Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.7K photos
1.43K videos
32 files
5.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xavfsiz_yangiyil

⚠️ Xavfsiz yangi yil uchun nimalarni yodda tutish va rioya qilish lozim?

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan "Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati" degan konseptual g‘oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan bepul onlayn darslar yo‘lga qo‘yildi.

Unda Markazning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan ZOOM platformasi orqali huquq yo‘nalishidagi eng dolzarb, muammoli va muhim masalalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Markazning rasmiy veb-saytida yangi "Bepul onlayn kurslar" nomli sahifa yaratildi. Mazkur sahifada bepul kurslar yuklab boriladi.

Ulanish uchun havola: https://uzmarkaz.uz/news/bepul-huquq-darslari-loyihasi-doirasida-otkaziladigan-mashgulotlar

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi

Navoiy viloyatida
Tomdi tuman davlat notarial idorasida — 1 nafar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida
Bo‘zatov tuman davlat notarial idorasida — 1 nafar

Hujjatlarni taqdim etishning oxirgi sanasi — 2024-yil 11-yanvar

Batafsil: https://adliya.uz/posts/ozbekiston-respublikasi-adliya-vazirligi-nota-uljr

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Adliya vazirligi axborot ochiqligi reytingida yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan 2023-yilning iyul va dekabr oylarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, 2023-yil yanvaridan dekabriga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilindi va yakuniy reytingi tuzildi.

Reyting ko‘rsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari to‘g‘risida chop etilgan maqolalar va ko‘rishlar soni, shuningdek tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rindagi Raqamli texnologiyalar vazirligining ko‘rsatkichidan farqi — 0,0026.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

📣📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

▫️5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida,
▫️6-yanvar kuni Samarqand hamda Namangan shaharlari, shuningdek, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazlarida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.

Adliya vazirligi binosida tashkil etiladigan tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.

Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.

Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Xorazm viloyati bo‘limida odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasini tantanali ochilish marosimi va OAV hamda keng jamoatchilik uchun press-tur tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

🏆Joriy yilda “Adliya yangiliklari” kanali kuzatuvchilarining soni 1 254 nafarga oshdi. Bizni tanlaganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

Kanaldagi ma'lumotlar 2023-yil davomida 7,2 milliondan ortiq marta o‘qilib, 200 ga yaqin iqtibos qilingan.

Kanal faoliyatiga oid statistika bilan yuqoridagi rasmda batafsil tanishishingiz mumkin.

2024-yilda ham biz bilan bo‘ling va adliya tizimi bilan bog‘liq axborotni ishonchli manbadan oling!

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

QASHQADARYODA DAVLAT XIZMATLARINING 1 000 000-MIJOZI ANIQLANDI

Qarshi shahrida yashovchi Kamola Ergasheva davlat xizmatlarining BIR MILLIONINCHI mijozi bo'ldi.

Batafsil rolikda👆

@adliyangiliklari
Kirib kelgan 2024-yil muborak bo‘lsin!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Sarhisob:
2023-yilda mamlakatimizda nechta qonun, qaror, farmon qabul qilindi?
Ular orasida xalqimiz istagan qanday muhim qonunlar qabul qilindi?
Senat tomonidan nechta qonun qabul qilindi?
Adliya vazirligi nechta normativ huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatiga oldi?
Adliya vazirligi tashabbusi bilan qancha normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi?

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi 2024-o‘quv yili uchun Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

O‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradi:
🔹Markaz direktori (komissiya raisi) nomiga ariza (arizada talabgorning qaysi tilda ta’lim olish istagi ko‘rsatiladi);
🔹pasport nusxasi;
🔹ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
🔹3,5×4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
🔹nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar talabgor yuridik shaxs xodimi bo‘lsa).

Hujjatlar X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga kelgan holda yoki pochta, shuningdek, [email protected] elektron pochta manzili orqali sifatli (ko‘rinarli, yaxshi o‘qiladigan) darajada taqdim qilishlari (suhbat jarayonida hujjatlarning asli ko‘rsatiladi) lozim.

Suhbat Qabul komissiyasi tomonidan (o‘zbek yoki rus tilida) 2024-yil mart oyining ikkinchi yarimida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 46-uy)da o‘tkaziladi.

O‘qish muddati olti oydan (24 hafta) kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.

O‘qish uchun to‘lov miqdori o‘quv jarayoni an’anaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda, amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining
45 baravari miqdorida, masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2024-yil 22-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon:
71-209-11-55 ichki (214, 201)
Markaz veb-sayti:
https://sudex.uz/
Elektron manzil:
[email protected]

@adliyangiliklari
Faxriy huquqshunoslar: hamkasblarga xiyonatni qattiq qoralaymiz!

Afsuski, huquqshunoslar orasida ham o‘z maqsadlariga va hamkasblariga xiyonat qiladigan darajadagi kimsalar chiqmoqda.

Ayniqsa, so‘ngi vaqtlarda ayrim shaxslar tomonidan adliya sohasini turli tuhmatlar bilan yashirin ravishda qoralashga urinishlar bo‘layotgani o‘z umrining aksariyat qismini shu sohaga bag‘ishlab kelgan biz faxriylarda chuqur nafrat va tashvish uyg‘otmoqda. Bu misli ko‘rilmagan tubanlik hamda adliya xodimi nomiga qora dog‘dir.

Batafsil 👉 https://hudud24.uz/?p=00129

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📢📢
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-o'qituvchilari tomonidan olib boriladigan "Bepul huquq darslari" kurslariga sizni taklif etamiz!

Ushbu darslar orqali huquqiy savodxonlikni oshirishda yosh va vaqt ahamiyatli emas. Endilikda siz bizning "Bepul huquq darslari"mizda hohlagan vaqt va hohlagan joydan turib onlayn ishtirok etishingiz va huquqiy bilimlaringizni hech qanday to'lovlarsiz oshirishingiz mumkin.

❗️Bugun, 3-yanvar kuni "Soliqning ortiqcha to'langan summalarini qaytarish" mavzusida dars bo'lib o'tadi.

Dars Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o'qituvchisi Zafar Raxmonov tomonidan olib boriladi.

Boshlanish vaqti: 18:00

Ulanish uchun havola 👉 https://us06web.zoom.us/j/4533803510?pwd=ZB9N3fu0GCZAzXdRelt2CPbVASVk7G.1

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

📣📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.

Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.

Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

@adliyangiliklari