Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
15.2K photos
1.66K videos
33 files
6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vazirligi rahbariyati yoshlar bilan uchrashdi

20-yanvar kuni “Vatanparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida Adliya vazirligi rahbariyati va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yoshlar ongida qonunga hurmatni shakllantirish ruhida tarbiyalash, jamiyatda yoshlar rolini oshirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda “Tengdosh tengdoshga” tamoyili asosida mahallalar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida talaba yoshlar tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kunlari” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ushbu tadbirlarda talaba yoshlar tomonidan “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil qilish, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot aksiyalarini o‘tkazish, ularning ongida qonunga bo‘ysinib yashash va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni (ommaviy sport musobaqalari va sport to‘garaklari) tashkil etish, harbiy xizmatning xususiyatlari orqali tarbiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar bandligini ta’minlashga, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olishi, subsidiya ajratilishiga ko‘maklashish, kasb-hunar va tadbirkorlik o‘quv markazlariga yuborish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, bunda ekstremistik, terroristik materiallarni tarqatishning oldini olish bo‘yicha manzilli targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish borasida qilinayotgan ishlar xususida muloqot qilindi.

Shuningdek, yoshlarga adliya tizimidagi yutuqlar, tizimdagi yoshlarning faoliyati, adliya organlariga ishga qabul qilish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Ochiq va samimiy muloqotda yoshlar mavzu yuzasidan berilgan savollariga javobar olishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammolar muhokama qilindi

Joriy yilning 18-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda adliya vaziriga bergan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida standartlashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni huquqiy jihatdan bartaraf qilish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu ochiq muloqotda 60 nafardan ortiq tadbirkorlar hamda ushbu sohaga mas'ul bo‘lgan tashkilot vakillarining o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan turli xil muammolari va byurokratik to‘siqlar yuzasidan fikrlari va takliflari tinglandi.

Jumladan, tadbirkorlar tovarlarni eksport va import qilishda hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni standartlarshtirishda, sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash, xorijiy sertifikatlarni tan olish, xalqaro standartlarni joriy qilish maslalari muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan 50 ga yaqin takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida adliya vaziri tomonidan bildirilgan fikr va takliflar o‘rganib chiqilib, ulardan sohani takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida inobatga olinishi ta'kidlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

#Siz_hisobot_topshirdingizmi aksiyasi davom etmoqda

Davlat tashkilotlari bilan NNTlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada yaxshilash hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi idoralarga hisobotlar topshirish tartibini tushuntirishga bag‘ishlangan #Siz_hisobot_topshirdingizmi aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda nodavlat notijorat tashkilotlarning 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni www.e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda taqdim qilish tartibi va ularning muddatlari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, hisobotlarni vaqtida topshirmaganlik uchun qonunda belgilangan meʼyoriy choralar to‘g‘risida NNTlar xabardor qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev ishtirokida Farg'ona viloyati yuridik texnikumida talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv rasmiy ma’ruzalardan xoli, erkin muloqot shaklida tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

@adliyangiliklari