muammolari yechimiga maʼlum maʼnoda zamin yaratdi.

Kimdir ustama toʻlanmaganligi, kimdir aliment ololmayotgani, boshqalar bolalar nafaqasi bilan bogʻliq masalalar, subsidiya asosida uy-joy olish, soliq imtiyozlari qoʻllanilmaganligi, ajrim, nikohni rasmiylashtirish va boshqa masalalar boʻyicha 30 nafardan ortiq fuqaro murojaat qildi. 35 dan ortiq murojaat kirimga olinib, ijroga qaratildi. 5 nafar murojaatchilarga oʻsha joyning oʻzida huquqiy tushuntirib berildi hamda 3 nafar murojaatchilarning murojaatlari joyida ijobiy hal qilindi.

— Yaqinda vafot etgan farzandim bilan bogʻliq bir tushunmovchilikka duch keldim, — deydi fuqaro D.Mamarasulova. — Sayyor qabulda shu muammoni hal qilib berishlarini soʻradim. Elektron tizimdagi xatolikni bir zumda oʻrganib, tuzatish kiritib berishdi. Men kabi koʻplab aholi shu yerda huquqiy yordam oldi.

@adliyangiliklari
#Xalqaro_intellektual_mulk_kuni

Adliya vazirligi sohadagi vakolatli organ sifatida intellektual mulkni targʻib qilish, unga hurmat hissini shakllantirish, sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarida faol ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Raqamlarga yuzlanadigan boʻlsak, 2020-yilda jami 4 254 ta intellektual mulk obyektlari roʻyxatga olingan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2021-yilda 9 984 ta, 2022-yilda 13 027 ta va 2023-yilga kelib 15 047 tani tashkil qildi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaroning 41 yillik muammo hal etildi

Toʻraqoʻrgʻon tumani “Yakkatom” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Rahima Abduqahhorovaning farzandi bundan qirq bir yil avval vafot etgan edi. Biroq eʼtiborsizlik sabab farzandining oʻlimi haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilmagani bois, R. Abduqahhorova nafaqa olishda muammoga duch kelgan. Shundan soʻng vafot etgan oʻgʻlining oʻlganlik faktini belgilashda amaliy yordam soʻrab Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimiga murojaat qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xalqaro_intellektual_mulk_kuni

2019—2024-yillar kesimida intellektual mulk sohasiga oid 60 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi.

Ilk bor intellektual mulk sohasini rivojlantirishning milliy strategiyasi ishlab chiqildi. Sohadagi 3 ta xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilindi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan Adliya vazirligining Sanoat mulki muhofazasi portali ishlab chiqilib, ishga tushirildi.

@adliyangiliklari
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vaziri: intellektual mulk himoyasi yo‘lida mualliflar foydasiga bir milliard so‘m tovon puli undirildi

Intellektual mulk – har bir davlat uchun innovasion va iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda bu soha qanday tartibga solingan va intellektual mulk egalari qanday himoya qilinadi?

Bu haqda O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan suhbatlashildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xalqaro_hamkorlik

Adliya vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmak berish” loyihasida ishtirok etmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari