Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.4K videos
32 files
5.21K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Oliy Majlis Senati
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qo‘mita majlisida intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan Qonun muhokama qilindi
___________
На заседании Комитета обсужден Закон, направленный на дальнейшее совершенствование системы правовой защиты объектов интеллектуальной собственности

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❗️ Korrupsiya sifatli ta'lim olishga to‘siq bo‘ladi va qonun ustuvorligiga putur yetkazadi

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_munosabat

“Konvension markaz” davlat muassasasi adliya organlari va muassasalari ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda xodimlarni sog‘lomlashtirish maqsadida tashkil qilingan.

“Konvension markaz” davlat muassasasida 2021–2024-yillar davomida 96 ta xalqaro va mahalliy konferensiya, seminar va treninglar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 440 nafardan ziyod xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan mutaxassislar ishtirok etgan.

Shuningdek, muassasa o‘z ustaviga muvofiq yuklatilgan vazifalardan tashqari, aholi va xorijiy sayyohlarga sifatli umumiy ovqatlanish, bar va restoran xizmatlarini ham ko‘rsatadi.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan spirtli ichimliklarni sotib olish yuzasidan shartnoma tuzilganligi masalasi bo‘yicha “Saphir Distribution Co” MChJ bilan respublika tovar xom ashyo birjasining elektron portali (xarid.uzex.uz) orqali tuzilgan 2023-yil 27-fevraldagi 57-son shartnoma 2023-yil 6-aprelda bekor qilingan hamda spirtli ichimliklar haridi amalga oshirilmagan.

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

📢📢 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutaxasislar tomonidan choralar ko‘rilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida ma'lum qilamiz.

@adliyangiliklari
⚡️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-mayga qadar qabul qilinadi.


📌Mustaqil izlanuvchilik(PhD)ga
til sertifikati talab etilmaydi
.

Batafsil: 👇👇👇

https://sudex.uz/?p=6239
2️⃣2️⃣2️⃣

📣 OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 26-aprel kuni “26-aprel — Butunjahon Intellektual mulk kuni”ga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi.

Anjumanda adliya vaziri A.Toshqulov hamda turli vazirlik va idora vakillari, soha mutaxasisslari ishtirok etadi.

Anjumanga OAV vakillarini, jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

Tadbir o‘tkazilish joyi: Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti (Shayxontohur tumani, Xadra, 33-uy).
Boshlanish vaqti: 16
:00.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❗️ Har qanday korrupsiyaga murosasiz bo‘laylik!

Infografikada korrupsiya jinoyatligi, unga jazo muqarrarligi, oqibatlari va shakllari batafsil izohlangan.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xaloskor oʻrdakcha


Adliya vazirligi sunʼiy intellekt imkoniyatlari yordamida tayyorlangan navbatdagi multfilmni taqdim etadi.

Odilbek va dono toʻtivoy bolalarga huquqiy ilm ulashishga tayyor. Bu safargi hikoya quyonvoyni yovuz boʻrilar galasidan qutqargan oʻrdakcha haqida.

Ular oʻrmonda yolgʻiz adashib qolgan quyonvoyga hamla qilmoqchi boʻlishdi. Buni koʻrib qolgan oʻrdakcha esa…

Unutmang, qonun ustuvor boʻlgan joyda hasharotga ham ziyon yetmaydi! 

Multfilmni koʻrish 👉 https://youtu.be/_0IL5On41O8 

@adliyangiliklari
#OAVga_ma’lumot
  
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJning hududiy filiallarida davlat xizmatlari ko‘rsatish ahvoli yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda 204 748 ta qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari aniqlandi.

Shundan, 142 751 tasi muddat buzilishi, 38 117 tasi ortiqcha hujjat talab qilish, 11 930 tasi asossiz rad etish, 735 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish hamda 11 215 tasi boshqa turdagi qonun buzilishini tashkil etadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga 37 ta taqdimnoma kiritildi hamda 200 dan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatma:
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu ma’lumot va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olishi belgilangan.


Hurmatli fuqarolar!
Hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida Sizdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, kadastr hujjati nusxasi yoki shunga o‘xshash talab qilinishi bekor qilingan hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda Adliya vazirligining 1148-ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot yoki hujjatlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi

Joriy yilning 25-aprel kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida turli yo‘nalishlarda, shuningdek, adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari samarali amalga oshirilib kelinayotganligi hamda ular jadal suratlarda rivojlanib borayotganligi ta'kidlandi.

Adliya vaziri A.Toshqulov vazirlikning Yevropa Ittifoqi hamda BMT Tarraqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi doirasida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashtirilib yangi imkoniyatlar yaratilayotganligini aytib o‘tdi.

Jumladan, respublika bo‘ylab ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini real vaqt rejimida masofaviy monitoring qilish, sifatini baholash va samaradorligini tahlil qilish bo‘yicha “Situatsion markaz” yaratilganligi hamda olis hududlardagi davlat xizmatlari markazlari binolarining jismoniy inklyuzivligi oshirilganligi alohida ta'kidlandi.

O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, inson huquqlari, ma'muriy va sud-huquq sohalaridagi yutuqlar Yevroparlament hisobotlarida ham munosib baholanganligi va tegishli tavsiyalar berilganligini ma'lum qildi.

Uchrashuv davomida Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimi (GSP+) doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tez kunda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan TWINNING dasturi doirasida “Normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish” nomli loyihasi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar amaldagi loyihalar doirasida hamkorlikni jadallashtirishga hamda adliya va huquq sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xushxabar!


O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati bo‘yicha AQSH Savdo vakilligining (USTR) 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan (qora ro‘yxat) chiqarildi.

O‘zbekiston 2000-yilda ushbu ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolmoqda edi.

Muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida e’tibor qaratiladi.

Mana bugun oxirgi besh yilda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirish, ular bo‘lgan huquqlarni samarali himoya qilish, xalqaro shartnomalarga a’zo bo‘lish va tashqi aloqalarni rivojlantirish hamda JSTning TRIPS bitimi talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida shunday natijaga erishdik.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va Buxoro viloyat prokuraturasi hamkorligida Buxoro shahridagi Monomarkaz binosida tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev, viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat idoralari rahbarlari hamda 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining vakillari ishtirok etdi.

Dastlab uchrashuv qatnashchilariga Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Ta'kidlash joizki, ushbu qaror mazmunini keng targ‘ib qilish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 20-apreldan 20-mayga qada “Zarbdor targ‘ibot oyligi” e'lon qilinib, viloyatdagi 544 ta mahallalar, barcha korxona, tashkilot va idoralarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish uchun viloyat adliya organlarining malakali xodimlari to‘liq safarbar etilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlarning muammolari eshitilib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, issiqxona faoliyati bo‘yicha tabiiy gaz uchun to‘lovlar, ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan murojaatlar tegishli tartibda qabul qilindi, ayrimlariga esa joyida huquqiy tushuntirish berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Har yili 26-aprel kuni jahon miqyosida Xalqaro intellektual mulk kuni nishonlanadi. Bundan asosiy maqsad intellektual mulk huquqini himoya qilish sohasidagi muammolar va ularning yechimlariga jamoatchilik e’tiborini qaratish, har bir yaratmani butun dunyo taraqqiyotiga hissa qoʻshishini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Mamlakatimizda xorijiy davlatlardagi kabi intellektual mulkni himoya qilishga sezilarli darajada talab ortib bormoqda. Mualliflar, ijodkorlar, aqliy ijod vakillari intellektual mulkni qimmatli boylik kabi himoya qilish, unga egalik qilish va rivojlantirish kabi masalalarning tub mohiyatini allaqachon anglab yetmoqdalar.

Demak, ushbu soha insonlar turmush darajasini sezilarli oʻzgartirishda muhim omillardan biri ekanligini koʼrsatmoqda. Shunday ekan intellektual mulk kuni nafaqat kasb egalarining balki har bir fuqaroning bayramidir!

АDLIYA VAZIRLIGI BАRCHА FUQАROLАRIMIZNI BUTUNJАHON INTELLEKTUАL MULK KUNI BILАN TАBRIKLАYDI!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

Adliya vazirligi va “Oʻzarxiv” agentligi hamkorligida “Tarixiy xotira” nomli yangi loyiha boshlandi.

Ushbu loyihada Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va qadriyatlariga oid noyob arxiv materiallari namoyish etiladi.

Loyihaning ilk soni 1966-yil 26-aprelda boʻlgan Toshkent zilzilasiga bagʻishlanadi.

Bizni kuzatib boring.

@adliyangiliklari