Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 DIQQAT E’LON!

‼️25-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga davlat va nodavlat OAVda mehnat qilayotgan JURNALISTLARNI, shuningdek, MUSTAQIL JURNALIST VA BLOGERLARNI taklif qilamiz.

📍2024-yil 25-yanvar kuni soat 12:00 da AOKA binosida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshirilgan muhim vazifalar. Davlat dasturlari ijrosi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

☎️ Barcha savollar bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmatiga (97-149-70-27, 55-503-01-50 (3)) murojaat etish mumkin.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Fargʻona shahridagi “Shodiyona” Mahalla fuqarolari yigʻinida mahalla yettiligi bilan uchrashdi.

Mahallalarda hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi kabi yangi mutaxassislar ish boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlmadi, ammo ularning faoliyati natijasi qisqa vaqtda yaqqol koʻzga tashlandi.

Buni aholining mahallaga ilgarigidek moddiy yordam soʻrab emas, koʻproq tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun murojaat qilayotgani, xotin-qizlar va yoshlar yaratilayotgan sharoitdan unumli foydalanishga intilayotganidan bilish mumkin.

Aholining bu boradagi intilish va saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida adliya vaziri oʻrinbosari mahalla yettiligi hamda faollar bilan ochiq muloqot qildi.

Samimiy suhbatlar davomida, avvalo, talab va takliflar oʻrganildi. Aholini huquqiy sohada qiynab kelayotgan masalalar tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o'quvchilari muzeylarga tashrif buyurishdi

Respublikamizdagi 14 ta yuridik texnikum o'quvchilari "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" shiori ostida muzey, me'moriy majmua va bir qator tarixiy joylarga sayohat uyushtirdilar.

Sayohat davomida o'quvchilar yurtimizning boy madaniy tarixi hamda qadimiy eksponatlar bilan tanishdilar.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Fargʻona viloyatida adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev “Ishga marhamat!” monomarkazida boʻlib, kasb-hunar oʻrganayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan masalalar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif va tavsiyalar hamda masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

🗓 Ertaga, 23-yanvar kuni AOKAda Adliya vazirligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Mavzu: Prezidentning “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidagi yangilikar

Vaqti: 12:00

👉Savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘nating. OAV vakillari taklif etiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_onlayn

⚡️“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan

AOKAda adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov ishtirokida shu mavzuda matbuot anjmuni boshlandi.

📹 Jonli efir

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Fargʻona yoshlari bilan uchrashdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida faol yoshlar bilan uchrashdi.

Samimiy suhbat asosida tashkil etilgan uchrashuvda vazir oʻrinbosari ayni kunlardagi kiberjinoyalarga qarshi kurash va uning oldini olish, mamlakatimizda yoshlar siyosatining hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi hamda ularga yaratilgan imtiyozlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida ishtirokchi yoshlar bugungi rivojlangan davrdagi oʻzlarining pozitsiyalari bilan oʻrtoqlashdi hamda qiziqtirgan savollariga mutaxassislar yordamida javoblar olishdi. Taklif va mulohazalar oʻrtaga tashlandi.

@adliyangiliklari