Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
15.6K photos
1.73K videos
33 files
6.22K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan xizmat safari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumida bo‘ldi.

Yuridik texnikumda o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.

Tashrif davomida yuridik texnikumdagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.

Shuningdek, Adliya vazirligi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov va Respublika sud ekspertiza markazi direktori A.Xalilovlar bilan birga “Yuridik kasb va yoshlar” mavzusida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etilib, unda Yuridik texnikum, IIV akademik liseyi, Temurbeklar maktabi, Nukus davlat universiteti o'quvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Ochiq va samimiy o`tgan uchrashuvda yoshlar muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarining huquqiy maqomi bo‘yicha alohida talablar belgilanadi

Adliya vazirligi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga egalik huquqini berish tartibiga oid yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Mazkur hujjat yaqin kunlarda Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

👉 https://kun.uz/uz/95079570

Kun.uz rasmiy kanali
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Fargʻonada mahallalar yettiligi bilan uchrashmoqda

Qoʻshtepa tumanining “Sohibkor” mahalla fuqarolari yigʻinida 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev ushbu mahalla yettiligi bilan uchrashib, ular bilan mahalla institutining jamiyatdagi oʻrnini yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirishdagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan suhbatlashdi.

Shundan soʻng vazir oʻrinbosari Toshloq tumanidagi “Axshak” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldi. Suhbatlar davomida mahalla fuqarolarining huquqiy bilimlarini yanada oshirish, aholiga yuridik va davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_OAV

Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi qanday bo‘ladi?

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovning aniqlik kiritishicha, ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini boshqaga o‘tkazishdan oldin undan kamida 3 yil foydalanishi kerak. Qayta ijaraga berishni rasmiylashtirishda shartnomaviy munosabatlar bo‘ladi va kadastr organlarida qayd etiladi, ammo hech qanday davlat organlaridan ruxsat olish talab etilmaydi.

Batafsil 👉https://kun.uz/08458215

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Namangan viloyati yuridik texnikumda “Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o’tkazildi


“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” rasmiyatchilikdan xoli, o‘zaro samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Boshqarma boshlig’i yoshlarning muammolari bilan qiziqdi, takliflarini tingladi va yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.

Men siz, yoshlar, bilan boʻladigan har qanday uchrashuv va jonli muloqotlardan cheksiz kuch-quvvat va koʻtarinki ruh olaman. Yoshlarning dilidagi maqsad va niyatlaridan xabardor boʻlish, ularni katta-katta ishlarga safarbar etish uchun ana shunday uchrashuvlar juda zarur”, — deydi Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Xayrullo Sabirov.

Namangan viloyat yuridik texnikumida tashkil etilgan uchrashuvda texnikumning 100 dan ziyod yoshlari rahbar bilan muloqot qildilar. Uchrashuvning bosh maqsadi ham aynan ularning eng avvalo adliya idoralari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning muammo va takliflarini tinglash va kelgusidagi rejalarini belgilashga qaratilgan.
Uchrashuv yakunida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan taklif va muammolari bilan faol boʻldilar va kelgusidagi rejalar haqida kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat arxivlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni jamlaydigan “O‘zbekiston arxivlari” portali portal.archive.uz joriy etildi

AOKAda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjmunida arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yilga mo‘ljallangan rejasi 18 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 17 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarilganligi xususida maʼlumot berildi:

▫️O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 28-dekabr holatiga) jami 1 016,4 ming saqlov birligidagi 68,2 mln kadr hujjatlar raqamlashtirildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2023-yil boshidan 148,7 ming saqlov birligidagi qariyb 14,7 mln kadr raqamlashtirildi va reja 106,5 %ga bajarildi.
▫️"Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimida jami 48 486 ta fond, 50 709 ta ro‘yxat, 704 796 saqlov birligi va 358 269 hujjat bazasi yaratildi.
▫️Tadqiqotchilar va boshqa foydalanuvchilar hozirda ushbu tizimdagi maʼlumotlar bilan doc.archive.uz orqali kirib tanishish imkoniyatiga ega.
▫️Arxiv ishi bo‘yicha davlat nazoratini onlayn ro‘yxatga olishni tashkil etish maqsadida “Davlat nazorati” axborot tizimi nazorat.archive.uz ishlab chiqilib test-sinov tariqasida joriy qilindi.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari